Yangiliklar

15 may 2020, 17:32

Prezident Mirzaobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Mirzaobod tumanida bo‘lib, favqulodda holatdan talofat ko‘rgan joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mirzaobodliklar bilan uchrashuv davomida davlat rahbari mazkur hududda 360 kvartirali 9 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi va 616 ta kottej ta’mirlanishi hamda 15 mingga yaqin ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

15 may 2020, 16:58

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 907 kishiga yetdi

Tojikistonda koronavirus holatlari soni bir kunda 106 taga oshib, jami 907 taga yetdi. Shu vaqtga qadar 29 ta o‘lim qayd etildi.

15 may 2020, 16:39

Sloveniya mamlakatda COVID-19 epidemiyasi tugaganini e’lon qildi

Sloveniya Yevropada birinchi bo‘lib mamlakatda koronavirus epidemiyasi yakuniga yetganini e’lon qildi. Fuqarolar Avstriya, Italiya va Vengriya hududidan chegarani kesib o‘tishlari mumkin, mamlakatda savdo markazlari, kafe va mehonxonalar ochiladi.

15 may 2020, 16:10

Suv toshqinidan jabr ko‘rgan har bir xonadon egasiga 40 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi

Shavkat Mirziyoyev Sardoba tumanida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari suv toshqinidan zarar ko‘rgan 4,5 mingdan ziyod xonadon egalarining har biriga 40 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ta’mirlanadigan va yangi quriladigan uylar davlat tomonidan bepul qurib-ta'mirlab beriladi.

15 may 2020, 16:07

Advokat yordamidan voz kechish jarayoni videoyozuv orqali qayd etilishi shart bo‘ldi

Endilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining advokat yordamidan voz kechish, shuningdek, shaxsni ushlash va tintuv qilish jarayonlari videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Prezident bu haqdagi qonunni imzoladi.

15 may 2020, 15:11

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 3−6 daraja past bo‘ladi.

15 may 2020, 15:00

«O‘zbekinvest» Sirdaryo viloyatida jabr ko‘rgan oilalarga xayriya yordamini yo‘lladi hamda sug‘urta qoplamalarini to‘lashni boshladi

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod, Oq oltin tumanlarida suv toshqinidan jabr ko‘rgan oilalarga 150 mln so‘mlik xayriya yordamini yubordi. Kompaniya sug‘urta qoplamalarini to‘lab berishni ham boshladi. Buning uchun 5 mlrd so‘m miqdorida zahira shakllantirilgan.

15 may 2020, 14:59

Qurilish vazirligi Land Cruiser avtomashinasini tanlovlarsiz sotib olishni mo‘ljallamoqda

Qurilish vazirligi narxi 1,4 mlrd so‘mdan boshlanadigan Land Cruiser 200 avtomashinasini istisno tariqasida tanlovlarsiz sotib olishni rejalashtirmoqda. Moliya vazirligi bu haqdagi farmoyish loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

15 may 2020, 14:43

Prezident Sirdaryo viloyatiga keldi

Shavkat Mirziyoyev suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari Sardoba tumanida 1480 xonadondan iborat 37 ta uy barpo etiladigan turar joylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi.

15 may 2020, 13:53

SSV 34 kishiga COVID-19 yuqtirgan shifokorga jinoiy ish qo‘zg‘atilganiga norozilik bildirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqandda tibbiyot xodimining 34 kishiga koronavirus yuqtirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani yuzasidan norozilik bildirdi. Vazirlik infeksiya yuqtirilgan yuzlab holatlardan faqatgina tibbiyot xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi asossiz ekanini ta’kidladi.

15 may 2020, 12:56

Litva, Latviya va Estoniya bir-biriga chegaralarini ochdi

Boltiqbo‘yi davlatlari bir-biriga chegaralarini qaytadan ochdi. Biroq Estoniya, Latviya va Litva tashqarisidan kelgan sayohatchilar ikki haftani karantinda o‘tkazishlari kerak.

15 may 2020, 11:57

BMT: Koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yo‘qotadi

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyo iqtisodiyoti 8,5 trln dollar yoqotishi (3,2 foizga qisqarish) prognoz qilinmoqda. Bunda, rivojlangan mamlakatlarning YAIM 5 foizga, rivojlanayotganlarda esa 0,7 foiz pasayadi. Bu 1930 yillardagi “Buyuk Depressiya"dan keyingi keskin iqtisodiy inqirozni anglatadi, deyiladi BMTning iqtisodiy hisobotida.

15 may 2020, 11:00

«O‘zagrosug‘urta» karantin davrida va tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar uchun 4 mlrd so‘m to‘lab berdi

«O‘zagrosug‘urta» AJ karantin vaqtida hamda tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar uchun 4 milliard so‘mdan oshiq to‘lovlarni amalga oshirdi. Shundan 2,5 milliarddan ortiq to‘lov Buxorodagi kuchli shamoldan zarar ko‘rganlarga to‘landi.

15 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 2652 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2652 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 505 kishi davolanmoqda, ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan va 460 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

15 may 2020, 00:49

Koronavirus: kunlik o‘sish va hududlardagi holat

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 2645 taga, sog‘ayganlar esa 2136 nafarga yetdi. Kunlik o‘sish, viloyatlardagi vaziyat va boshqa muhim ma’lumotlar.

15 may 2020, 00:38

Shaxsiy avtomobillardan foydalanish uchun yengilliklar kiritildi

18 maydan boshlab “sariq” toifadagi hududlarda soat 06:00 dan 22:00 ga qadar shaxsiy avtotransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish mumkin bo‘ladi. “Qizil” toifadagi hududlarda faqat belgilangan vaqtda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish mumkin. Bundan tashqari, shaharlar orasida ba’zi aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari tiklanishiga ruxsat berildi.

15 may 2020, 00:31

15-maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda

O‘zbekistonda karantin talablari 1-iyunga qadar uzaytirildi, biroq bir qator faoliyat turlariga ruxsat berilmoqda.

14 may 2020, 22:43

Barqaror rivojlanish bo‘yicha Parlament komissiyasi ilk bor yig‘ildi

2030-yilgacha barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha Parlament komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

14 may 2020, 21:41

O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Namanganda uning kuchi 5 balni tashkil etdi.

14 may 2020, 20:08

Germaniyalik mutaxassislar O‘zbekistonning karantindan chiqish strategiyasini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston hududlarni koronavirus tarqalishidan kelib chiqqan holda uchta karantin darajasi bo‘yicha ajratib to‘g‘ri qildi, deb hisoblamoqda germaniyalik tibbiyot mutaxassislari.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting