Yangiliklar

17 mart 2020, 16:45 1

O‘zbekistonda Fiskal institut tashkil etish rejalashtirilmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institut tashkil etish taklifi e’lon qilindi. 2020−2021 o‘quv yilida 420 kishi bakalavriat yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilinishi kutilmoqda.

17 mart 2020, 14:05

To‘rt nafar paralimpiyachi doping sababli musobaqalardan chetlashtirildi

Paralimpiyachilardan Ismira Islomova, Shahzoda Mamadaliyeva, Muslima Nuriddinova va Kamolaxon Abdullayeva doping sababli to‘rt yilga musobaqalardan chetlashtirildi.

17 mart 2020, 13:39

O‘zbekiston fuqarosi Koreyada koronavirusga chalinmagan

OAVda Koreyadagi kompaniyaning o‘zbekistonlik ishchisi koronavirus bilan og‘riganligi haqida ma’lumot berilgan edi. TIV O‘zbekiston fuqarosining faqat karantinga olinganini ma’lum qildi.

17 mart 2020, 11:48

COVID-19 yuqtirganlar soni 10 nafarga yetdi

Istanbuldan kelgan reys yo‘lovchisining turmush o‘rtog‘i va xuddi shu reysning boshqa bir yo‘lovchisida ham koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda COVID-19 yuqtirganlar soni 10 nafarga yetdi.

17 mart 2020, 11:43

Riga va Tehrondan 200 nafardan ziyod fuqaro olib kelindi

Eron va Latviyadan 212 nafar O‘zbekiston fuqarosi Namanganga olib kelindi. Ular ikki haftalik karantinga joylashtirildi.

17 mart 2020, 11:12

Aholi yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka chaqirilmoqda

Messendjerlar orqali vertolyotlardan dorilar sepilishi va bolalar ko‘chalarda bo‘lganligi uchun ota-onalar jarimaga tortilishi haqidagi yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda. Vazirlar Mahkamasi ushbu ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi

17 mart 2020, 08:58

Uzbekistan Airways Moskvaga aviaqatnovlarni amalga oshiradi

Uzbekistan Airways chet elliklarni olib ketish va O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 17 mart kuni Toshkentdan Moskvaga parvozlarni amalga oshiradi.

17 mart 2020, 08:47

5660 nafardan ortiq fuqaro uy karantiniga olindi

O‘zbekistonda 16 mart holatida 5661 kishi uy karantinida. Covid-19 yuqtirgan kishilar bilan muloqotda bo‘lgan 641 kishi esa tibbiyot muassasalari va sanatoriyalarga izolyatsiyaga olindi.

17 mart 2020, 08:31

Samarqand viloyatidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida yirik YTH sodir bo‘ldi. Ikki kishi vafot etdi va 11 kishi jarohat oldi.

16 mart 2020, 20:25

Karantin davrida bolalarning ota-onalari mehnat ta’tiliga chiqishga haqli — Mehnat vazirligi

Mehnat vazirligi karantin sababli ta’lim muassasalariga bormayotgan bolalarning ota-onalariga ta’til berilishi tartiblarini bayon qildi.

16 mart 2020, 19:40

Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘ldi

Ikki yildan beri ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Toshkent IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlandi. Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Toshpo‘latov uning o‘rnini egalladi. Shuhratjon Sobirov esa IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

16 mart 2020, 19:29

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 8 nafarga yetdi. Birinchi bemorning qarindoshida ham virus aniqlandi.

16 mart 2020, 16:51

O‘zbekistonda ommaviy diniy ibodatlar o‘tkazish cheklandi

O‘zbekistonda barcha diniy konfessiyalarning ommaviy diniy ibodatlari vaqtincha cheklandi.

16 mart 2020, 15:58

Hafta davomida iliq ob-havo hukmronlik qiladi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha iliq ob-havo hukmronlik qiladi, biroq chorshanba, juma va shanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

16 mart 2020, 15:49

Eronga insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Eronga koronavirusdan himoyalanish vositalaridan iborat insonparvarlik yordamini yubordi. Samolyot 28 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib qaytadi.

16 mart 2020, 14:44

Oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmaydi — «O‘zbekoziqovqatxolding»

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmasligini ma’lum qildi.

16 mart 2020, 13:14

Koronavirus bo‘yicha Call-markaz ishga tushirildi

Koronavirusga oid savollar uchun 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi. Markaz xizmatidan kunu tun foydalanish mumkin.

16 mart 2020, 12:59

Ba’zi viloyatlarda maktablarda o‘quvchilar ishtirokida majlislar o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi

Xalq ta’limi vazirligi ba’zi viloyatlarda hokimiyat vakillari o‘quvchilar ishtirokida majlislar o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

16 mart 2020, 12:38

SSV: koronavirusga chalinganlarning ahvoli hozircha qoniqarli

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli darajada ekanini ma’lum qildi.

16 mart 2020, 12:11

Koronavirusdan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

Covid-19 aksariyat holatlarda (qariyb 80 foiz) yengil kechadi va sog‘lomlashish bilan tugaydi. Biroq asoratlari kuzatilishi mumkin. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini qanday himoya qilishingiz mumkin? JSST tavsiyalari.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting