4 avgust, seshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

27 iyul 2020, 13:15

Hafta boshida ob-havoning issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda

27−29 iyul kunlari Respublikaning katta qismida issiq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi havo harorati 35−38 darajaga yetishi, ayrim joylarda esa 40 darajaga ko‘tarilishi mumkin.

27 iyul 2020, 13:08

O‘zbekistonda Volkswagen Caddy sotuvi boshlandi

O‘zbekistonda birinchi Volkswagen dilerlik markazi ochildi va Caddy yengil tijorat transporti modeli sotila boshlandi. Konfiguratsiyaga qarab, avtomobilning narxi 172 mln so‘mdan 222 million so‘mgachani tashkil qiladi.

27 iyul 2020, 12:21

O‘zbekiston aholisi yarim yilda 286,5 ming kishiga o‘sdi

O‘zbekiston aholisi 2020 yilning yanvar-iyun oylarida 286,5 ming kishiga o‘sgan. Mamlakatda bu vaqt oralig‘ida 365,2 ming nafar chaqaloq tug‘ilgan, 74,6 ming kishi esa vafot etgan.

27 iyul 2020, 12:16

Dollarning rasmiy kursi 6 haftada birinchi bor tushdi

AQSH milliy valyutasini rasmiy kursi deyarli 3 so‘mga arzonlab, jami 10 207 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa ko‘tarildi.

27 iyul 2020, 11:39

Koronavirus holatlari 20,8 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 289 nafarga ortib, jami 20820 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

27 iyul 2020, 11:36

Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirildi

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki nafar jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.

27 iyul 2020, 11:07

Ichki ishlar mulozimi «plan»ni to‘ldirish uchun kuniga beshtadan bayonnoma tuzishni buyurdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani ichki ishlar organlari xodimlarining majlisidan yozib olingan audioyozuv ichki ishlar mulozimiga tegishliligi tasdiqlandi. Unda, IIO xodimi fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma kam tuzilayotganini qayd etib, buni bartaraf etish uchun har bir profilaktika inspektori turli moddalar bo‘yicha 5 tadan ma’muriy bayonnoma tuzishi bo‘yicha topshiriq bergan.

26 iyul 2020, 15:32

Karantin 15 avgustga qadar uzaytirildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, O‘zbekistonda karantin choralari 15 avgustga qadar uzaytirildi. Qurbon hayiti kuni va dam olish kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi, aholining «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya qilishi tavsiya etildi.

25 iyul 2020, 14:02

26 iyulda Istanbulga qo‘shimcha charter reys amalga oshiriladi

Uzbekistan Airways 26 iyul kuni Toshkent — Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha charter reysini amalga oshiradi.

25 iyul 2020, 13:56

Qurbon hayiti namozini o‘qish musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya sharoitida Qurbon hayitini nishonlash bo‘yicha bayonot berdi. Unda, jumladan, Iydul adha namozini o‘qish mo‘min-musulmonlar zimmasidan soqit bo‘lishi ma’lum qilindi.

25 iyul 2020, 13:42

«U ham tan olinishga loyiq» — COVID-19dan vafot etgan SEOM xodimining opasi

62 yoshida Chilonzor Sanitariya-epidemiologiya farovonligi markazining bakteriologik laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova vafot etdi, uning koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi bu holat haqida xabar bermadi. Marhumaning opasi, 40 yilini tibbiyotga bag‘ishlagan Marhabo Ahmedova boshqa tibbiyot xodimlari singari tan olinishga loyiq, deb hisoblaydi.

25 iyul 2020, 10:30

Uyda tayyorlaymiz: 7 ta noodatiy desert retseptlari

Zira.uz sizga zefir, keyk-popslar, «Ptiche moloko», «Bashorat qiluvchi pechene» va yana boshqa noodatiy desertlar ro‘yxatini taqdim etadi.

25 iyul 2020, 00:07

Kun davomida 492 kishining koronavirusga chalingani rasman tasdiqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 492 ta koronavirus holati rasman tasdiqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 19360 taga yetdi. 40 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

24 iyul 2020, 23:57

Prezident odil sudlov samaradorligini oshirish bo‘yicha farmonni imzoladi

Prezident farmoni bilan 1 yanvardan viloyatlardagi sudlar negizida umumyurisdiksiya sudlari tashkil etiladi. Tuman va shahar ma’muriy sudlari tugatiladi, ma’muriy sudlarni ko‘rib chiqish vakolati esa jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga beriladi. Sud tizimiga dastlabki eshituv instituti va «bir sud — bir instansiya» tamoyilini joriy etiladi, shuningdek, prokurorlarning sud ishlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki tartiblari qayta ko‘rib chiqiladi.

24 iyul 2020, 22:39

Mo‘ynoqda yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi loyihaga qo‘l urildi

Mo‘ynoqda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan «Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari» MCHJ tashkil etilib, qisqa vaqtda ming nafarga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.

24 iyul 2020, 22:18

Sardobada 18 yoshli fuqaro Captiva ag‘darilib ketishi oqibatida vafot etdi

Sardobada 18 yoshli fuqaro hech qanday hujjatlarsiz Captiva avtomobilini haydash vaqtida boshqaruvni yo‘qotdi va mashina ag‘darilib ketdi. Haydovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

24 iyul 2020, 21:37

Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi

Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev olamdan o‘tdi.

24 iyul 2020, 21:33

Respublika bo‘yicha elektr ta’minoti tizimiga cheklovlar kiritilmoqda

Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelgani sababli respublika bo‘yicha 1,5−2 mln kVt•soat yoki kunlik 0,8−1 foiz miqdorida cheklovlar kiritilishi ma’lum qilindi. Tojikistondan elektr energiyasi importi to‘xtagan, Turkmaniston bilan esa yangi shartnoma imzolandi.

24 iyul 2020, 21:19

Jizzaxda yana ikkita YTH: 5 yoshar qizcha va 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

Jizzax viloyatida kun davomida ikkita halokatli YTH sodir bo‘ldi. Ulardan birida Lacetti 5 yoshli qizchani urib yubordi. Ikkinchisida esa 18 yoshli yigit yurib ketayotgan yuk mashinasi zinasidan o‘zini tashlab, asfaltga boshi bilan yiqilgan.

24 iyul 2020, 20:54

Prezident Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti bayramini 31 iyul, juma kuni nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjatda bayramning karantin talablariga rioya qilgan holda o‘tishi uchun zarur choralar ko‘rish topshirilgan.