Yangiliklar

14 noyabr 2020, 14:13

2021 yildan 40 yosh va undan yuqoridagilar tibbiy tekshiruvlaridan o‘tkaziladi

Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 yanvardan boshlab 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini aniqlash bo‘yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi.

14 noyabr 2020, 14:02

O‘zbekiston milliy brendi jahon bo‘yicha 61-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston «Nation Brands 2020» reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu natija o‘tgan yilgidan 9 pog‘ona yuqoriroqdir. Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonda (44-o‘rin), MDH davlatlar orasida esa Rossiyada (14-o‘rin).

14 noyabr 2020, 10:30

Nima tayyorlaymiz: sho‘rvalar

Sovuq havoda tayyorlanishi shart bo‘lgan sho‘rvalar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

13 noyabr 2020, 19:11

Jahon yangiliklari dayjesti

Eng yirik erkin savdo shartnomasining tuzilishi, Qorabog‘ aholisi o‘z uylarini yoqib yuborishi, Peruda yangi prezidentga qarshi namoyishlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

13 noyabr 2020, 18:19

Navoiy aeroporti ishchilari ishdan bo‘shatilgan direktorni o‘z lavozimiga qaytarishni so‘rashmoqda

Navoiy xalqaro aeroporti xodimlari avvalgi direktor v.b. Alisher Klichevni o‘z lavozimiga qaytarishni so‘rashmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, garchi uning qo‘l ostida aeroport o‘z mavqeini yaxshilagan va daromad keltirgan bo‘lsa-da, u hech qanday sababsiz ishdan bo‘shatilgan. Uzbekistan Airports bundan oldin Klichev «ishidagi qo‘pol xatoliklari» va «ishchilarni yollashda xalqaro me’yorlarga rioya qilmaganligi» uchun ogohlantirilganini aytgan edi.

13 noyabr 2020, 18:06

16 nafar amerikalik o‘qituvchi va professorlar O‘zbekistonga keladi

Yaqin oylarda AQSHdan 16 nafar ingliz tili o‘qituvchilari hamda yetakchi universitetlarining professorlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Ular xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda yordamlashadi. Bundan tashqari, Qarshi shahrida «Amerika oynasi» («American window») kutubxonasining ochilishi ustida ish olib borilmoqda.

13 noyabr 2020, 17:40

Shuhrat Abdurahmonovga tegishli audio bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga tegishli audio tarqaldi. Unda hokim Marhamat tumanida uch nafar ayolni «prezident vakiliga sassiq gapirgani» uchun qamab qo‘yganini aytadi. Bundan tashqari, jurnalistlarga qarata, — «Agar qitig‘imga tegsang, men qo‘yvoraman», — degan. Viloyat hokimligi matbuot xizmati ushbu audioyozuv ikki yil oldin yozilganligini aytmoqda.

13 noyabr 2020, 16:19

2021 yil Qashqadaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi

2021 yil Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Viloyatda 2021−2022 yillarda umumiy qiymati 28 trln so‘m bo‘lgan 950 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar natijasida 15 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

13 noyabr 2020, 15:56

Bog‘chadan oliy ta’limgacha — o‘g‘il-qizlarga jinsiy tarbiyadan ta’lim beriladi

Senat raisi Tanzila Narbayeva jinsiy tarbiyani yoshlikdan boshlash zarurligini ta’kidladi. Jumladan, maktabgacha ta’limda yoshga mos qilib, yuqori sinflar va oliy ta’limda yigit-qizlarni oilaga tayyorlash, reproduktiv salomatlikka o‘qitish kerakligi aytildi. «Biz yopganimiz sari internet ochiq. U salbiy oqibatlarga olib kelayapti», — dedi yuqori palata raisi.

13 noyabr 2020, 15:33

O‘quvchilarga qiziqishiga qarab fanlarni tanlab o‘qish imkoni beriladi

Yangi milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, endilikda nazariya va amaliyot teng taqsimlanadi. Fanlar soni va o‘quv yuklamalari o‘quvchilar qiziqishiga qarab belgilanib, spiralsimon tarzda o‘qitiladi.

13 noyabr 2020, 14:36

Dam olish kunlari mamlakatga sovuq havo oqimi kiradi

Dam olish kunlari respublika hududiga Ural tomondan sovuq havo kirishi kutilmoqda. Shanba kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, yakshanba kuni esa Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha yetishi mumkin.

13 noyabr 2020, 14:12

Sud Trampning saylovlar bo‘yicha da’vosini qabul qildi

Pensilvaniya apellyatsiya sudi pochta orqali yuborilgan ovozlarni hisoblash bo‘yicha amaldagi prezident Donald Trampning da’vosini qabul qildi. Unga ko‘ra, Pensilvaniya shtatida o‘n minglab saylov byulletenlarida keltirilgan saylovchilar o‘zlarini tasdiqlamaganlari sababli byulletenlar rad etildi.

13 noyabr 2020, 14:00

Hokim va rahbarlarga xizmat avtomashinalari klassiga qarab biriktiriladi

Mansabdor shaxslarning davlat hisobidan qimmatbaho avtotransportlar xarid qilishining oldini olish maqsadida prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. Endilikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlariga xizmat avtoransportlar klassiga qarab biriktirish belgilanib, cheklovlar qo‘yiladi.

13 noyabr 2020, 13:56

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi muammolarni sanab o‘tdi

Qashqadaryoda noto‘g‘ri sug‘orish oqibatida yerlarning 45 foizi sho‘rlangan, aholining atigi 50 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan, viloyatning 88 maktabida «smena» ko‘rsatkichi yuqori, lekin bir nechta maktab filiali binosi paxsadan qurilgan, sog‘liqni saqlash tizimida 1000 dan ortiq shifokorlar yetishmaydi. Davlat rahbari viloyatning muammolarini sanab o‘tdi.

13 noyabr 2020, 13:16

10 oyda qariyb 8,5 ming xotin-qizga himoya orderi berildi

10 oy mobaynida qariyb 8,5 ming xotin-qiz davlat himoyasiga olindi. Ular orasida oilada otasi yoki onasi tomonidan zo‘ravonlikka duch kelgan qizlar ham bor. Shuningdek, himoya orderi olinishi natijasida 418 ta oila ajrashib ketdi.

13 noyabr 2020, 11:54

Qashqadaryo viloyatida 26 mingdan ortiq yoshlar ishsiz ekani aniqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalarida ochiq muloqot qildi. Suhbat chog‘ida viloyat bo‘ylab 26 mingdan ortiq yoshlar ishsiz ekani va tadbirkorlik rivoji darajasi ancha pastligi qayd etildi.

13 noyabr 2020, 11:35

Banklarda dollar 10 430 so‘mgacha oshdi

Ko‘pgina tijorat banklarida dollarni sotish narxi 10 360 so‘mga va sotib olish narxi esa 10 430 so‘mga belgilanmoqda.

13 noyabr 2020, 11:09

Agrippina Shin Janubiy Koreyaning «Diplomatik xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Janubiy Koreyaning «Diplomatik xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

13 noyabr 2020, 10:05

2021 yilda ayrim hududlarda aholi sinov tariqasida ro‘yxatga olinadi

2023 yildagi aholini ro‘yxatga olishdan avval, 2021 yilda O‘zbekistonning bir necha hududlarida aholi sinov tariqasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Butun aholini ro‘yxatga olish esa 2023 yil noyabr oyida amalga oshiriladi.

12 noyabr 2020, 23:04

16 noyabrdan talabalar uchun an’anaviy o‘qishlar boshlanadi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida 16 noyabrdan o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda davom ettiriladi. An’anaviy ta’lim shakliga o‘tishga tayyorgarlik oktyabr oyida boshlangan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting