Dam olish kunlari sovuq antitsiklon chekinadi, kunduzgi harorat yakshanba kunigacha +10 ga ko‘tariladi. Ushbu kunlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
24 yanvardan boshlab Toshkentda ichimlik suvi va oqova suvi xizmati uchun uchun yangi tariflar amal qiladi. Ichimlik suvi uchun tariflar dekabrdagi rejadan pastroq miqdorga oshirilgan.
Tallimarjon IESdagi ikkita energobloklar to‘xtagani sababli Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman va 1 ta shahar elektr ta’minotida to‘liq uzilish qayd etildi. Viloyatning boshqa hududlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Surxondaryo viloyatida haydovchidan uzr so‘rab, o‘zaro kelishishni so‘ragan YPX xodimi o‘z vazifasidan ozod etildi.
Samarqand viloyatida ikki yoshli o‘g‘lini 2500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
Donald Tramp saylovlar natijalarini qayta ko‘rib chiqilishiga erisha olmaganini tan oldi va asosiy e’tiborini hukumatni Jo Baydenga opshirishga qaratishini ta’kidladi. U Kongress binosiga hujum uyushtirganlarni qoralab, aybdorlar qonun oldida javob berishini ta’kidladi.
Prezident qaroriga asosan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash hamda hududiy kengashlar tashkil etilmoqda. Bundan tashqari, 1-aprelgacha kasbiy standartlarning yagona ochiq portali ham yaratiladi.
Energetika vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni damda issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlash rejimi to‘liq tiklangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidan tortib, yuqorigacha bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar daromadlar deklaratsiyasini to‘ldirishni taklif etmoqda. Bu borada tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilgan va hozirda tegishli organlar bilan kelishish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahrida ikki nafar fuqaro bir necha bankomatlarni o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda. Mazkur shaxslar bankomatlarni ortib olib ketib, ularni buzgan va pullarni sarflab yuborgani aniqlandi.
Xitoy vaksinasi sinovining uchinchi bosqichida qatnashmoqchi bo‘lganlarning 30 foizida COVID-19ga antitanalar aniqlangan. Ular kasallikni alomatlarsiz o‘tkazgan. 7 yanvar holatiga ko‘ra, 1328 kishi emlangan.
Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Toshkentda 8 yoshli haydovchi otasining qarovsiz qoldirgan Lacetti avtomobilini haydab, supermarket ichiga kirib bordi. Hodisada hech kim jarohatlanmadi.
Sobiq O‘zbekiston SSR geologiya vaziri va Davlat geologiya qo‘mitasining sobiq raisi (1991−1999) Tulkun Shayakubov 88 yoshida vafot etdi.
O‘zbekistonda mansabdorlar 2019 yilda 1 trln so‘m, 2020 yilning 11 oyida 346 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum qilindi. Qolaversa, korrupsiya holatlari bo‘yicha xabar berganlarni rag‘batlantirishga taxminan qancha mablag‘ sarflanishi ochiqlandi.
AQSH, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi» tashabbusini e’lon qilishdi. Besh yil ichida kamida xususiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 mlrd dollar mablag‘larni jalb etish kutilmoqda.
Adliya vazirligi Amerika nodavlat notijorat tashkiloti Winrock International`ning O‘zbekistondagi filialini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.
AT Xalq bankining Toshkent viloyati Chirchiq filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Gulzoda Rashidova aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisining ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Bosh prokuratura To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaxarlangan 6-bemor vafot etganini ma’lum qildi. Bir nafar bemor reanimatsiyada qolmoqda. Sotuvchi va yetkazib beruvchiga nisbatan jinoiy ish ochildi.
Bitiruvchisining birontasi ham OTMga kirmagan maktablarda uzoq vaqt ishlagan rahbarlarni lavozimdan olish bo‘yicha choralar tufayli, bir yil ichida bunday maktablar soni 3 barobarga kamaygan. 2020 yilda Qashqadaryo viloyatida 16,4% maktabning birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan. Bu bo‘yicha eng yaxshi natija Toshkent shahrida (0,3% maktabda) kuzatilgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting