Yangiliklar

21 sentabr 2019, 19:09

«Tatneft» Toshkentda birinchi yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi

Toshkentning Qoratosh mavzesida «Tatneft»ning O‘zbekistondagi birinchi flagman yoqilg‘i quyish shoxobchasini ochdi. Stansiyada AI-100 benzini ham sotiladi.

21 sentabr 2019, 16:48

«G‘urumsaroy» poligonida Tojikiston ishtirokidagi o‘quvlar yakunlandi

«G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari hamkorligidagi qo‘mondonlik-shtab strategik o‘quvlari yakunlandi. Chegaradagi shartli jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha jangovar topshiriq muvaffaqiyatli bajarildi.

21 sentabr 2019, 14:20

Human bandlik agentligiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent prokuraturasi Yevropa davlatlariga ishlashga yuborish uchun 52 kishidan 18−35 mln so‘mdan olib, ishga jo‘natmagan Human bandlik agentligiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

21 sentabr 2019, 13:52

Arxiv xizmatlari davlat xizmatlari markazlari va portali orqali ko‘rsatiladi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston «O‘zarxiv» agentligi tashkil etiladi. Milliy arxiv fondi hujjatlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi va sug‘urta nusxalari yaratiladi.

20 sentabr 2019, 21:25

Deputatlar saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi

Markaziy saylov komissiyasi 22 dekabrni Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni etib belgiladi. Saylov kampaniyasi 20 sentyabrdan boshlandi.

20 sentabr 2019, 18:05

Agrosektorni rivojlantirish uchun yerdan foydalanish sohasi isloh qilinishi kerak — qishloq xo‘jaligi vaziri

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi loyihasining eng muhim yo‘nalishlari — ekin yerlarini auksion orqali berish, paxta va bug‘doyga davlat buyurtmasini bekor qilish va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

20 sentabr 2019, 15:55

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikni o‘ldirishga urinishda gumon qilinganlar ushlandi

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirishga urinishda gumonlanayotgan ikki erkak qo‘lga olindi.

20 sentabr 2019, 14:35

Sho‘rchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Baxtiyor Xudoyberganov Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

20 sentabr 2019, 11:08

Vizaning yangi — Investment visa turi joriy etilmoqda

Uch yillik «investor vizasi» joriy etilmoqda. U O‘zbekistonga 1,7 mlrd so‘mdan (183,1 ming dollar) ortiq sarmoya kiritgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

20 sentabr 2019, 10:25

O‘zbekistonning BMT Bosh Assambleyasidagi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri rahbarlik qiladi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 21−29 sentyabr kunlari AQSHga tashrif buyurib, BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etadi.

20 sentabr 2019, 10:05

Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi prorektor tayinlandi

Islombek Rustambekov Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori lavozimiga tayinlandi.

20 sentabr 2019, 08:39

Surxondaryoning ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Surxondaryo viloyatining Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hokimlari o‘zgardi.

20 sentabr 2019, 08:20

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda sug‘orishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish muhokama qilindi

3,2 mln gektar yerga 46 mlrd kub metr suv sarflanib, uning 60 foizi ekinlarga yetib boryapti, xolos. Prezident suvlardan foydalanish samaradorligini oshirishni topshirdi.

19 sentabr 2019, 20:03

Ulug‘bek Azamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Azamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

19 sentabr 2019, 17:58

Namunaviy uy-joylar uchun ipoteka shartlari o‘zgardi

Endilikda, yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Ipoteka kreditini olish uchun yosh chegarasi belgilandi.

19 sentabr 2019, 15:20

BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi O‘zbekistonga keladi

BMTning sudyalar va advokatlar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diyego Garsiya-Sayan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

19 sentabr 2019, 14:46

«Markaz — 2019»: «G‘urumsaroy» poligonida taktik o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik boshlandi

«G‘urumsaroy» poligonida O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari taktik o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlikni boshladi.

19 sentabr 2019, 14:08

«Tez yordam»ga tushayotgan murojaatlarning 30 foizdan ko‘prog‘i asossizdir — SSV

«Tez yordam»ga tushayotgan murojaatlarning 30 foizdan ko‘prog‘i asossiz chaqiriqlarni tashkil etadi. Bu tibbiy xizmat sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, deya ma’lum qildi SSV.

19 sentabr 2019, 13:34

«Yandeks» Toshkentdagi avtobuslar harakatini ko‘rsata boshladi

«Yandeks.Xaritalar» Toshkentda real vaqt rejimida avtobuslar harakatini ko‘rsatishni boshladi.

19 sentabr 2019, 13:19

Samarqandda turistik markaz qurilishi boshlandi

Samarqanddagi eshkak eshish kanali hududida turistik markaz qurilishi boshlandi. Kanalning tabiiy shart-sharoitlari saqlab qolinadi va sport tadbirlari davom ettiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting