Yangiliklar

23 avgust 2019, 23:17

«Investorlarga palov emas, aniq qonunlar va imkoniyatlar kerak» — Sodiq Safoyev

«Investorlarga palov bilan mehmon qilish emas, aniq qonun va imkoniyatlar kerak». Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishlamayotgan qonunlar, investitsiyalar bilan bog‘liq muammolarni sanab o‘tdi.

23 avgust 2019, 20:03

Senat atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

23 avgust 2019, 17:29

Andijonda shifokor hayotiga tajovuz qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda shifokor hayotiga tajovuz qilib, ustiga benzin sepgan shaxsga nisbatan o‘ldirish bilan qo‘rqitish va boshqa moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

23 avgust 2019, 13:44

Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Senatorlar xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan qonunni ma’qulladi. Hujjatda jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarga toqatsiz muhitni yaratish ko‘zda tutilgan.

23 avgust 2019, 13:15

Quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini sotib olishda davlat qisman konpensatsiya to‘laydi

Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalarini sotib olishda davlat qisman konpensatsiya to‘laydi. 2030 yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish topshirildi.

23 avgust 2019, 12:58

Senat xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq kafolatlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq kafolatlari to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjatda erkaklar va ayollar ishga qabul qilishda, jamiyat va davlat ishlarini boshqarish hamda oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga ega ekanligi belgilandi.

22 avgust 2019, 19:13

10 nafar ayol jazodan muddatidan oldin ozod qilindi

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining kafolati xati inobatga olinib, 10 nafar ayol jazodan muddatidan oldin ozod qilindi.

22 avgust 2019, 17:54

Qariyb 40 mln kub metr gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

Yil boshidan buyon «O‘zneftgazinspeksiya» qariyb 40 mlrd so‘mlik 40 mln kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqladi.

22 avgust 2019, 17:17

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z faoliyatini yakunlamoqda

Fransiya elchisi Violen Biyet de Vilmor O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda.

22 avgust 2019, 15:56

39 ta nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

2020−2021 o‘quv yilidan boshlab 39 ta nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.

22 avgust 2019, 15:49

Banklar bir kunda qariyb 10 mln dollar naqd xorijiy valyuta sotdi

O‘zbekiston banklari 21 avgust kuni aholiga 15 ln dollardan ziyod valyuta sotdi, ularning qariyb 10 mln dollari naqd pul ko‘rinishida.

22 avgust 2019, 15:17

Andijonda shifokorning qo‘li bog‘lanib, ustidan benzin sepildi

Andijon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida amalga oshirilgan tajovuz natijasida to‘rt shifokor jarohatlandi.

22 avgust 2019, 14:14

Senat tomonidan qonunlarning ma’qullanishi va rad etilishi jarayonlari takomillashtiriladi

Senat raisi Tanzila Norboyeva parlament yuqori palatasi ma’qullagan qonunlarga o‘zgartish kiritilishi noto‘g‘ri ekanini ma’lum qildi.

22 avgust 2019, 13:01

Aksariyat attraksionlar foydalanish talablariga javob bermaydi — Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi butun mamlakatdagi 1845 ta attraksionni tekshiruvdan o‘tkazdi. Qariyb 60 foizining texnik pasporti, yarmidan ko‘prog‘ida o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanmalar, 46 foizidan ziyodida esa birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati yo‘q.

22 avgust 2019, 12:21

Mehnat migrantlariga uy beriladi

Ehtiyojmand mehnat migrantlariga uy va mikroqarzlar ajratish belgilandi.

21 avgust 2019, 22:47

Energetika tizimida 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Prokuratura energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

21 avgust 2019, 21:36

«Artel va Crafers — monopolchilar emas» — MQKQ

Artel va Crafers monopolchilar emas, deya ma’lum qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Facebook foydalanuvchilaridan birining savoliga javob berar ekan.

21 avgust 2019, 18:02

Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi

Endilikda prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

21 avgust 2019, 17:44

Prezident maktablarining o‘qituvchisi ham, o‘quvchisi ham eng namunali bo‘lishi lozim — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusda qurilayotgan Prezident maktabini ko‘zdan kechirdi.

21 avgust 2019, 17:38

Adliya vazirligi 1 sentyabrdan nimalar o‘zgarishini eslatib o‘tdi

Adliya vazirligi 2019 yilning 1 sentyabridan boshlab amalga tatbiq etiladigan o‘zgarishlarni eslatib o‘tdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting