Yangiliklar

10 may 2019, 17:30

Eng kamida 11 marta uch egizlarga prezident sharafiga ism qo‘yilgan

Bir yarim yil ichida 11 marta yangi tug‘ilgan uch egizlarga O‘zbekiston prezidenti sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgan. Oilalarga avtomobillar sovg‘a qilindi.

10 may 2019, 16:55

Prezident Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanida qurilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidni ko‘zdan kechirdi.

10 may 2019, 16:41

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish anketasi soddalashtiriladi

IIV xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun anketaning yangi shakli loyihasini taqdim etdi. Anketada ish joyi yoki mahalla qo‘mitasidan muhr talab qilinmaydi.

10 may 2019, 16:25

Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari normalar va qoidalar tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari uchun veterinariya, veterinariya-sanitariya normalari va qoidalari tasdiqlandi.

10 may 2019, 16:11

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mobil kutubxona dasturi yaratildi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida kitoblarni QR-kodlar yordamida maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda o‘qish imkoniyati yaratildi.

10 may 2019, 15:59

Qariyb 170 mln so‘mlik kompyuter qurilmalarini noqonuniy olib kirgan shaxs qo‘lga olindi

Zangiota tumanida 169,3 mln. so‘mlik kompyuter qurilmalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda olib o‘tib, boshqa bir fuqaroga 105,0 mln. so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi.

10 may 2019, 15:48

Tokio-2020 olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasining vitse-prezidenti Toshkentga keldi

Tokio-2020 olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi vitse-prezidenti Toshiaki Endo Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

10 may 2019, 15:48

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Seuldagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri ikkinchi darajali kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi.

10 may 2019, 15:41

Prezident Bog‘iston ko‘chasidagi yangi uylarni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasidagi qurilgan va qurilayotgan uylarni ko‘zdan kechirdi.

10 may 2019, 15:32

Ommaviy ijroga mo‘ljallangan asarlar uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

10 may 2019, 15:26

Shavkat Mirziyoyev Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Suzuk ota majmuasiga tashrif buyurdi.

10 may 2019, 13:44

Xalq bankining «pensionerlar» kartasidan komissiyasiz naqd pul yechish mumkin bo‘ladi

Xalq bankining pensionerlar uchun kartalaridan naqd pul yechib olishda komissiya undirilmaydi.

10 may 2019, 13:31

BMT terroristlarning boshqa davlatlarga ko‘chishiga qarshi kurash strategiyasini taqdim etdi

Terroristlarning boshqa davlatlarga ko‘chishiga qarshi kurash bo‘yicha BMT dasturi chegara punktlari, jumladan aeroportlarda nazorat, tekshiruv va ko‘zdan kechirish jarayonlarini kuchaytirishga chaqiradi.

10 may 2019, 11:17

O‘zbekistonda Stokgolm konvensiyasi ratifikatsiya qilindi

Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini ratifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi qonun prezident tomonidan imzolandi.

10 may 2019, 11:06

Qashqadaryoda «Xotira monumenti» ochildi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosi yonida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Xotira monumenti» ochildi.

9 may 2019, 15:42

Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlandi

Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

9 may 2019, 15:37

Shavkat Mirziyoyev Toshkent botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramda qatnashdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent botanika bog‘ida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi.

9 may 2019, 12:54

Konor MakGregor yozda jang qiladi deb o‘ylayman — UFC prezidenti

UFC prezidenti Dana Uayt yana Konor MakGregor hamda Donald Serrone o‘rtasidagi jangni tashkil qilmoqchi ekanini bildirdi.

9 may 2019, 12:35

Samarqandda Rossiyaning jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etiladi

Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining filialini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

9 may 2019, 12:21

Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 may kuni Xotira maydoniga tashrif buyurib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting