Yangiliklar

17 fevral 2021, 21:02

Jahon yangiliklari dayjesti

Yangi zelandiyalik harbiylarning Afg‘onistondan olib chiqilishi, Yaponiyada deputatning favqulodda vaziyat qoidalarini buzgani uchun iste’foga chiqishi, Yevropaning ayollar va nogironlarni Oyga yuborishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

17 fevral 2021, 19:47

Ekologiya qo‘mitasi «Qarshi-Xonobod» bazasini zararli moddalarga tekshirmoqda

Davlat ekologiya qo‘mitasi 2001−2005 yillarda amerikalik harbiylar xizmat qilgan «Qarshi-Xonobod» aviabazasini inson hayoti uchun xavfli moddalarga tekshirmoqda. Donald Tramp o‘z prezidentligining so‘nggi kunida zararli moddalar va radiatsiya ta’siriga tushishi mumkin bo‘lgan amerikalik harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini tekshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

17 fevral 2021, 19:06

Pullik UZIMEI tizimini bekor qilish bo‘yicha petitsiya hali ham ko‘rib chiqilmoqdami (aniqlik kiritildi)

Bir yil avval «Mening fikrim» portalida IMEI kodlarni ro‘yxatga olishda to‘lov undirishni bekor qilish bo‘yicha petitsiya e’lon qilingan edi. Biroq oradan 365 kun o‘tgan bo‘lsada, murojaat xaligacha «Ko‘rib chiqish jarayonida» turibdi. Qonunchilik palatasi qo‘mitasi ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, iyun oyida Vazirlar mahkamasiga o‘rganishlar natijasini yuborgan.

17 fevral 2021, 17:54

«Jartepa» chegara bojxona posti talabalar uchun ochildi

Talabalarga Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti orqali harakatlanishiga ruxsat berildi.

17 fevral 2021, 17:33

Toshkentdagi Shoshtepa yodgorligi ustida ulkan gumbaz o‘rnatiladi

Toshkentning Sergeli tumanidagi qadimiy Shoshtepa shahrini saqlab qolish jarayoni boshlandi. Shahar uzra diametrli 64 metrga yetadigan gumbaz paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda hudud belgilab olingan, gumbaz ustunlari o‘rnatiladigan 6−7 metrli xandaqlarni qazish ishlari amalga oshirilmoqda.

17 fevral 2021, 17:16

Oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, harbiy xizmat bo‘yicha nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi va oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lganlarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi.

17 fevral 2021, 17:00

Qanot Sharq kompaniyasi ikkita Airbus A320−200 samoletini ijaraga oldi

O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi foydalanilgan ikkita Airbus A320−200 samolyotini ijaraga oldi. Aviakompaniya hududiy aeroportlardan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Qozog‘iston yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlarni amalga oshiradi.

17 fevral 2021, 16:28

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 5 so‘mga arzonladi va jami 10 521 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham biroz pasaydi.

17 fevral 2021, 16:15

Koronavirusga qarshi emlash punktlarida kuniga 70 kishi emlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari o‘tkazilidigan punktlarda bir kunning o‘zida 70 nafar fuqaro emlanadi. Vaksina olgandan so‘ng fuqarolar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan 30 daqiqa, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo‘li bilan muntazam surishtirib boriladi.

17 fevral 2021, 14:38

Urganchda ohaq ishlab chiqarish sexi 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Urganchda tabiiy gaz hisoblagichisiz, yuqori bosimli gaz tarmog‘iga polietilen quvur yordamida noqonuniy ulangani aniqlandi. Iste’molchi tabiiy gaz tarmog‘idan ajratilib, gaz ta’minoti tashkilotiga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd so‘m etib belgilandi.

17 fevral 2021, 13:41

Xitoy vaksinasini O‘zbekistonda Jurabek Laboratories korxonasi ishlab chiqaradi

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O‘zbekistonni ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. O‘zbekiston aholisini ushbu vaksina bilan ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash rejalashtirilmoqda.

17 fevral 2021, 13:35

Sputnik V vaksinasini O‘zbekistonda qo‘llashga ruxsat etildi

O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat berildi. Ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish rejalashtirilmoqda.

17 fevral 2021, 12:34

DSQ «naqdlashtiruvchi korxonalar» faoliyatiga qarshi kurashadi

«Bir kunlik firmalar» ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi. Pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi 396 ta «bir kunlik firmalar» xizmatidan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilotlar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, 2960 tadbirkorlik sub’ektlarining bank hisobvaraqlariga joylashtirilgan inkasso topshiriqlari 1 martgacha vaqtinchalik bekor qilindi.

17 fevral 2021, 12:13

Qashqadaryoda 6 yoshli piyodani urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekani aytilmoqda

Chiroqchida piyodalar o‘tish yo‘lidan o‘tayotgan 6 yoshli o‘quvchini katta tezlikda kelib urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekanligi aytilmoqda. U bolani zudlik bilan shifoxonaga olib borish o‘rniga o‘qituvchini haqoratlagan. Bola tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli og‘ir.

17 fevral 2021, 11:50

Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent davlat agrar universiteti professori Alisher To‘rayev qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

17 fevral 2021, 11:32

Do‘stlikda pomidor konservadan uch kishi zaharlandi, 26 yoshli kelin olamdan o‘tdi

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida pomidordan tayyorlangan qo‘lbola konversava iste’mol qilgan oilaning uch a’zosi zaharlandi, 26 yoshli kelin hayotdan ko‘z yumdi.

17 fevral 2021, 11:04

Dam olish kunlari havo sovib, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduz kunlari 8−13 daraja iliqqacha, kechalari 2−7 daraja iliqqacha pasayadi.

17 fevral 2021, 10:48

Ilxom Muxtorov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ilxom Muxtorov qo‘mita raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

17 fevral 2021, 10:17

Toshkentda BMW yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasi ostiga kirib ketdi. 2 kishi halok bo‘ldi

Toshkentning Uchtepa tumanida BMW avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu yuk mashinasiga borib urilishi natijasida 2 yo‘lovchisi halok bo‘ldi, mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.

17 fevral 2021, 10:13

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda birinchi navbatda emlanadigan aholi soni ma’lum qilindi. Fuqarolar o‘zlari joylashgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida tashkil etilgan emlash xonalarida emlanadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting