Yangiliklar

18 yanvar 2021, 14:22

2022-yildan tibbiyot tashkilotlari ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi

Tibbiyot tashkilotlarini 2022-yil 1-yanvardan ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi. Tashkilotlarga oliy, birinchi va ikkinchi toifalarga ko‘ra, akkreditatsiya guvohnomasi beriladi.

18 yanvar 2021, 13:29

O‘zbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyasi ishlab chiqargan 100 ming dona Pfizer vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dona vaksina olib kelinadi. Mamlakatda emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.

18 yanvar 2021, 13:02

Toshkentda odamlarni qariyb 95 ming dollarga chuv tushirgan aviakassa rahbari qo‘lga olindi

Toshkentda pandemiya sharoitida chet elga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasallik haqidagi hujjatlarni 1200 dollardan pullagan aviakassa rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi.

18 yanvar 2021, 12:56

2020-yilda 1723 nafar mansabdor davlatga 500 mlrd so‘m zarar yetkazdi

2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.

18 yanvar 2021, 12:29

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlari davolanishda, ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari davolanishga jo‘natildi. Ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar hokim o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

18 yanvar 2021, 12:22

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi va 10 500 so‘mdan oshdi

Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga qimmatladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

18 yanvar 2021, 12:06

Termizda sud binosida jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan holatga izoh berildi

Sudyalar oliy kengashi Termizda sud binosida jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan izoh berdi. Sud majlisida qatnashishga ruxsat berishini qo‘pol tarzda so‘ragan OAV xodimlari bo‘yicha Bosh prokurorga taqdimnoma kiritilgani ma’lum qilindi.

18 yanvar 2021, 11:56

Chimboyda bolalar maktabga piyoda yoki eshak minib borishadi. Velosipedlar sotib olish uchun pul yig‘ish boshlangan

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani «Qizilo‘zak» qishlog‘ida yashovchi bolalar 8 km uzoqlikda joylashgan maktabga piyoda, eshakda va velosipedda qatnamoqda. Qishloqda 150 ga yaqin bola maktabga boradi va hozirda ularga velosiped sotib olish uchun pul yig‘ish boshlangan. Avvalroq

18 yanvar 2021, 11:34

Indoneziyadagi zilzila va suv toshqini qurbonlari soni 96 kishiga yetdi

Indoneziyada sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va suv toshqini oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi. 70 mingdan ortiq aholi uylarini tark etdi.

18 yanvar 2021, 11:21

Viloyat hokimlari qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar

Prezident administratsiyasi tasdiqlagan jadval asosida viloyat hokimlari bosqichma-bosqich qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar. Ular ta’tilda profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

18 yanvar 2021, 11:19

Aleksey Navalniy Moskvada hibsga olindi

To‘rt oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytib kelishi bilan hibsga olindi. Uning samolyoti Vnukovo aeroportida qo‘nishi kerak edi, ammo bundan bir necha daqiqa oldin samolyot Sheremetevoga yo‘naltirildi. Navalniy pasport nazoratidan o‘tayotgan paytda hibsga olingan.

18 yanvar 2021, 10:17

Barcha viloyat sudlari raislari tayinlandi

Prezident farmoyishi bilan 5 yil muddatga barcha viloyatlar sudlarinig raislari tayinlandi. Ular viloyatlarning jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida tashkil etilgan.

17 yanvar 2021, 01:23

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi. Toshkentda yer silkinishining magnitudasi 2−3 ball atrofida bo‘ldi.

16 yanvar 2021, 21:15

Prezident Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovni lavozimidan ozod etish niyati bo‘lganligini ma’lum qildi, ammo u «uch oy ichida topshiriqni bajara olishini» aytgan. Prezident, shuningdek, poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga «boshqalarga advokatlik qilmaslikni» buyurdi.

16 yanvar 2021, 19:28

Toshkentdagi prezident universiteti 8000 talabaga mo‘ljallanadi

8000 talabaga mo‘ljallangan prezident universiteti Toshkentda ochiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Universitetda Oksford ta’limi joriy etiladi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, yoshlarning yarmi chet elda o‘qiganidan keyin qaytib kelmayotgani kuzatilmoqda.

16 yanvar 2021, 17:35

«Yunusobodga yangi kuch keladi» — prezident yangi hokim haqida

Shavkat Mirziyoyev hokim Jahongir Ibrohimovning Yunusobod tumaniga «yangi kuch» sifatida kelganini aytdi. «Hokim „raskladushka“ bilan keldi rayonga. U hokimiyatda yotmaydi, balki sektor mahallasida borib yotadi», — dedi prezident. U bir oy ichida prokuror, Davlat soliq inspeksiyasi va Ichki ishlar boshqarmasi rahbarlarining taqdiri hal bo‘lishini ma’lum qildi.

16 yanvar 2021, 15:39 1

O‘zbekiston aholisi 34,5 milliondan oshdi

2020 yilda O‘zbekistonning doimiy aholisi 653,7 ming kishiga yoki 1,9 foizga o‘sdi va 34,5 milliondan ortiqni tashkil etmoqda.

16 yanvar 2021, 14:24

Falastinda so‘nggi 15 yil ichida ilk marotaba umumiy saylovlar bo‘lib o‘tadi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos mamlakatda 15 yil ichida ilk marotaba umumiy (parlament va prezidentlik) saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi.

16 yanvar 2021, 13:15

«Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari siyosatimizga xiyonat qildi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining barcha tuman hokimlarini «halol va porasiz» ishlashlari zarurligi haqida ogohlantirdi. U «prezident siyosatiga xiyonat qilgan» Jizzax viloyati hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini misol qilib ko‘rsatdi.

16 yanvar 2021, 13:03

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

Davron Tulyaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting