15-aprel kuni soat 9:00 dan Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ma’lum hududlarida bir sutkaga sovuq suv o‘chiriladi.
Hukumat qarori bilan «2015−2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi» maqsadlariga O‘zbekistonda erishish strategiyasi tasdiqlandi.
Toshkentda Finlyandiyaning faxriy konsulxonasi ochildi. Ochilish marosimida Finlyandiya TIVning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Markku Keynyanen ishtirok etdi.
Doping qabul qilganlikda gumonlanayotgan o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Rustam Jangaboyev musobaqalardan vaqtinchalik chetlatildi.
XTV prezident maktablariga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha Next Step Up School kompaniyasi tomonidan matbuotda e’lon qilingan loyiha haqida izoh bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘mon Sultonligi, Qirg‘iziston, Turkiya, Indoneziya va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11.000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi.
Moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi.
Saida Mirziyoyeva Axborot va kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish reglamenti Adliya vazirligida 3150 raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Eron Islom Respublikasining «POOYA POLYMER TEHRAN» kompaniyasi Qashqadaryo iqtisodiyotiga sarmoya kiritmoqchi.
Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi harbiy xizmatchilari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.
Jizzakh Petroleum Toshkent aeroportida samolyotlarga xizmat ko‘rsatish uchun yangi yoqilg‘i quyish majmuasini qurish va foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.
2019 yilning I choragida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar 22 mlrd. so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 20 160 ta buyruq chiqarildi.
Ot sporti bo‘yicha «FEI Jumping Children`s Classic Final 2018» xalqaro bolalar kubogi final bosqichi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘istonda balog‘at yoshiga yetmagan qizni aroq ichirib, ojizligidan foydalangan holda zo‘rlagan ikki yigit uzoq muddatga qamaldi.
Maktab o‘quvchilariga oltin va kumush medallarning berilishida nizom talablariga qat’iy rioya etish hamda adolat va shaffoflik ta’minlanadi.
12−15 aprel kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tadi.
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida «Eurasian book fair-2019» IV Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida o‘zbek noshirlari qatnashadi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting