Yangiliklar

27 iyun 2019, 13:00

«Ipoteka-bank» xususiylashtiriladi

«Ipoteka-bank» ustav kapitalidagi davlat ulushi 2022 yilga qadar 50 foizdan kamaytiriladi. Bank Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtiriladi.

27 iyun 2019, 12:19

Toshkentda 66 mingdan ortiq chiqindi qutisi o‘rnatiladi

Toshkentda 66 mingdan ortiq chiqindi qutisi o‘rnatilib, 10 ta yer osti moduli o‘rnatiladi.

27 iyun 2019, 12:03

Toshkentda bir tonnadan ziyodroq miqdordagi giyohvand moddalar yoqib yuborildi

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kunida Toshkentda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan olingan bir tonnadan ziyod giyohvand moddalar yo‘q qilindi.

27 iyun 2019, 11:35

Toshkentda erkak kishi metro relslariga yiqilib tushdi

«O‘zbekiston» metro stansiyasida erkak kishi holsizlik oqibatida temir yo‘l temir yo‘l izlariga yiqilib tushib, tan jarohati oldi.

27 iyun 2019, 11:28

Aris orqali poyezdlar harakati tiklandi

Qozog‘istonning Aris stansiyasi orqali barcha xalqaro poyezdlar harakati to‘liq tiklandi.

26 iyun 2019, 20:29

«Milliy tiklanish» rahbari mahalliy deputatning fikrlariga munosabat bildirdi

«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov partiya deputati Qobul Do‘sovning ayollar va bolalar haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

26 iyun 2019, 19:28

Toshkentda yuk mashinasi 6 avtomobil bilan to‘qnashdi

Toshkentda yuk mashinasi va oltita yengil avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi transportni boshqarayotganda uxlab qolgan.

26 iyun 2019, 18:34

O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli tayinlandi

Rustam Kurganbayev O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli lavozimiga tayinlandi.

26 iyun 2019, 17:03

Toshkentda it egasi, uni otgan va jarayonni videoga olgan shaxslar jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodagi otilgan it egasi va uni o‘ldirgan shaxs EKIHning 2 baravari, jarayonni videoga olgan shaxs esa EKIHning 50 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

26 iyun 2019, 16:34

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha hukm o‘qildi

O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirov 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

26 iyun 2019, 15:57

Breyk-dans va syorfing Olimpiada-2024 dasturiga kiritildi

Breyk-dans, syorfing, toqqa chiqish va skeytbording yozgi Olimpiada-2024 dastlabki dasturiga kiritildi.

26 iyun 2019, 15:30

Deputatlar mahkumlarga pensiya to‘lashni taklif etmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari jazoni ijro etish muassasalarida jazosini o‘tayotgan pensionerlarga pensiya to‘lashni taklif qildi.

26 iyun 2019, 12:50

Dubay kompaniyasi Navoiy xalqaro aeroporti bazasida quruqlik portini tashkil etadi

«Dubai Port World» kompaniyasi Navoiy xalqaro aeroporti bazasida quruqlik portini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

26 iyun 2019, 12:43

Fransiyadagi turnirda Radzivil oltin, Dusanova bronza medalni qo‘lga kiritdi

Fransiyanining Monjeron shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Radzivil oltin, Dusanova bronza medali sohibi bo‘ldi.

26 iyun 2019, 12:39

Qozog‘istonda to‘xtab qolgan poyezd yo‘lovchilari Toshkentga avtobuslarda olib kelinmoqda

Ufa va Chelyabinsk poyezdlari yo‘lovchilari Qozog‘istonning Turkiston viloyatidan Toshkentga avtobuslarda olib kelinmoqda. 26 iyun kuni ertalab Novosibirsk-Toshkent reysi yo‘lovchilarini chiqarish boshlandi.

26 iyun 2019, 12:24

Birinchi yarim yillikda kutilayotgan natijalar prezident rahbarligida tahlil qilindi

Shavkat Mirziyoyev 25 iyun kuni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

26 iyun 2019, 12:15

Utilizatsiya yig‘imidan tushadigan pullar qayerga ketishi haqida ma’lumot berildi

Maxsus qonun qabul qilingandan so‘ng utilizatsiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tashkil etiladi.

25 iyun 2019, 20:56

O‘zbekiston Moskvadagi ko‘rgazma majmuasidan pavilon ijaraga oldi

O‘zbekiston ko‘rgazma-madaniy markaz tashkil etish uchun Moskvadagi «Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi» majmuasi hududidan pavilon ijaraga oldi.

25 iyun 2019, 18:32

Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha sud qarori yaqin kunlarda e’lon qilinadi

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha sud hukmi yaqin kunlarda e’lon qilinadi — Oliy sud.

25 iyun 2019, 17:53

Arisdagi portlash sababli sakkizta poyezd harakati to‘xtatildi

Arisdagi portlash sababli O‘zbekiston shaharlaridan Olma Ota va Rossiyaga qatnovchi sakkizta poyezd harakatini to‘xtatib qo‘ydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting