Yangiliklar

2 iyun 2021, 20:30

2 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentda ochilgan yangi bog‘, prezidentning Surxondaryoda o‘tkazgan yig‘ilishi, IT Park 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qilishi, kuchli shamolning oqibatlari — “Gazeta.uz"ning 2 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

2 iyun 2021, 18:11

«Ramatov, suv ombori loyihasiga boshingiz bilan javob berasiz» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev «To‘palang» suv ombori Surxondaryo aholisining suv bilan bog‘liq muammolarini hal qilishi kerakligini ta’kidlab, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni loyihaga mas’ul qilib tayinladi. Shuningdek, prezident koronavirusga qarshi kurashga 80 trln so‘m ketganligini, lekin u pulga achinmasligini aytdi.

2 iyun 2021, 18:05

Qozog‘iston prezidenti Abdulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abudulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi.

2 iyun 2021, 18:01

Kuchli shamol Jizzax va Uchquduqdagi uylarga zarar yetkazdi

Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

2 iyun 2021, 16:10

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket beshinchi bor pasaymoqda

Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 550 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.

2 iyun 2021, 16:06

Haftaning ikkinchi yarmida issiqlik yanada kuchayadi

3−7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga havo harorati +43 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bo‘lishi mumkin

2 iyun 2021, 15:25

Botanika bog‘ida velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi

Poytaxt Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun «xavfsiz hudud» deb e’lon qilindi. Endi uning hududida velosiped, samokat va skuterda harakatlanish taqiqlanadi.

2 iyun 2021, 15:24

Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilsa Eron, Pokiston portlariga yo‘l ochiladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilishining ilk bosqichlari uchun Jahon banki tomonidan 35 mln dollar mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.

2 iyun 2021, 14:53

«Men bu yerga haqiqiy mas’uliyatni o‘z zimmamga olish uchun keldim» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoni «iqtisodiy berk» viloyat deb atab, u yerda tadbirkorlarga Toshkentda mavjud imkoniyatlar singari bir hil sharoit yaratish kerakligini ta’kidladi. Prezident viloyatdagi asosiy muammo sug‘orish va ichimlik suvi ta’minoti ekanligini qayd etdi. «Men haqiqiy mas’uliyatni o‘z zimmamga olish uchun keldim, bu qiyin. Odamlar gaplardan charchagan, ularga haqiqiy loyihalar, pul, infratuzilma berish kerak», — dedi u.

2 iyun 2021, 13:52

«Bu mamlakatda deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini anglatadi» — Agneshka Pikulitska

Xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitska o‘z shaxsiy Twitter’ida TIV tomonidan uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirdi. U ushbu holatni «uning ovozini o‘chirishga urinish» va «mamlakatda deyarli o‘zgarishlar bo‘lmaganligini anglatadi» deb izohladi.

2 iyun 2021, 13:26

«Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi, o‘qimaydi, deymiz. Chunki ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak», — dedi prezident.

2 iyun 2021, 12:33

60 ta sektor rahbari 100 foiz ish vaqtini mahallada o‘tkazishi kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuvida viloyatda mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish kerakligi haqida aytib o‘tdi.

2 iyun 2021, 12:26

IT Park o‘z majburiyatini bajarmagan 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qildi

IT Park direksiyasi o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi. Rezidentlik maqomi bekor qilingan kompaniyalarning orasida — Oson Apteka, Hoop Club, Invan Soft, Filosofiya IT, Imenu, School-Service va boshqalar bor.

2 iyun 2021, 12:07

Surxondaryoning 4 ta tumanidagi tadbirkorlar 2024 yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Shavkat Mirziyoyev Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik subyektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishni taklif qildi.

2 iyun 2021, 12:05

Surxondaryoda Toshkentga bog‘liq bo‘lgan birorta muammo qolgani yo‘q — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev savol berish, muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashni so‘rab, bunga qarshi bo‘lganlar xiyonatchi bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar masalalariga ham e’tibor qaratildi.

2 iyun 2021, 11:50

Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1,9 trillion so‘m mablag‘ ajratilyapti — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganini ma’lum qildi.

2 iyun 2021, 11:46

«Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida 100 ming kishi ishsiz ekani va 80 ming nafari chet elga ekanliklarini aytib, «hokimlar bo‘yinbog‘ini yechib qo‘yib, haftada bir kun fuqarolar orasida yurishi kerakligini» ta’kidladi. «Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak», — dedi davlat rahbari.

2 iyun 2021, 11:09

O‘zbekistonda 3-bosqichda to‘liq emlanganlar soni 1282 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 3-bosqichda to‘liq emlanganlar soni 1282 nafarga yetdi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 346 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

2 iyun 2021, 10:55

TIV xalqaro jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi

TIV polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi holatlari qayd etilganligi» sababli uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

2 iyun 2021, 10:50

Toshkent yer usti metrosining Halqa yo‘lida harakat tezligi sekinlashadi

Toshkent metropolitenining Halqa yo‘lida poyezdlarning tezligi havo haroratining keskin ko‘tarilishi sabab vaqtinchalik sekinlashadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting