Yangiliklar

16 iyul 2020, 12:35

Bektemir hokimligi xodimi $4000 pora olayotganda qo‘lga olindi

«O‘zbekiston 24» telekanali poytaxtning Bektemir tumani hokimligi xodimi yerni rasmiylashtirib berish uchun $4000, SISI dotsenti — $10 ming, Urgutdagi poliklinika shifokori — $18 ming, NDPI dekani o‘rinbosari — $3000 va xodimi $8000 hamda BDU o‘qituvchisi — $4000 pora olayotganlarida DXX tomonidan qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

16 iyul 2020, 12:20

MDH xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha hujjat tayyorlamoqda

MDH mamlakatlari oktyabr oyida xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga to‘g‘ri kelmaydigan maqsadlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qilishni rejalashtirishmoqda.

16 iyul 2020, 12:00

Tez yordam mashinalari 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib borishi ta’minlanadi — Bosh prokuror

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning aytishicha, endilikda prezident topshirig‘iga binoan 103 raqamiga telefon qilinganda band bo‘lish holatiga chek qo‘yiladi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordam xizmati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda yetib kelishi va COVID-19 ga test natijalarini uzog‘i bilan bir kunda chiqarilishi ta’minlanadi.

16 iyul 2020, 10:39

Vafot etgan yana bir IIV xodimi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi

Vafot etgan yana bir nafar IIV xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

16 iyul 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 14,8 mingga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 206 nafarga ortib, jami 14787 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (53), Toshkent shahrida (101) Surxondaryo viloyatida (35) va Qoraqalpog‘istonda (17) qayd etildi. Shu bilan birga, COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 72 nafarga yetdi.

16 iyul 2020, 09:39

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Prezident qarori bilan Abduhakim Xadjibayev Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

16 iyul 2020, 00:56

Kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati qayd etildi

O‘zbekistonda kun davomida qariyb 500 ta koronavirus holati aniqlandi. Yangi holatlarning 200 tasi karantin muassasalarida, 291 tasi — COVİD-19 bemorlari bilan muloqotda bo‘lganlar va 5 tasi aholi orasida qayd etildi.

15 iyul 2020, 21:29

Prezident Toshkent hokimi va sog‘liqni saqlash vaziriga hayfsan e’lon qildi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga va sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani uchun hayfsan e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘nggi oyda koronavirusni davolash strategiyasi va taktikasini keskin buzganligi ta’kidlandi.

15 iyul 2020, 19:42

IIV: Sirdaryodagi sudya tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan

Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari xodimlari va sudya bilan bog‘liq vaziyatda sudyaning tez yordam mashinasiga yo‘l bermaganligini ma’lum qilib, voqea tasvirlangan videotasvirni e’lon qildi.

15 iyul 2020, 18:47

O‘zbekiston Armaniston va Ozarbayjonni sabrli bo‘lish va muzokaralarga chaqirdi

Tashqi ishlar vazirligi Armanistan va Ozarbayjon chegarasidagi to‘qnashuvlar bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. Holatning keskinlashishi tinch aholi orasidagi qurbonlar bo‘lishiga olib kelishi, iqtisodiy aloqalarni buzishi va mintaqaviy xavfsizlikka zarar yetkazishi mumkinligi sababli O‘zbekiston tomonlarni o‘ta sabr-toqatli bo‘lishga va siyosiy-diplomatik muzokalarga chaqirdi.

15 iyul 2020, 17:53

Koronavirus holatlari 173 taga oshdi (jami — 14466)

O‘zbekistonda yana 173 kishining koronavirusga chalingani tasdiqlanib, jami holatlar 14466 taga yetdi. Yangi holatlar karantin markazlari, Toshkent shahri, Namangan, Andijon, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.

15 iyul 2020, 17:48

37 yoshli pskentlik koronavirus bemori vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan 37 yoshli pskentlik bemor (erkak kishi) o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan vafot etganlar soni 69 nafarga yetdi.

15 iyul 2020, 17:45

Farg‘onada Nexia yuk mashinasi ostida qolib ketdi, bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida Nexia qarshidan kelayotgan SHACMAN yuk mashinasiga urildi. Yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

15 iyul 2020, 16:10

Mansabdor shaxslar davlatga 172,2 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

2020 yili Bosh prokuratura tomonidan qo‘zg‘atilgan jami 327 ta jinoyat ishi bo‘yicha 459 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Ular mamlakatga 172,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazgan. Eng ko‘p jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi xodimlar tomonidan sodir etilgan.

15 iyul 2020, 15:53

Xitoy AQSHning Gonkong to‘g‘risidagi qonunga qarshi sanksiyalariga javob qaytaradi

Donald Tramp Gonkongda milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashgan kompaniyalar va shaxslarga nisbatan cheklovlar joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Shundan so‘ng Xitoy AQSHga qarshi javob sanksiyalarini qo‘llashi mumkinligi bilan ogohlantirdi.

15 iyul 2020, 15:15

Chirchiqda shifokorlarning yoppasiga ish tashlagani haqidagi xabarlar inkor etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chirchiqdagi Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi tibbiy xodimlarining yoppasiga ish tashlagani va muassasaning yopilgani haqidagi xabarlar inkor etildi.

15 iyul 2020, 15:01

Jarqo‘rg‘onda sud xodimlari bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jarqo‘rg‘onda sudyalarning obro‘sizlantirilishi va sud xodimlarining kaltaklanishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

15 iyul 2020, 14:32

Guliston shahriga kirish blok-postida sudyaga nisbatan kuch ishlatilgan

Guliston shahriga kirishdagi blok-postlardan birida IIB va Milliy gvardiya xodimlari sudyaga nisbatan kuch ishlatib, tan jarohati yetkazishgan. IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

15 iyul 2020, 13:43

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimining koronavirus bilan kasallangani tasdiqlandi

Vafot etgan ikki nafar IIV xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov «Gazeta.uz» ga tasdiqladi.

15 iyul 2020, 13:22

AQSHda onlayn ta’lim olayotgan chet ellik talabalar deport qilinmaydigan bo‘ldi

AQSH hukumati pandemiya sababli onlayn ta’limga o‘tgan chet ellik talabalar uchun vizalarni bekor qilish rejalaridan voz kechdi. Oldinroq, Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti, shuningdek 17 shtat va Kolumbiya okrugi rasmiylari Tramp ma’muriyatining ushbu qarori bo‘yicha sudga murojaat qilishgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting