Yangiliklar

6 fevral 2019, 10:51

Sobiq deputat Olimjon To‘xtanazarov ozod etildi

«Firibgarlik» va «pora berish» aybi bilan ushlangan Namangan viloyat kengashining sobiq deputati Olimjon To‘xtanazarov hibsdan ozod etildi.

6 fevral 2019, 10:45

«O‘z manfaatlari yo‘lida futbol rivojiga to‘sqinlik qiladiganlar uchun oramizda joy yo‘q» — Umid Ahmadjonov

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov «Aziz Turg‘unboyev ishi» bo‘yicha jazo tortilgan shaxslar borasida fikr bildirdi.

6 fevral 2019, 10:33

Malakasini oshirmaganlik uchun jarima faqat yuk va yo‘lovchi tashuvchilarga qo‘llaniladi — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev YPX inspektori faqat yo‘lovchi va yuk tashuvchi haydovchilardangina malaka oshirganligi haqida sertifikatni ko‘rsatishni talab qilishi mumkinligini bildirdi.

5 fevral 2019, 23:52

GM Uzbekistan yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishdan voz kechdi

O‘zbekistonda yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish rejasi bekor qilindi. Captiva o‘rniga ikkita yangi model ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

5 fevral 2019, 19:38

Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish tartibi belgilandi

Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

5 fevral 2019, 18:39

O‘zbekiston maktablarida «Kitob haftaligi» tashkil etiladi

«Kitob haftaligi» tadbirlarini ona tili va adabiyot fani darslarida, tarbiyaviy soatlar jarayonida hamda o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtida yuqori saviyada tashkil etilishi belgilandi.

5 fevral 2019, 17:30

Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» rahbari bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» rahbari bo‘ldi.

5 fevral 2019, 16:20

Aziz Turg‘unboyev, Irismetov, Sarikov va Mo‘minjonov futboldan vaqtincha chetlashtirildi

Bir vaqtning o‘zida ikki klub bilan shartnoma imzolashda gumon Aziz Turg‘unboyevning mojaroli ishi o‘rganib chiqildi va bir qator mutasaddilarga chora ko‘rildi.

5 fevral 2019, 15:35

Ochilboy Ramatov «O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbari lavozimini tark etdi

16 yil «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini boshqargan Ochilboy Ramatov lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Xusnutdin Xasilov rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

5 fevral 2019, 15:26

Toshkent tumanida yirik miqdordagi narkotik moddalari to‘xtatib qolindi

DXX chegara qo‘shinlari tomonidan narkotik va tovar-moddiy boyliklarining yirik partiyasi to‘xtatib qolindi.

5 fevral 2019, 14:20

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vazifalari belgilab berildi

So‘z va axborot erkinligi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash — Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining asosiy vazifalaridan.

5 fevral 2019, 13:49

Onlayn-auksion savdolarida 19 milliard 786 million so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari sotildi

«E-IJRO AUKSION» onlayn-auksion savdolarida 2389 ta bo‘sh yer uchastkalari 90 milliard 264 million 500 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

5 fevral 2019, 13:42

AES qurilishi uchun Tuzkon yaqinida uchta, To‘dako‘l yaqinida esa to‘rtta maydoncha o‘rganilmoqda

AES uchun Tuzkon ko‘li va To‘dako‘l suv ombori yaqinidagi yettita maydonchada muhandislik qidiruv ishlari olib borilmoqda.

5 fevral 2019, 13:37

Sud va tergovdan qochib yurgan 15 nafar shaxs ushlandi

Bedarak yo‘qolgan 1 nafar shaxs topildi, ochilmay qolgan jinoyatlardan 19 tasi ochildi.

5 fevral 2019, 13:29

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

5 fevral 2019, 12:55

Tibbiyot vositalarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi

«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan tibbiyot buyumlarining noqonuniy olib kirishga bo‘lgan bir nechta urinishlar fosh etildi.

5 fevral 2019, 12:40

Ikki inspeksiya va bir agentlik Energetika vazirligi tarkibiga o‘tkazildi, bir AJ tugatildi

Prezident farmoni bilan Atom energetikasini rivojlantirish agentligi va yana ikki inspeksiya Energetika vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

5 fevral 2019, 12:30

Vagonchada yuz bergan yong‘in oqibatida mast holdagi kishi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani Qamchipurush MFYda yashovchi H.X.ning uyida joylashgan vagonchada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida bir kishi halok bo‘ldi.

5 fevral 2019, 12:13

Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha farmon qabul qilindi

Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

5 fevral 2019, 11:45

Qo‘qonda 4,5 milliard so‘m sarflangan basseyn foydalanishga topshirildi

Qo‘qondagi yopiq suv havzasini qurish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4,5 milliard so‘m ajratildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting