Yangiliklar

23 mart 2020, 15:31

Barcha temiryo‘l va avia qatnovlar bekor qilindi

24 martdan boshlab Uzbekistan Airways va «O‘zbekiston temir yo‘llari» respublika bo‘ylab barcha reyslarni noma’lum muddatga bekor qildi.

23 mart 2020, 14:01

Toshkent barcha trasnportlar kirishi va chiqishi uchun yopilmoqda

24 martdan boshlab Toshkent barcha transpot vositalarining kirishi va chiqishi uchun yopilmoqda. Cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga va Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmaydi.

23 mart 2020, 10:19

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vazirini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vazirini Pokiston kuni bilan tabrikladi.

23 mart 2020, 10:05

Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi. Xorijdan qaytgan yana bir fuqaroda COVID-19 aniqlandi.

23 mart 2020, 10:00

Viloyatlar va Toshkent o‘rtasida avtobuslar harakatini cheklash rejalashtirilmoqda

24 martdan boshlab Toshkent va viloyatlar o‘rtasida jamoat transporti harakatini cheklash rejalashtirilmoqda.

23 mart 2020, 00:47

Birinchi bemor bilan 10 kun oldin aloqada bo‘lgan ayolda koronavirus alomatlari aniqlandi

Koronavirus aniqlangan birinchi bemor bilan aloqada bo‘lgan ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. U test topshirgandan so‘ng izolyatsiya qoidalarini buzgan va Qibray tumaniga borgan. Fuqaroga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.

23 mart 2020, 00:45

Yana ikkita koronavirus bemori qayd etildi

Xorijdan kelgan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan yana ikkita shaxsda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 45 kishiga yetdi.

22 mart 2020, 16:04

Koronavirus: Infeksiya aniqlanganlar soni 43 nafarga yetdi

Istanbuldan qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, virus yuqtirganlar soni jami 43 nafarga yetdi.

22 mart 2020, 15:44 1

Ijtimoiy masofalanish (social distancing) nima?

Sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, ijtimoiy masofalanish (social distancing) — koronavirus tarqalishining oldini olishda eng muhim chora. Ijtimoiy masofalanish nima va unga qanday rioya qilish kerak?

22 mart 2020, 12:45

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 42 nafarga yetdi

Shveysariyadan kelgan fuqaroda COVID-19 aniqlandi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganlar soni 42 nafarga yetdi.

22 mart 2020, 12:25

25-martdan jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar jarimaga tortiladi

Jamoat joylarida niqobsiz bo‘lgan shaxslar 23-martdan ogohlantiriladi, 25-martdan esa jarimaga tortiladi.

21 mart 2020, 23:58

Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi

22 mart kunidan Toshkentda jamoat transporti qatnovi to‘xtatiladi. Shahar bo‘ylab dezinfeksiya qilingan taksilar qatnaydi.

21 mart 2020, 20:59

Karantindan qochgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyatida karantindan qochgan bir erkak qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

21 mart 2020, 20:11

JB O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 500 mln dollar ajratdi. Loyiha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifati va assortimentini yaxshilaydi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda ishtirokini oshiradi.

21 mart 2020, 19:41

Yana 4 fuqaroda koronavirus aniqlandi (jami — 41 kishi)

O‘zbekistonda yana to‘rt fuqaroda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Virus yuqtirganlar soni 41 nafarga yetdi.

21 mart 2020, 16:59 1

Karantindan qochgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida tashkil etilgan karantin markazidan qochgan Toshkent viloyati Parkent tumanida yashaydigan fuqaro ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

21 mart 2020, 16:15

Avazbek Xodjimetov TIV matbuot kotibi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — matbuot kotibi tayinlandi.

21 mart 2020, 16:01

Fuqarolardan dachalarga bormay turish so‘raldi

IIV fuqarolardan koronavirusga chalinish xavfi borligi uchun Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi dacha uchastkalariga bormay turishni so‘radi.

21 mart 2020, 15:00

Tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi

Endilikda, tibbiy niqob ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi.

21 mart 2020, 13:39

Xorijiy fuqarolarning vizasi 5 mayga qadar uzaytiriladi

O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarning vizasi avtomat ravishda 5 mayga qadar uzaytiriladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting