Yangiliklar

24 dekabr 2019, 11:47

Voyaga yetmagan qizni 4-qavatdan tashlab yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs mast holda o‘zi bilan yashab kelayotgan ayolning voyaga yetmagan qizini 4-qavatdan tashlab yuborib, o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ayblanuvchi qo‘lga olingan.

23 dekabr 2019, 20:47

Eldor Shomurodov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzod bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov 2019 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurash olib boradi. Nomzodlar orasida «Liverpul», «Tottenxem», «Guanchjou Evergrand» futbolchilari ham bor.

23 dekabr 2019, 20:22

«Milliy tiklanish» yetakchisi ikkinchi davraga qoldi

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylanish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi. U ovoz berishning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

23 dekabr 2019, 17:35

Koreyaning Kobea Group kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochadi

Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochishga litsenziya berildi.

23 dekabr 2019, 16:37

Olma Ota-Toshkent avtomagistralida 80 kishi evakuatsiya qilindi

Ko‘rish darajasi pastligi sababli Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomagistralida 80 kishi, jumladan 36 nafar avtobus yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi.

23 dekabr 2019, 16:10

Hafta o‘rtasida havoning isishi kutilmoqda

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda havoning isishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +10… +15 darajagacha ko‘tariladi.

23 dekabr 2019, 14:58

2020-yil bahorigacha Gruziyaga poyezd orqali yuk tashishni boshlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston 2020-yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

23 dekabr 2019, 14:45

Saylovlar qonunbuzarliklarsiz o‘tmadi

Deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov kunida qonunbuzarliklar, jumladan soxta bayonnomalar va kuzatuvchilar faoliyatiga to‘sqinliklar haqida xabar qildi. MSK va Bosh prokuratura ushbu xabarlarni o‘rganmoqda.

23 dekabr 2019, 14:30

O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, yana Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi.

22 dekabr 2019, 22:01

Saylovda 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi

MSKning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovida 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi.

22 dekabr 2019, 18:19

Saylov kampaniyasi vaqtida prokuraturaga 65 ta murojaat kelib tushdi

Saylov kampaniyasi vaqtida Bosh prokuratura tomonidan shakllantirilgan shtabga saylovlar bilan bog‘liq 65 ta murojaat kelib tushdi.

22 dekabr 2019, 13:57

Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 162- saylov uchastkasida saylovda ovoz berib, fuqarolar, xorijlik kuzatuvchilar va OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari matbuot xizmatining fotoreportaji.

22 dekabr 2019, 10:20

Toshkentdan vodiyga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qamchiq dovonida transport harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani bois Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

21 dekabr 2019, 17:49

O‘z tanasida 5,7 kg geroin olib o‘tayotgan olti nafar narkokurer ushlandi

Bojxonachilar O‘zbekiston orqali o‘z tanalarida jami 5,7 kg dan ziyod geroinni olib o‘tmoqchi bo‘lgan olti nafar narkokurerni qo‘lga oldi.

21 dekabr 2019, 10:48

Toshkentda tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulot noqonuniy reklama qilindi

«UZBAT A.O» kompaniyasi va yakka tartibdagi tadbirkor Toshkentda tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotni noqonuniy ravishda reklama qilgani aniqlandi.

21 dekabr 2019, 09:57

Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

21 dekabr 2019, 09:48

«Qamchiq» dovonida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

«Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi xavfsi borligi uchun «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

20 dekabr 2019, 18:30

Oliy sud 19 nafar mahkumaning jazo muddatlarini qisqartirdi

Oliy sud 19 nafar mahkuma ayolning qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lganini hisobga olgan holda ularning jazo muddatlarini qisqartirdi. Jazo muddatlari qisqargani sababli ayollar ozod qilindi va oilalari bag‘riga qaytdi.

20 dekabr 2019, 17:46

«O‘zbekneftgaz» va Janubiy Koreya kompaniyasi laboratoriya tashkil etdi

Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.

20 dekabr 2019, 17:32

O‘zbekistonning qariyb barcha viloyatlarida zilzila qayd etildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qariyb barcha viloyatlarida sezildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting