Yangiliklar

28 noyabr 2020, 13:37

Banklarga haydovchilik guvohnomasi orqali mijozlar shaxsini tasdiqlashga ruxsat berildi

Markaziy bank qarori bilan tijorat banklariga mijozlar shaxsini tasdiqlashda yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishga ruxsat berildi.

28 noyabr 2020, 13:16

Suriyadan vatandoshlarni olib kelish uchun uchinchi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekiston hukumati Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududida qiyin vaziyatda qolgan ayollar va bolalarni vatanga qaytarish bo‘yicha navbatdagi gumanitar aksiyani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

28 noyabr 2020, 11:48 1

Boshingizga bir urib, mana senga xat, jim o‘tir, deydigan davrlar o‘tdi — Allamjonov AOKA va OAV bahsi haqida

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, AOKAning sobiq rahbari Komil Allamjonov agentlik va OAV o‘rtasidagi bahs bo‘yicha fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, matbuot gapini ayta oladigan, unga nisbatan ogohlantirishlarga e’tiroz bildiradigan va ochiq bahslashadigan davrga yetib keldi.

28 noyabr 2020, 10:59

Hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Bosh prokuratura hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda. Qonun qabul qilinsa, bunday qilmishni sodir etganlar va jarayonni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatganlar 1 yilgacha muddatga qamalishi mumkin.

28 noyabr 2020, 10:30

Nima tayyorlaymiz: pitssa

Pitssa ixlosmandlari uchun Zira.uz har kimning ham ta’biga mos keladigan eng mazali va to‘yimli pitssalar retseptlarini taqdim etadi.

28 noyabr 2020, 09:34

«Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi

Qor ko‘chkisi xavfi bo‘lgani uchun «Qamchiq» dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

28 noyabr 2020, 08:34

AOKA OAVning ogohlantirilishi bo‘yicha bayonot berdi

AOKA Kun.uz ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilarining turli sharhlari, haqoratli fikrlari va chaqiriqlari jamoatchilik fikri sifatida taqdim etilgani, «Gazeta.uz», Daryo.uz va boshqalar esa koronavirus bemorlari statistikasi shubha ostiga olingani va rasmiy izohlar taqdim etilmagani uchun ogohlantirilganini ma’lum qildi.

27 noyabr 2020, 22:46

1 dekabrdan kompyuter o‘yinxonalari ochiladi

1 dekabrdan boshlab kompyuter o‘yinlari markazlarining ishlashiga ruxsat berildi. Ushbu qaror Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

27 noyabr 2020, 20:51

Jahon yangiliklari dayjesti

Belarus prezidenti qachon lavozimini tark etishini ma’lum qilgani, KXDRning Janubiy Koreya farmatsevtika kompaniyalariga xakerlik hujumi, Facebook Libra kriptovalyutasini ishga tushirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

27 noyabr 2020, 20:00

Yangi iPhone 12 tannarxi hisoblab chiqildi

Yaponiyalik mutaxassislar yangi iPhone 12 tannarxini 373 dollarga baholashdi. Smartfonning eng qimmat qismi OLED matritsasi bo‘lib chiqdi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, smartfon reklama, izlanishlar va logistika xarajatlari tufayli yuqori narxga ega bo‘ladi.

27 noyabr 2020, 18:37

Guljahon Yo‘ldosheva ishiga oid sud boshlandi

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva va yana to‘rt nafar shaxsga oid jinoyat ishini sud boshlandi. Yo‘ldoshevaning advokati ehtiyot chorasini o‘zgartirishni so‘rab, himoyasi ostidagi shaxs ayblov hulosasi bilan tanish emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, sud vaqtida uning hanuzgacha viloyat bosh infeksionisti ekani ta’kidlandi.

27 noyabr 2020, 18:29

BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashishga 25 mln dollar ajratadi

BMT ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi va uning qurbonlariga ko‘maklashuvchi ayollar tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 25 million dollar ajratadi.

27 noyabr 2020, 18:27

Toshkentda yuk avtomobillari uchun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin

Toshkent shahrida yuk avtomobillari uchun ertalab va kechqurun cheklovlar o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIB YHXB tomonidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga taklif kiritilgan.

27 noyabr 2020, 17:45

«Bu mening avtomobilim, degan tushuncha oddiy hol bo‘lib qolgan» — Akmal Burxonov xizmat mashinalari haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat xizmatchilarining xizmat mashinalaridan shaxsiy va oilaviy maqsadlarda foydalanishi odatiy holga aylanganini ta’kidladi. U hokimlar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan qimmat mashinalarni sotib olish holatlari oz emas, o‘nlab yuz berganini ma’lum qildi.

27 noyabr 2020, 17:34

Turkmaniston gazeta va jurnallarning qog‘oz shaklida nashr etilishini cheklaydi

1 yanvardan boshlab Turkmanistonning gazeta va jurnallari faqat elektron shaklda chiqadi. Qog‘oz shakldagilarga pensiya yoshdagilargina obuna bo‘lishlari mumkin. Barcha davriy nashrlarga maxsus dastur orqali kirish mumkin bo‘ladi.

27 noyabr 2020, 15:49

Toshkentdagi Techno Continental korxonasida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga keldi. Korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish uchun respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

27 noyabr 2020, 15:44

Afg‘onistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:27 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezildi.

27 noyabr 2020, 15:38

«Mashinani ishonchnoma orqali boshqarish kelajakda tarixga aylanishi kerak» — Adliya vaziri

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov onlayn muloqot o‘tkazib, fuqarolarning savollariga javob berdi. Onlayn muloqotda adliya vaziri ishonchnoma orqali avtomobil boshqarish kabi muammolar to‘g‘risida gapirayotib, «ishonchnoma kabi hujjatlar, o‘ylaymizki, kelajakda tarixga aylanadi» deya aytib o‘tdi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu muloqotga fuqarolardan 1500 ga yaqin savol kelib tushgan.

27 noyabr 2020, 15:32

«Vazir haftada ikki kun Toshkentda o‘tirishi mumkin» — Shavkat Mirziyoyev

«Qashqadaryodagi 3,3 mln aholi davlat rahbarining havotirini, davlat rahbarining befarq emasligini, ko‘magini sezishi kerak», — dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazir haftada ikki kun Toshkentda o‘tirishi, qolgan kunlari viloyatda bo‘lishi kerak.

27 noyabr 2020, 14:27 1

Yakson qilmang

Ommaviy axborot vositalarining vazifasi — jamoatchilik fikrini yetkazib turish va muammolarni muhokama qilish orqali ularning hal qilinishiga hissa qo‘shishdan iborat. Ularning «og‘zini yopish»ga urinishlar hokimiyat uchun ham, butun jamiyat uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Komil Jalilov maqolasi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting