29 yanvar, chorshanba

Yangiliklar

Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona IIB boshlig‘i etib tayinlandi 

IIV Tergov departamenti rahbari Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozim bir kun avval bo‘sh qolgandi.

Jamshid Iskanderov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi 

«Lokomotiv»ning sobiq o‘yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League'da — Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubida davom ettiradi.

Hukumatning yangi tarkibi shakllantirilmoqda 

O‘zbekiston hukumati tarkibida o‘zgarishlar kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, transport va madaniyat vazirliklari, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida yangi rahbarlar ish boshlaydi.

Rossiyaning yangi hukumati tuzildi 

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yangi hukumat tarkibini taqdim etdi. 21 ta vazirlikdan 9 tasining rahbarlari o‘zgardi, xususan, Vladimir Medinskiy, Olga Vasileva, Maksim Oreshkin va Veronika Skvorsova vazirlik lavozimlarini tark etdi.

AQSH Senati Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshladi 

AQSH Senatida Donald Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshlandi. Senatdagi ko‘pchilik respublikachilar yetakchisi jarayonni «tezlashtirilgan tartibda» o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etdi.

Aktrisa Aida Yunusova vafot etdi 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshida vafot etdi.

Prezident murojaatnomasi jonli efirda namoyish etiladi 

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi 24 yanvar kuni davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Ba’zi kanallarda u surdo tarjima, rus va ingliz ingliz tiliga o‘girilgan holda uzatiladi.

Abdulla Aripov — hukumatning harakat dasturi haqida 

Abdulla Aripov parlament palatalarining qo‘shma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. Uning qisqacha bayonini bilan tanishing.

Tomskdagi yong‘in fojiasini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi 

Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatida yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi.

FVV Tomsk viloyatida halok bo‘lganlar shaxsiga aniqlik kiritdi 

Tomsk viloyatidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlandi, yana bir qurbonning shaxsi aniqlanmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vafot etganlarning ism-shariflarini e’lon qildi.

AQSH elchixonasi: Ollashukurova mamlakatni mustaqil ravishda tark etdi 

AQSH elchixonasi Nafosat Ollashukurova O‘zbekistonni mustaqil ravishda tark etganini aytdi (bloger bu borada yordam bergani uchun elchixonaga minnatdorchilik bildirgan edi). Diplomatik vakolatxona jurnalistlari erkin ishlashlari kerakligini qo‘shimcha qildi.

Bir yilda qariyb 300 ming kishi jarimaga tortildi 

Yil davomida ma’muriy sudlar tomonidan 412 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqildi. Deyarli 300 ming kishiga nisbatan jarima, maxsus huquqlardan mahrum qilish, ma’muriy hibsga olish va mamlakatdan chiqarib yuborish shaklidagi jazo choralari qo‘llanildi.