Yangiliklar

7 aprel 2020, 02:48

Koronavirus bemorlari qaysi hududlardan ekanligi aytildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus bemorlarining doimiy yashash manzillari bo‘yicha qaysi hududlardan ekanligini ma’lum qildi. Eng ko‘p bemorlar Toshkent shahri va Andijon viloyatidan.

7 aprel 2020, 02:35

SSV aniqlik kiritdi: Toshkent viloyatidagi bemor 52 kishi bilan muloqot qilgan

Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan aytilgan Toshkent viloyatida bir shaxs 52 nafar shaxsga kasallikni yuqtirgani haqidagi so‘zlarga aniqlik kiritildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, vazir kasallikka chalingan shaxs mas’uliyatsizligi sabab 52 kishi bilan yaqin muloqotga kirishganligini nazarda tutgan.

6 aprel 2020, 23:37

Koronavirus bemorlari 457 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 457 taga yetdi.

6 aprel 2020, 23:30

Sirdaryoda karantin qoidasini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Sirdaryo tumanida joylashgan blok postga fuqaro U.N. o‘ziga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinada niqobsiz kelgan. IIB xodimlarini so‘kkan va mayda bezorilik qilgan ushbu fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

6 aprel 2020, 20:19

Yevropa komissiyasi rahbari: Yevropaga Marshall rejasi kerak

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen koronavirus inqirozi sharoitida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni ittifoq byudjetiga «Marshal rejasi» kabi milliardlab yevro investitsiya jalb qilishga chaqirdi.

6 aprel 2020, 19:14

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari 397 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 397 kishi yetdi.

6 aprel 2020, 18:55

Mazmunli karantin — #07

Shekspir asarlarini o‘zi yozganmi, u aslida hayot bo‘lganmi kabi savollarga javob va rahmat aytishning muhimligi haqida — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.

6 aprel 2020, 18:37

Yaponiyada koronavirus sababli favqulodda holat joriy etilishi kutilmoqda

Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etilishi kutilmoqda. Hukumat koronavirus infeksiyasini to‘xtatish uchun 1 trln dollarlik rag‘batlantirish dasturini qabul qilishni rejalashtirmoqda.

6 aprel 2020, 17:32

151 mingdan ziyod fuqarolar karantin kuzatuvida bo‘lgan

SSV 6 aprelgacha jami 151 269 fuqaro karantin kuzatuvida bo‘lganini ma’lum qildi. 62 574 kishi «o‘zini yakkalash» hayot tarziga o‘tkazilgan, 88 695 kishi esa statsionar va uy karantin kuzatuvida qolmoqda.

6 aprel 2020, 16:23

Koronavirus holatlari sonining ortishi testlashtirishning kengaytirilgani bilan bog‘liq

Aniqlangan koronavirus holatlari sonining keskin ortishi testlashtirishning kengaytirilgani bilan bog‘liq, deya izoh berdi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. 5 aprelning o‘zida 4700 dan ortiq test o‘tkazilib, 76 ta holat aniqlandi.

6 aprel 2020, 15:20

«Oilada ham ko‘rishmang, quchoqlashmang» — SSV karantin qoidalariga rioya qilish bo‘yicha

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin vaqtida shifoxonalarda, karantin zonalarida va uyda bo‘lish qoidalari bo‘yicha tavsiyalarni ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, koronavirus bemorlari shifoxonaga kelgandan keyin shifokorlarning tavsiyalariga kirmagan holatlar ham uchragan. Uyda va karantin zonalarida ko‘rishish va quchoqlashishni to‘xtatish kerakligi maslahat berildi.

6 aprel 2020, 15:04

BMT bosh kotibi: Ko‘plab ayollar koronavirus sababli uyda zo‘ravonlikka duch kelishmoqda

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ko‘plab ayollar koronavirus epidemiyasi tufayli uyda zo‘ravonlikka duch kelayotganini ma’lum qildi. Ba’zi davlatlarda zo‘ravonlikka qarshi yordam xizmatiga murojaat qilgan ayollar soni ikki baravar ko‘paygan.

6 aprel 2020, 14:54

Fuqarolardan kundalik yuritish so‘raldi

Bosh prokuratura fuqarolarga 6 apreldan boshlab kundalik yuritishlarini so‘rab murojaat qildi. Karantin davrida har bir fuqaroga qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borish tavsiya etilgan.

6 aprel 2020, 13:51

Karantin sababli Xitoyda ajrashishlar soni keskin oshmoqda

Xitoyda karantin tugaganidan keyin ajrashish bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshgan. Ba’zi provinsiyalarda uydagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘paygani aytilmoqda.

6 aprel 2020, 13:32

Bir bemordan 52 kishiga koronavirus infeksiyasi yuqqan — sog‘liqni saqlash vaziri COVID-19 bemorlari haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan shaxslar yana kimlarga kasallik yuqtirganini ma’lum qildi. Jumladan, bir bemor avval ota-onasiga, otasi esa 36 hamkasbiga koronavirus yuqtirgan.

6 aprel 2020, 13:31

Boris Jonson koronavirus alomatlari yo‘qolmaganligi sababli kasalxonaga yotqizildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 5 aprel kuni koronavirus infeksiyasining alomatlari yo‘qolmaganligi uchun kasalxonaga yotqizildi. Uning shifokori bu holatni «ehtiyot chorasi» deb atamoqda.

6 aprel 2020, 13:25

Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan koronavirus bemorlari haqida ma’lumot berildi

Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasida «COVID-19» infeksiyasi aniqlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha erkak kishi ish yuzasidan 14 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan.

6 aprel 2020, 12:45

Karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 30 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekistonda bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 29 953 taga yetdi.

6 aprel 2020, 12:14

Koronavirus bemorlarining 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.

6 aprel 2020, 11:39

Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

1 maydan boshlab O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi,


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting