Yangiliklar

30 sentabr 2019, 13:52

Shuhrat G‘aniyev ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlardan xulosa chiqardi — hokimiyat

Farg‘ona viloyati hokimiyati hokim Shuhrat G‘aniyevning soqol va ro‘mol haqidagi so‘zlariga qarshi bildirilgan fikrlardan xulosa chiqarganini ma’lum qildi. Senatda ushbu masala yuzasidan odob komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

29 sentabr 2019, 22:12

Ovqatdan zaharlanish qayd etilgan Bekoboddagi bolalar bog‘chasi vaqtincha yopildi

Bekoboddagi bolalar ommaviy ovqatdan zaharlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ovqat tayyorlash bloki va guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani aniqlandi.

29 sentabr 2019, 14:19

O‘zbekiston Robototexnika xalqaro chempionatida ilk medallarni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik ixtirochilar Robototexnika xalqaro chempionatida tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Smart doc box uskunasini yasab, birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.

29 sentabr 2019, 13:40

Kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi karerasini g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekistonlik kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi ilk jangida italiyalik Alessio Di Kirikoni mag‘lubiyatga uchratdi.

28 sentabr 2019, 15:05

AQSH ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga 50 mln dollargacha mablag‘ ajratadi

O‘zbekiston va AQSH besh yil davomida xalq ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollargacha miqdorda grant ajratilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

28 sentabr 2019, 13:13

Turkiyada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — TIV

Turkiyadagi zilzilada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolarining mavjudligi haqida kelib tushmadi, deya xabar qildi TIV.

28 sentabr 2019, 00:55

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi

Toshkent prokuraturasi poytaxt hokimi nomiga taqdimnoma kiritganidan so‘ng Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi.

27 sentabr 2019, 17:09

DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 18 yilga qamaldi

Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

27 sentabr 2019, 17:07

Tadbirkorlarni homiylikka jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qilindi

Adliya vazirligi tadbirkorlarni noqonuniy ravishda homiylikka jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qildi va zarur choralar ko‘rilishiga va’da berdi.

27 sentabr 2019, 16:14

DXXning sobiq xodimlari va ularning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi

O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmatining sobiq xodimlari va ularning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi.

27 sentabr 2019, 15:44

Bekobodda bog‘cha bolalari ommaviy ovqatdan zaharlandi

Bekoboddagi 15-MTM tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. SSV holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

27 sentabr 2019, 14:27

O‘zbekiston Xalqaro xokkey federatsiyasiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi Xalqaro xokkey federatsiyasiga qabul qilindi.

27 sentabr 2019, 14:06

Rossiyada politsiyachilar o‘zbekistonliklarni kaltaklagani yuzasidan rasmiy murojaat yo‘llandi

Balashixada muzey restavratsiyasi uchun taklif qilingan o‘zbekistonliklarning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanishi yuzasidan Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga rasmiy murojaat yo‘llandi.

27 sentabr 2019, 09:20

Nima uchun sudyalarning eng kichik yoshi 35 etib belgilandi?

Jinoiy ishlar bo‘yicha sudyalarning 22,2 foizi 35 yoshga to‘lmagan. Yoshligi va tajribasizligi sababli ular qabul qilgan qarorlarning ayrimlari yuqori bosqich sudlari tomonidan bekor qilingan.

27 sentabr 2019, 08:34

Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar tayinlandi

Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi.

26 sentabr 2019, 20:29

Sharqshunos olim Andrey Kubatin oqlandi

2017-yilda davlatga xiyonatda ayblanib qamalgan sharqshunos olim Andrey Kubatin oqlandi.

26 sentabr 2019, 17:06

Fransiyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Fransiyaga 12 yil prezidentlik qilgan Jak Shirak 87 yoshda vafot etdi.

26 sentabr 2019, 13:55

«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosari soxta hujjatlar bilan katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlandi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

26 sentabr 2019, 12:56

Barcha daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etish rejalashtirilmoqda

Bosh vazir topshirig‘i bilan 1 fevralga qadar o‘rmonlardan tashqaridagi daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu vaqt davomida daraxt va butalarni parvarishlar, kaltalatik va kesish me’yorlari qayta ko‘rib chiqiladi.

26 sentabr 2019, 11:17

Qashqadaryoda ikki «Damas» to‘qnashuvi natijasida besh kishi vafot etdi

Qashqadaryoda ikki «Damas»ning to‘qnashib, yonib ketishi oqibatida besh kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting