Yangiliklar

15 yanvar 2021, 18:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqishini e’lon qilgani, AQSH Xitoyning Xiaomi kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgani, Argentinada abortga ruxsat berish to‘g‘risidagi qonun imzolangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

15 yanvar 2021, 18:42

Yerni noqonuniy olib qo‘ygan mansabdorlar 8 yilgacha qamalishi mumkin

Yerni noqonuniy olib qo‘yganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan mansabdor shaxslar takroran shu huquqbuzarlikni sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ular 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi ham mumkin.

15 yanvar 2021, 18:05

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida xalqaro aviareyslar tiklandi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklandi. Reyslar 2020 yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan edi.

15 yanvar 2021, 18:05

Dunyo bo‘ylab 35 mln inson COVID-19'ga qarshi emlandi

Hozirda dunyo bo‘ylab jami 49 mamlakatda 35 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bir qator mamlakatlarda Pfizer/BioNTech, Moderna, AstraZeneca/Oxford va Sinopharm kabi kompaniyalar vaksinalarini qo‘llashga ruxsat berilgan.

15 yanvar 2021, 17:50

Farg‘onada «Damas» va yuk mashinasining to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bir kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida qarama-qarshi yo‘nalishlarda ketayotgan «Damas» va «MAN» yuk avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida «Damas» haydovchisi vafot etgan.

15 yanvar 2021, 17:44

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlar BHMning 5 baravarigacha jarima to‘laydi.

15 yanvar 2021, 17:32

Prezident Toshkentda ochilgan yangi zargarlik korxonasini borib ko‘rdi

Prezident Chilonzorda Sobiq «FONON» negizida ochilgan yangi zargarlik korxonasini borib ko‘rdi. Ushbu loyiha qariyb 21 mln dollarga teng va yiliga 6 tonna zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

15 yanvar 2021, 17:04

O‘zbekiston 70 million doza vaksina olish uchun shartnoma tuzgan

Dunyo bo‘yicha umumiy 8,33 mlrd doza vaksina bo‘yicha kelishuvlar mavjud. O‘zbekiston esa 70 mln doza (110% qamrov) vaksina bo‘yicha kelishuvga ega. Eng ko‘p buyurtma berilgan vaksina turi AstraZeneca/Oxford kompaniyasiga tegishli bo‘lib turibdi.

15 yanvar 2021, 16:00

«Aybim homiladorligimmi?» — Olmaliq hokimligi xodimasini «dekret»ga chiqarish o‘rniga ishdan bo‘shatmoqchi bo‘ldi

Olmaliq hokimining birinchi o‘rinbosari homilador xodimasini «dekret»ga chiqarmaslik uchun uni ishdan bo‘shatishga urinayotgani aytilmoqda. Tahririyatga yuborilgan audiolarda u Mehnat kodeksining 100-moddasi bilan bo‘shatishini aytib, tahdid qilgani aks etgan. Ayol prezident va Senat raisiga murojaat bilan chiqdi. «Gazeta.uz» surishtiruvi.

15 yanvar 2021, 15:16

Komil Allamjonov «Zakovat» teledasturi yopilmasligini ma’lum qildi

«Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik», — deya ma’lum kildi Komil Allamjonov efirdan olib tashlangan «Zakovat» teledasturi haqida.

15 yanvar 2021, 14:51

Dam olish kunlari issiq havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati iqlim me’yoridan 10−12 darajaga yuqori bo‘ladi.

15 yanvar 2021, 14:20

Shavkat Mirziyoyev Senatning yangi binosini borib ko‘rdi

Prezident Senatning yangi binosini borib ko‘rdi. 6 qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha ob’ektlar qurilmoqda. Yangi binoda shuningdek, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal ham tashkil etilyapti.

15 yanvar 2021, 13:40

Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Faoliyati davomida u prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Davlat xizmatlari agentligi direktori sifatida ham ish yuritgan.

15 yanvar 2021, 13:26

O‘zbekiston tarixida ikkinchi marotaba yosh xodimga general-mayor unvoni topshirildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga general-mayor unvoni topshirildi. U O‘zbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi ekanligi qayd etildi.

15 yanvar 2021, 13:15

Uzreport TV kanali tasvirchisiga qarshilik ko‘rsatilib, kamerasi sindirildi

Uzreport TV kanali ko‘rsatuvi suratga olinayotgan vaqtda, ikki nafar shaxs tasvirchiga hujum qilib, kamerani sindirishganligi aytilmoqda. Chilonzor tumani sudining ish yuzasidan chiqargan qarorida ushbu holat qayd etilmay, tasvirchi va fuqarolar orasida janjal bo‘lib o‘tganligi aytilgan. Komil Allamjonov ushbu holatga munosabat bildirib, aybdorlar jazoga tortilishi shartligini ta’kidladi. «Qonun ustuvorligiga erishishimiz o‘z qo‘limizda», deydi u.

15 yanvar 2021, 13:01

O‘zbekistonda maktablarda 2−4-sinf o‘quvchilariga shaxmat o‘ynashni o‘rgatishga 20 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident farmoni bilan barcha maktablarda 2−4 sinf o‘quvchilariga «Jismoniy madaniyat» darsida shaxmat saboqlari beriladi. Buning uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi. Mamlakatda shaxmat o‘ynaydiganlar sonini 3 foizga, shaxmat to‘garaklari sonini 20 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Avvalroq dunyoning eng yosh xalqaro grossmeysterlaridan biri Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini e’tiborsizlikda, shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikda ayblagan edi.

15 yanvar 2021, 12:22

Germaniyada COVID-19 yuqtirganlar soni 2 milliondan oshdi

Germaniyada so‘nggi 24 soat ichida 22 368 kishi koronavirus yuqtirgan bo‘lib, COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 milliondan oshdi. Germaniya hukumati uzoq muddatga mo‘ljallangan jiddiy karantin cheklovlarini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

15 yanvar 2021, 12:10

Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) etib saylandi

O‘zbekiston yangi ombudsmani etib Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan Feruza Eshmatova saylandi.

15 yanvar 2021, 11:25

Qirg‘izistonda COVID-19 dan vafot etish holatlari ancha ko‘proq — bosh vazir o‘rinbosari

Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Elvira Surabaldiyevaning xabar berishicha, mamlakatda COVID-19 bo‘yicha o‘lim holatlari aslida Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilayotgan rasmiy sonlardan anchagina ko‘proq.

15 yanvar 2021, 11:09

Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga Fazliddin Umarov tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting