Yangiliklar

12 noyabr 2020, 12:08

Mobil telefonda olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinadi

Mobil telefonga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar endilikda videoregistratorlar bilan tenglashtiriladi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

12 noyabr 2020, 12:04

Maktab direktorlari kengashlar ruxsati bilan tayinlanadi

2021 yil 1 yanvardan boshlab maktab direktorlari xalq deputatlari kengashlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining rahbarlari endi hokimlarning maslahatchilari hisoblanadi.

12 noyabr 2020, 11:38

«Velosipedda yuraman desangiz, har o‘n metrda ariq uchraydi» — Aziz Abduhakimov

Turizm bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda Aziz Abduhakimov ko‘chalardagi piyoda va veloyo‘laklar qoniqarsiz ahvolda ekanini aytdi. «Yoshlarimiz, boshqa katta yoshli aholimiz ham jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullangisi keladi. Lekin joy yo‘q», — deya ta’kidladi bosh vazir o‘rinbosari.

12 noyabr 2020, 09:53

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident pandemiya sharoitida Qashqadaryodagi vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyatga jo‘nab ketdi.

12 noyabr 2020, 09:41

O‘zbekiston va Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatadi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik va qirg‘iz xalqiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qilishdi.

11 noyabr 2020, 20:16

Yil boshidan buyon OAV 90 ta ogohlantirish oldi

Yil boshidan buyon AOKA ommaviy axborot vositalariga 90 ta ogohlantirish yubordi. Davlat telekanallariga 20 ga yaqin xat kelib tushgan bo‘lsa, Zo’r TV va Sevimli kanallari mos ravishda 7 va 5 ta ogohlantirish olgan. Gazeta va jurnallar 29 marta, internet nashrlari 22 marta ogohlantirildi.

11 noyabr 2020, 18:30

2021 yilgacha bolalarni ro‘yxatga olish jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi

2021 yil 1 sentyabrga qadar tug‘ilganlikni qayd etish, yashash manzili bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish, bir martalik mukofot pulini ajratish, poliklinikaga joylashtirish va bog‘chaga navbatga qo‘yish to‘liq avtomatlashtiriladi.

11 noyabr 2020, 18:22

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Milliy yarashuv oliy kengashi raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdullani qabul qildi.

11 noyabr 2020, 17:49

90% bitiruvchilari OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi

Bitiruvchilarining 90 foizi OTMga kirgan yoki ishga joylashgan maktab direktorlariga o‘z oyligidan tashqari qo‘shimcha ravishda 8 mln so‘m, o‘rinbosariga 4 mln so‘m miqdorida bir marttalik pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari, tuman bo‘yicha reytingi eng yuqori bo‘lgan maktab direktorlariga ham moliyaviy rag‘batlar ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

11 noyabr 2020, 17:45

Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimiga yangi nomzod ma’qullandi

Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Alisher Maqsudov nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi.

11 noyabr 2020, 17:44

Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet 12−13 noyabrda Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ishi va tuman tushishi haqida xabar berdi.

11 noyabr 2020, 16:40

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga rais saylandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib Qudratilla Rafiqov bir ovozdan saylandi. Uning nomzodi Oqsoqollar kengashi tomonidan tavsiya qilindi.

11 noyabr 2020, 16:24

10 oy davomida O‘zbekistondan 119,4 mingta televizor eksport qilindi

Joriy yilning 10 oy davomida 13,8 mln dollarlik 119,4 mingta televizor va 5,2 million dollarlik 32,4 mingta muzlatkich eksport qilindi. Bu yildan Gruziya va Turkiyaga ham ushbu mahsulotlar eksporti yo‘lga qo‘yildi.

11 noyabr 2020, 15:58

«So‘x voqealari» bo‘yicha ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi

May oyida Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Ayblanuvchilar soni 22 nafarga yetdi, avgustda ular sonining olti nafar ekani xabar qilingandi. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.

11 noyabr 2020, 15:54

O‘zbekistonda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakolatxonasi ochiladi

XMT va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Unga ko‘ra, jumladan, Toshkentda tashkilotning to‘laqonli vakolatxonasi ochiladi.

11 noyabr 2020, 15:42

Apple o‘zi ishlab chiqqan protsessorda ishlaydigan MacBook’ni taqdim etdi

Apple o‘zining shaxsiy Apple Silicon protsessorini o‘z ichiga olgan birinchi Mac kompyuterlarini taqdim etdi.

11 noyabr 2020, 14:57 1

Mehnat vazirligi: qariyb 900 nafar bangladeshlikka O‘zbekistonda ishlash huquqi berilmagan

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qariyb 900 nafar bangladeshlikka O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsat berilmaganini aytdi. Uzbekistan GTL va ENTER Engineering ishlash huquqi uchun tasdiqnomani olish yuzasidan murojaat qilmagan. Mazkur holatga Qonunchilik palatasi deputati munosabat bildirib, «O‘zimiznikilarning rizqini qirqishi qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin?» — dedi.

11 noyabr 2020, 13:32

Sherlok Xolmsning Londondagi uyi Nazarboyevlar oilasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi

Artur Konan Doyl asarining mashhur tergovchisi Sherlok Xolms yashagan uy hozirda Nursulton Nazarboyevning oilasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, Londonning Beyker ko‘chasidan 215−237 uylar ham sobiq prezident oilasiga qarashli.

11 noyabr 2020, 12:55

Sirdaryoda sog‘lom turmush tarzini yuritish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan Sirdaryo viloyatidagi ko‘p tarmoqli poliklinikalarda tajriba tariqasida «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» xonalari tashkil etiladi. O‘rganishlar natijasida bu amaliyot butun respublikada hayotga tadbiq etiladi.

11 noyabr 2020, 12:14

Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi integratsiyaga jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashdi. Suhbatda asosiy e’tibor Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlariga jalb qilish hamda mustahkam tinchlik o‘rnatishga qaratildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting