Yangiliklar

11 aprel 2020, 16:44

Pensioner vaqtincha boshqa hududda yashayotgan bo‘lsa, pensiya unga qanday yetkaziladi?

Markaziy bank vakili karantin davrida doimiy turar joyida yashamayotgan fuqarolar pensiyasini qanday olishi mumkinligini ma’lum qildi.

11 aprel 2020, 15:08 1

Koronavirus holatlari soni yana oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 729 taga yetdi.

11 aprel 2020, 13:27

Iqtisodiyotdagi yo‘qotishlar qisman qishloq xo‘jaligi hisobiga qoplanadi

Prezident iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi yo‘qotishlar o‘rnini qisman to‘ldirish va aholi bandligini ta’minlash uchun rezervlarni agrar sohaga safarbar qilishga topshiriq berdi.

11 aprel 2020, 13:04

Koronavirus holatlari 700 ga yaqinlashdi

O‘zbekistonda qayd etilgan koronavirus holatlari soni 694 taga yetdi.

10 aprel 2020, 23:55

Yana 28 kishida koronavirus aniqlandi (jami — 669 ta)

O‘zbekistonda yana 28 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami tasdiqlangan holatlar — 669 ta.

10 aprel 2020, 23:01

Himoya qo‘lqoplaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Karantin vaqtida fuqarolar tibbiy himoya qo‘lqoplaridan ham foydalanishmoqda. «Gazeta.uz» ushbu qo‘lqoplardan foydalanish qoidalari va, asosiysi, uni qanday qilib to‘g‘ri yechish kerakligi haqidagi tavsiyalarni illyustratsiya tarzida havola etadi.

10 aprel 2020, 22:45

Koronavirus holatlari 641 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi yana 17 kishida aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 641 taga yetdi.

10 aprel 2020, 22:12

Xitoydan koronavirus uchun dori-darmon va uskunalar olib kelindi

Xitoydan olib kelingan koronavirus profilaktikasi va uni davolash uchun zarur dori-darmon hamda tibbiy jihozlar ortilgan yuk O‘zbekistonga yetib keldi. Ularni olib kelishda Xitoy kompaniyalari, futbolchi Odil Ahmedov, tadbirkor Gulbahor Tojimirzayeva va Alibaba Group asoschisi Jek Ma jamg‘armasi hissa qo‘shdi.

10 aprel 2020, 21:46

Ortiqxo‘jayev ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishni so‘radi

Jahongir Ortiqxo‘jayev ijara beruvchilardan ijara pulini vaqtincha talab qilmay turishlarini so‘radi. Hokim vaqtinchalik to‘lanmagan ijara haqqi keyinchalik to‘lab berish sharti bilan ijarada turuvchi fuqarolarga taqdim etilishi adolatli bo‘lishini aytdi.

10 aprel 2020, 21:23

O‘zbekistonga yana 250 mingta test olib kelinmoqda

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish doirasida Rossiyadan 500 ta sun’iy nafas berish apparati xarid qilingan. Xitoydan kasallikni aniqlovchi 200 ming dona va Germaniyadan 50 ming dona test olib kelinmoqda

10 aprel 2020, 21:18

O‘zbekistonda nima uchun favqulodda holat e’lon qilingani yo‘q?

Adliya vazirligi nima uchun hozirgacha O‘zbekistonda favqulodda holat joriy qilinmaganiga izoh berdi.

10 aprel 2020, 20:41

Karantin vaqtida elektron xizmatlar portali yaratildi

Karantin vaqtida uyda qolib, onlayn xizmatlardan foydalanish uchun Uydaqoling.uz portali ishga tushirildi. Portalda ovqatlarga buyurtma berish, onlayn ish topish, mahsulotlar xarid qilish, tibbiy maslahatlar olish bo‘yicha internet-xizmatlari haqidagi barcha ma’lumotlar yig‘ilgan.

10 aprel 2020, 20:25

O‘zbekiston prezidenti Turkiy kengashning navbatdan tashqari sammitida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida koronavirus pandemiyasi oqibatlariga qarshi samarali kurashish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.

10 aprel 2020, 19:03

O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolashda yangi usuldan foydalaniladi

O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechayotgan bemorlarni davolashda sog‘aygan bemorlar qon plazmasidan foydalanish bo‘yicha yangi usulning amaliyotga joriy etilishi kutilmoqda.

10 aprel 2020, 17:23

Rossiya va OPEK neft qazib olishni kamaytirishga kelishib oldi

Saudiya Arabistoni, Rossiya va boshqa OPEK+ davlatlari 30 iyungacha neft qazib olishni kuniga 10 mln barrelga kamaytirishga kelishib oldi. 2022 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 6 mln barrelgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda. Kelishuvga qo‘shilishdan faqat Meksika bosh tortdi.

10 aprel 2020, 16:57

G‘uzor tumaniga yangi hokim v. b. tayinlandi

G‘uzor tuman prokurori Bekzod Suyunov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

10 aprel 2020, 16:40

Toshkentda yoqqan kuchli qor qariyb 7 mingta daraxtni shikastlagani ma’lum bo‘ldi (foto)

8 aprel kuni yoqqan qor Toshkentda 7 mingga yaqin daraxtni shikastlagani ma’lum bo‘ldi. Obodonlashtirish boshqarmasi yo‘llarni tozalashda davom etmoqda. Lekin avtomobil harakatlanishiga cheklovlar sababli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

10 aprel 2020, 16:17

SSV: O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 fuqaro orqali 440 kishiga yuqqan

O‘zbekistonda koronavirus chet eldan kelgan 94 nafar fuqaroda aniqlangan bo‘lib, ulardan 440 kishiga infeksiya yuqqan. Ushbu kasallikning epidemiologik surishtiruv ishlari bo‘yicha elektron tizim yaratilib, bemorlarning epidemiologik marshruti aniqlanmoqda.

10 aprel 2020, 15:41

Namanganda to‘rt nafar bemor koronavirusdan to‘liq sog‘aydi

Namangan viloyatida to‘rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Jami tuzalganlar soni 42 nafarga yetdi.

10 aprel 2020, 13:59

Koronavirusga chalingan Britaniya bosh vaziri reanimatsiyadan chiqarildi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson intensiv terapiya bo‘limini tark etdi. U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Endi Jonson kasalxonada shifokorlar kuzatuvida qoladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting