Yangiliklar

18 mart 2020, 17:35

Davlat idoralarida kar-soqovlar uchun masofaviy tarjimonlar yordam beradi

Eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamlarning ijtimoiylashuvini yaxshilash bo‘yicha sinov loyiha ishga tushirildi — banklar, hokimiyatlar va davlat xizmatlari markazlariga surdotarjimonlar onlayn markaziga ulangan planshetlar o‘rnatiladi. Ular yordamida kar-soqov tashrif buyuruvchilar operator bilan muloqot qilishlari mumkin.

18 mart 2020, 17:13

“O‘zbekkino” 30 ta yangi film premyerasini TV orqali namoyish etadi

“O‘zbekkino” yaqin ikki haftada premyerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan 30 ta yangi filmni telekanallarga bepul taqdim etdi. Filmlar Navro‘z bayrami kunlari namoyish etiladi.

18 mart 2020, 15:18

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 15 kishiga yetdi

Istanbuldan kelgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i va Londondan kelgan yana bir fuqaroda koronavirus aniqlandi. Infeksiyani yuqtirganlar soni 15 nafarga yetdi.

18 mart 2020, 13:29

Qonunchilik palatasi yig‘ilishlari vaqtincha bekor qilindi

Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishlar hamda aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumat soati vaqtincha bekor qilindi. Deputatlar o‘z ishlarini davom ettiradi, qonun loyihalari messenjerlar orqali muhokama qilinmoqda.

18 mart 2020, 12:51

Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi

Qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi.

18 mart 2020, 12:23

Gulnora Karimova ustidan sud jarayoni yakuniga yetdi

Gulnora Karimova va u tomonidan tashkil etilgan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

18 mart 2020, 12:18

Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etish rejalashtirilmoqda

Matematika muammolari yechimini ilgari surgan olimlarga 100 ming dollarlik Al-Xorazmiy xalqaro mukofotini taqdim etish taklif qilinmoqda.

18 mart 2020, 12:06

Ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtinchalik to‘xtatiladi

O‘zbekistonda barcha ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.

18 mart 2020, 11:52

AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi shaxsiy himoya vositalarini topshirdi

AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi ikkinchi xayriya yordami sifatida qo‘lqop, niqob, xalat va ko‘zoynaklardan iborat shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.

18 mart 2020, 11:21

Yangi o‘quv yilida OTMlarga qabul kvotasi oshiriladi

2020/2021 o‘quv yili bakalavriatga 145 ming, magistraturaga esa 10 ming talaba qabul qilish rejalashtirilmoqda. «Matematika» va «Tabiiy fanlar» ta’lim sohalari bo‘yicha magistratura to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

18 mart 2020, 10:51

Jarimani o‘z vaqtida to‘laganlarga chegirma belgilandi

Jarimalarni ilk 15 kun ichida to‘laganlarga 30 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi. Yangi tartib qo‘llanilmaydigan holatlar ham bor.

18 mart 2020, 10:29

Shifoxonalarda koronavirus bo‘yicha qator cheklovlar o‘rnatiladi

O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan bemorni ko‘rgani kelganlar shifoxonaga kiritilmaydi, bemorlarning tibbiy xodimlardan tashqari boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi taqiqlandi, davolash-profilaktika muassasalari IIO xodimlari tomonidan kunu tun qo‘riqlanadi.

18 mart 2020, 10:13

To‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jarimalar miqdori ma’lum qilindi

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik uchun jarimalar miqdori belgilandi.

18 mart 2020, 10:05

O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlanganlar soni 13 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi. Istanbuldan kelgan fuqaroda va Londonda bo‘lib qaytgan fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

18 mart 2020, 09:56

Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun imzolandi

Prezident «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Unda ro‘yxatga olish varag‘i, shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartiblari va respondentning huquqlari kabi masalalar belgilangan. Endilikda 10 yilda kamida bir marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

18 mart 2020, 09:40

Qirg‘izistonda ham koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Qirg‘izistonda ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Umra safaridan qaytgan uch fuqaroda virus aniqlandi.

17 mart 2020, 18:03

Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

17 mart 2020, 17:33

Prezident noshirlik va matbaa sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorni imzoladi

Prezident qarori bilan noshirlik va matbaa sohasi yanada erkinlashtiriladi. Jumladan, darsliklarni chop etish narxlari davlat tomonidan tartibga solinmaydi, tushumdan «Ijod» fondi uchun ajratmalar bekor qilinadi.

17 mart 2020, 17:22

Dubaydan kelgan fuqaroda ham koronavirus aniqlandi

Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Virus yuqtirganlar soni 11 kishiga yetdi.

17 mart 2020, 16:58

Nur-Sulton va Olmaota karantin uchun yopiladi

Nur-Sulton va Olmaota koronavirus sababli 19 martdan boshlab karantinga yopilmoqda. Fuqarolar va transport harakati cheklanadi, bozorlar va savdo markazlari yopiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting