Yangiliklar

20 mart 2020, 12:36

Koronavirus yana 10 kishida tasdiqlandi (jami — 33 kishi)

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan soni 33 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 9 kishida virus aniqlandi.

20 mart 2020, 11:36

Bir kun davomida O‘zbekistonda koronavirusga yangi chalinganlar qayd etilmadi

20 mart ertalab holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni o‘zgarishsiz (23 nafar) qoldi.

20 mart 2020, 11:04

Xalqaro yo‘lovchi tashuvlari 40 kunga to‘xtatildi

Xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus, temir yo‘l va havo transportida yo‘lovchi tashish 40 kunga to‘xtatildi.

20 mart 2020, 10:51

AT va kommunikatsiyalar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Egamberdiyev AT va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U investitsiyalar va moliya masalalariga javob beradi.

19 mart 2020, 20:10

Koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan jamg‘arma tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, davlat byudjetidan 10 trln so‘m ajratiladi.

19 mart 2020, 17:49

IIV soxta dezinfektorlarni uyga kiritmaslikni so‘radi

Fuqarolardan o‘zlarini uylarni koronavirus infeksiyasidan dezinfeksiya qiluvchi deb tanishtirayotgan noma’lum shaxslarni uyga kiritmaslik so‘ralmoqda. Bunday holatlarda «102» raqamiga yoki profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilish lozim.

19 mart 2020, 17:41

Toshkentda mashina urib ketgan piyoda vafot etdi

Poytaxtning Yunusobod tumanida Lacetti tartibga solinmagan piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan erkakni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonada vafot etdi.

19 mart 2020, 17:29

Oltinsoydagi mojaro yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Oltinsoy tumanida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lishi oqibatida sug‘oriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan» — Bosh prokuratura

19 mart 2020, 16:12

Prokuratura va IIV tuzilmasida yangi lavozimlar joriy etildi

Prezident qarori bilan prokuratura va ichki ishlar organlarida qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha mas’ul lavozimlar joriy qilindi. Bosh prokuratura va IIV tuzilmasida ham ayrim o‘zgarishlar bor.

19 mart 2020, 16:07

O‘zsanoatqurilishbank rahbari o‘zgardi

Milliy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Saxi Annaklichev O‘zsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

19 mart 2020, 15:57

Bolalar o‘yin zallari, diskotekalar va massaj salonlari yopiladi

Koronavirus epidemiyasi sababli bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.

19 mart 2020, 15:06

Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli yopildi

Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli vaqtinchalik yopildi. Botanika bog‘i esa hali faoliyat yuritmoqda.

19 mart 2020, 14:11

Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev mahallalarda oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, xotin-qizlar o‘rtasida biznes loyiha bo‘yicha tanlov o‘tkazib, g‘oliblarga grantlar, kredit va joy ajratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endilikda mahalladagi vaziyatga profilaktika inspektori bilan birga Milliy gvardiya ham javob beradi.

19 mart 2020, 13:31

Moskvada koronavirus aniqlangan ayolning o‘limiga ushbu virus sabab bo‘lmagani ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Operativ shtab uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.

19 mart 2020, 13:24

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori MTRK raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

«O‘zbekiston 24» telekanali direktori Madamin Safarov Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Alisher Xo‘jayev esa MTRK raisi bo‘ldi (bunga qadar vazifasini bajaruvchi edi).

19 mart 2020, 13:06

RSHTYOIM va 1-klinik shifoxona karantinga olingani yuzasidan izoh berildi

RSHTYOIM shifokorlardan biri o‘zida koronavirus alomatlari borligidan shubha qilgani bois u ishlayotgan bo‘lim ma’lum muddat yopildi. 1-klinik shifoxona esa Turkiyaga borganini yashirgan bemorda virus tasdiqlangani uchun karantinga olindi.

19 mart 2020, 11:54

Toshkentda avtobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda

Toshkentda yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlarda atvobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.

19 mart 2020, 11:44

Yana besh fuqaroda koronavirus aniqlandi (jami — 23)

Yana besh kishi — Parijdan kelgan ayolning uch qarindoshi, Istanbul va Londondan kelgan ikki yo‘lovchida koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 23 taga yetdi.

19 mart 2020, 11:29

Koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi sinovlari boshlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning e’lon qilishicha, olimlar COVID-19 koronavirusiga qarshi ilk vaksina sinovlarini boshlab yubordi.

19 mart 2020, 00:59

Aktivlarni qaytarishda Gulnora Karimovaning roli umuman yo‘q — Adliya vazirligi

O‘zbekistonga mulklarni Gulnora Karimovaning o‘zi qaytarganligi haqidagi ta’kidlar huquqiy asosga ega emas va shu bois haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi Adliya vazirligi. 1,3 mlrd dollardan ortiq miqdordagi mulklarni qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting