Yangiliklar

26 fevral 2020, 15:29

Ombudsman o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomzod ma’qullandi

Ombudsmanning o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga sobiq deputat Aliya Yunusova nomzodi parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullandi. Endilikda ushbu nomzod Senat tomonidan ham ma’qullanishi lozim.

26 fevral 2020, 14:28

Ombudsman parlamentga yagona tergov qo‘mitasini tuzishni taklif etdi

Ombudsman yagona tergov qo‘mitasini tuzish taklifini bildirdi. U parlamentga bildirgan hisobotida shu haqda ta’kidlab, qo‘mitani tergovda qiynoqlar qo‘llanishiga barham berish yechimi sifatida ko‘rsatdi.

26 fevral 2020, 12:25

Koronavirus tufayli Olimpiada o‘yinlari bekor qilinishi mumkin

Tokiodagi yozgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus tufayli bekor qilinishi mumkin. Tashkiliy qo‘mita musobaqa davomida virus bo‘yicha xavfsizlikni kafolatlay olmasa, XOQ Olimpiadani bekor qiladi.

26 fevral 2020, 12:11

2021- yildan buxgalteriya hisobini MHXS asosida yuritishga o‘tiladi

2021- yildan aksionerlik jamiyatlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari va yirik soliq to‘lovchilar majburiy tartibda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tadi.

26 fevral 2020, 11:55

Ichki ishlar organlarida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

Hududiy IIBlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi.

26 fevral 2020, 11:30

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi.

26 fevral 2020, 11:17

Sandaldan chiqqan is gazidan 18 yoshli ayol vafot etdi

Farg‘ona viloyatida bir kunda ikki xonadonda is gazidan o‘lim holati qayd etildi. Ulardan birida qishloq uyida o‘rnatilgan sandaldan chiqqan is gazidan 18 yoshli ayol olamdan o‘tdi.

25 fevral 2020, 23:16

To‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Deputatlar to‘y va marosimlarni o‘tkazishga oid qonun loyihasini ma’qulladi. Endilikda tartibga bo‘lgan talabni buzganlar ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ammo ayrim deputatlar muhokamada boshqa fikrlarni ham bildirishdi.

25 fevral 2020, 21:48

Andijon havosini bulg‘ayotgan sement zavodi faoliyati to‘xtatildi

Ekologiya qo‘mitasi Andijonda havoni ifloslantirayotgan Sing Lida sement zavodi faoliyatini to‘xtatdi.

25 fevral 2020, 18:45

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak vafot etdi

Misrning sobiq prezidenti, mamlakatni 30 yil boshqargan Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi.

25 fevral 2020, 17:28

Andijonda gaz quyish shoxobchasida Nexia portladi

Andijondagi gaz quyish shoxobchasida portlagan Nexia yana oltita avtomobilga zarar yetkazdi. Jiddiy tan jarohati olganlar yo‘q.

25 fevral 2020, 17:15

Turk mutaxassisi sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi etib tayinlanadi

Turkiyalik mutaxassis sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi etib tayinlanadi. U O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va raqamlashtirishda ishtirok etadi.

25 fevral 2020, 16:54

Abdulaziz Kamilovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekistonning Hindiston va Bangladeshdagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vaziriga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

25 fevral 2020, 16:34

Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bokkoni va Harvard universitetlari bitiruvchisi Omonullo Nasriddinxo‘jayev moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bunga qadar u prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

25 fevral 2020, 16:08

Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 19 yil muddatga qamaldi, sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

25 fevral 2020, 12:51

22-mart mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilanishi mumkin

Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini tasdiqlashdi. 22-mart mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilanishi mumkin.

25 fevral 2020, 12:13

Harbiylar va maxsus xizmat xodimlari tog‘larda mashg‘ulot o‘tkazdi (foto)

Harbiy xizmatchilar, chegarachilar va milliy gvardiyachilar Jizzax viloyatidagi «Forish» tog‘ poligonida mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

25 fevral 2020, 10:44

Shavkat Mirziyoyevning AQSH prezidentiga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti va uning rafiqasiga nimalar sovg‘a qilgani va ularning narxlari ma’lum bo‘ldi.

25 fevral 2020, 09:41

Fuqarolar ruxsatisiz ularni tasvirga olishni taqiqlash taklif qilinmoqda

Qonunchilikka fuqaroning tasviriga bo‘lgan huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi me’yorni kiritish rejalashtirilmoqda. Fuqaroning ruxsatisiz uni tasvirga olishni taqiqlash (ayrim istisnolar bilan) taklif qilinmoqda.

25 fevral 2020, 00:01

Hukumatda moliya-iqtisod ishlariga mas’ul rahbarlar o‘zgardi

Hukumatda iqtisodiy blok mas’ullari o‘zgardi. Jamshid Qo‘chqorov moliya, iqtisodiyot va kambag‘allik bilan kurashish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlandi. Timur Ishmetov yangi moliya vaziri bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting