20 oktabr, yakshanba

Yangiliklar

Shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi 

Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra barcha tibbiyot tashkilotlarida shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish kuchaytiriladi 

OIVga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturida antiretrovirus preparatlari xaridlarini moliyalashtirishni oshirib, kasallikka chalingan shaxslarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Kollejlarga 11-sinfdan keyin qabul qilinadi 

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kollejlarga mutaxassislik olish uchun11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Ta’lim 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.

Farg‘ona viloyati hokimi Toshloq tumani aholisini haqorat qildi 

Farg‘ona viloyati hokimi Qozog‘istondagi avtobus yong‘inining 16 qurboni yashagan Toshloq tumani aholisini viloyatni sharmanda qilganlikda aybladi.

Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari va Andijon viloyati prokurori o‘zgardi 

Bosh prokuror Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari va Andijon viloyati prokurorini tayinladi.

Achilbay Ramatov Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylandi 

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi.

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari telefon orqali muloqot qildi 

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, mamlakat rahbariyati va xalqiga Olimpiadani muvaffaqiyatli o‘tkazishni tiladi.

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi 

Toshkentning Yunusobod tumanida mast BMW haydovchisi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali suhbat o‘tkazdi 

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark yetkazib berishni boshladi 

Yaqin Sharq bozorlariga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazib berish boshlandi.

O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi 

2018 yilgi Davlat dasturida xorijga chiqish jarayonlarini soddalashtirish va mamlakat ichida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID-kartalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Poytaxtdagi bozorda zaharli o‘yinchoqlar aniqlandi 

Poytaxtdagi «O‘rikzor» bozorida formaldegid konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari aniqlandi.