28 may, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

26 yanvar 2018, 17:43

FVV va bojxona xorijga chiqayotgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqda

FVV va bojxona xodimlari xorijga chiqayotgan fuqarolar bilan shaxsiy xavfsizlik choralari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

26 yanvar 2018, 15:04

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Ruspublikasi Prezidentiga Miryandagi yong‘in munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

26 yanvar 2018, 14:58

Toshkentda 900 dan ziyod valyuta qoidabuzarliklari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent boshqarmasi o‘tgan yil davomidagi faoliyat natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

26 yanvar 2018, 14:20

JB beshta shahardagi issiqlik ta’minotini modernizatsiya qilishga 140 mln dollar ajratdi

Andijon, Buxoro, Chirchiq, Samarqand va Toshkentning Sergeli tumanida ilk bor markazlashgan issiqlik ta’minotining zamonaviy modeli joriy etiladi.

26 yanvar 2018, 12:00

AKTni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Axborot texnologiyalari vazirligi fuqarolarni AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan o‘rtoqlashishga chaqirmoqda.

26 yanvar 2018, 11:44

Milliy pasport o‘rnini ID-kartalar egallab, xorijga chiqish pasporti joriy etiladi

O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportini joriy etishga qaror qilindi, milliy pasport bosqichma-bosqich ID-kartalar bilan almashtiriladi.

26 yanvar 2018, 11:14

Toshkentdagi yana 280 ta chorraha kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi

Toshkentdagi qariyb 400 ta chorraha 2020 yilgacha kuzatuv va yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etish kameralari bilan jihozlanadi.

25 yanvar 2018, 20:21

Shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi

Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra barcha tibbiyot tashkilotlarida shoshilinch tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.

25 yanvar 2018, 17:56

O‘zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish kuchaytiriladi

OIVga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturida antiretrovirus preparatlari xaridlarini moliyalashtirishni oshirib, kasallikka chalingan shaxslarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

25 yanvar 2018, 14:17

Kollejlarga 11-sinfdan keyin qabul qilinadi

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kollejlarga mutaxassislik olish uchun11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Ta’lim 6 oydan 2 yilgacha davom etadi.

25 yanvar 2018, 13:21

Farg‘ona viloyati hokimi Toshloq tumani aholisini haqorat qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Qozog‘istondagi avtobus yong‘inining 16 qurboni yashagan Toshloq tumani aholisini viloyatni sharmanda qilganlikda aybladi.

25 yanvar 2018, 12:45

Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari va Andijon viloyati prokurori o‘zgardi

Bosh prokuror Majburiy ijro byurosi direktori o‘rinbosari va Andijon viloyati prokurorini tayinladi.

25 yanvar 2018, 12:19

Achilbay Ramatov Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi.

25 yanvar 2018, 11:30

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, mamlakat rahbariyati va xalqiga Olimpiadani muvaffaqiyatli o‘tkazishni tiladi.

25 yanvar 2018, 11:23

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

Toshkentning Yunusobod tumanida mast BMW haydovchisi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

24 yanvar 2018, 17:18

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali suhbat o‘tkazdi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

24 yanvar 2018, 16:38

GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark yetkazib berishni boshladi

Yaqin Sharq bozorlariga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazib berish boshlandi.

24 yanvar 2018, 16:32

O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi

2018 yilgi Davlat dasturida xorijga chiqish jarayonlarini soddalashtirish va mamlakat ichida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID-kartalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

24 yanvar 2018, 16:03

Poytaxtdagi bozorda zaharli o‘yinchoqlar aniqlandi

Poytaxtdagi «O‘rikzor» bozorida formaldegid konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari aniqlandi.

24 yanvar 2018, 15:47

Slovakiyaning yangi elchisi O‘zbekistonga yetib keldi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiyaning yangi elchisi Yan Borini qabul qildi.