Yangiliklar

11 noyabr 2020, 11:22

Konstitutsiyaga saylovga oid o‘zgartirish kiritish taklif etilmoqda

Markaziy saylov komissiyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta joyga nomzod ko‘rsatilganida, saylovoldi targ‘iboti hamda uchrashuvlar o‘tkazishda muammolar yuzaga kelganini ma’lum qildi. Shunga ko‘ra, Konstitutsiyaning 117-moddasiga tegishlicha o‘zgartirish kiritishni taklif etmoqda.

11 noyabr 2020, 10:46

O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi

O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Texnikumda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim bosqichlarida oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan dasturlar asosida kadrlar tayyorlanadi.

11 noyabr 2020, 10:28

Maktab o‘quvchilari darsdan oldin madhiya kuylashadi

Maktablarda darsdan oldin madhiya kuylash, tanaffusda vatan mavzusidagi she’r va qo‘shiqlar eshittirish so‘raldi. Ushbu mazmundagi xat Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktablar rahbarlariga yuborilgan.

11 noyabr 2020, 09:02

Yil davomida tez tibbiy yordamga 10 mlndan ortiq murojaatlar kelib tushgan

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov joriy yilda “103” tez tibbiy yordam raqamiga 10 milliondan oshiq murojaatlar kelib tushganini ma’lum qildi. “Bu yil shoshilinch tibbiy yordam xodimlari uchun ancha sertashvish yil keldi, desak, adashmaymiz”, — deya ta’kidladi.

10 noyabr 2020, 22:32

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha uch yillik dastur amalga oshiriladi

Prezident raisligida Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi. Unda 856 km avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini 70 foizga yetkazish hamda 9 mingdan ortiq arzon uylar bunyod etish ta’kidlandi. «Umuman olganda, Qoraqalpog‘istonda ishlarni yangicha tashkil etish va nazorat tizimi o‘rnatiladi», — dedi prezident.

10 noyabr 2020, 20:16

O‘zbekistonda zilzila sezildi

Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi. Mamlakat shaharlarida silkinishlarning kuchi 2 ballni tashkil etdi.

10 noyabr 2020, 18:26

Shavkat Mirziyoyev SHHT videoanjumanida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, kelgusida vaziyat yanada barqarorlashishiga umid bildirdi. Prezident tashkilotga a’zo mamlakatlarni muhtoj aholi qatlamiga yordam ko‘rsatish, inqirozga qarshi kurash borasida umumiy dastur ishlab chiqishda hamkorlikka chaqirdi.

10 noyabr 2020, 18:13

Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi yuritiladi

Hukumat qarori bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi yuritilishi belgilanmoqda. Tender savdolari aynan mazkur reyting natijalariga ko‘ra o‘tkaziladi va savdolarda yuqori o‘rinda turuvchi tashkilotlar ustunlikka ega bo‘ladi.

10 noyabr 2020, 17:53

«Shaxsiy namuna deyilgani bejizga emas» — Sherzod Shermatov

Sherzod Shermatov 10 mingdan ortiq qadam bosib, rahbar sifatida shaxsiy namuna ko‘rsatish oson emasligini aytdi. U taxminan 2 soatlarda 9 kilometrni bemalol yurib borsa bo‘lishini ta’kidlagan.

10 noyabr 2020, 17:36

Haj va Umra ziyoratini faqat Musulmonlar idorasi tashkil etishi taklif etilmoqda

Haj va Umra ziyoratini faqat O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Taklifga binoan, O‘zbekistonda boshqa tashkilotlarning ushbu tadbirlarini tashkil etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

10 noyabr 2020, 17:33

Belarusda birinchi AES avariya tufayli vaqtincha to‘xtatildi

Belarusda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirilganidan 3 kun o‘tib avariya tufayli vaqtincha to‘xtatildi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, radiatsiya tarqalishi kuzatilmagan.

10 noyabr 2020, 17:07

Moskvada karantin choralari yana kuchaytirilmoqda

Moskvada koronavirus holatlari ko‘paygani sababli yangi cheklovlar joriy etildi. Universitetlar va kollej talabalari masofaviy ta’limga o‘tkaziladi. Kafe, restoran va tungi klublarning ishlash vaqti chegaralanadi.

10 noyabr 2020, 16:54

Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Sirdaryo viloyatida turmush qurishganiga bir oy ham bo‘lmagan yosh kelin-kuyov qo‘lbola pechdan is gazi sizib chiqishi oqibatida zaharlanib vafot yetdi.

10 noyabr 2020, 15:23

Maktablar tajriba tariqasida xususiy boshqaruvga o‘tishni boshlaydi

Tajriba sifatida maktablar xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi. Ularda ta’lim bepul qolishi va maktab boshqaruvchisi o‘quv muassasasini ta’mirlash ishlarini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Davlat byudjetidan ta’lim muassasalarini ta’minlash uchun ajratiladigan mablag‘lar kamaytirilmaydi.

10 noyabr 2020, 15:09

AQSHda COVID-19 yuqtirganlar soni 10 milliondan oshdi

AQSHda so‘nggi 24 soat davomida koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 10 milliondan oshib ketdi. Mamlakatda asosiy infeksiya tarqalish o‘choqlari Texas, Kaliforniya va Florida shtatlari bo‘lib turibdi.

10 noyabr 2020, 13:01

Tuz, shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarga tovar belgilari qo‘yiladi

Prezident tuz, shakar va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni belgilash taklifini ma’qulladi. Belgilash ikki bosqichda amalga oshiriladi — birinchisida ixtiyoriy, ikkinchisida majburiy bo‘ladi.

10 noyabr 2020, 12:21

Braziliyada Xitoy vaksinasining yon ta’siri sababli sinovlar to‘xtatildi

Braziliyaning Anvisa sog‘liqni saqlash nazorati agentligi Xitoyning Coronavac vaksinasi sinovlarini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga vaksinaning jiddiy yon ta’siri sabab bo‘ldi.

10 noyabr 2020, 12:17

2021 yil 1 apreldan boyitilmagan oliy navli un sotuvi cheklanadi

2021 yil 1 apreldan boyitilmagan oliy navli un sotuvi cheklanib, faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan un sotuviga ruxsat beriladi. Shu maqsadda xorijdan olib kelinadigan mikronutriyentlar uchun nol bojxona stavkasi belgilandi.

10 noyabr 2020, 12:03

Bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda

1 yanvardan bojxona yig‘imlari stavkalari 20 tadan 12 taga qisqartirilmoqda. Fuqarolar shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kirayotgan tovarlar qiymatining boj to‘lanmaydigan qismidan ortig‘i uchun to‘lanadigan bojxona yig‘imlari ham kamaytiriladi.

10 noyabr 2020, 11:52

Davlat kadastrlari palatasiga rais tayinlandi

Moxir Valiyev Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting