Yangiliklar

23 noyabr 2020, 16:29

«Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlar imkon qadar saqlab qolinadi — Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasi Toshkentdagi «Turkiston» saroyi atrofida maxsus belgi qo‘yib chiqilgan daraxtlar imkon qadar kesilmasligini ma’lum qildi.

23 noyabr 2020, 15:21

«Audioyozuvlar montaj qilingan». Andijon viloyati hokimligi — Shuhrat Abdurahmonov audiosi haqida

Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abduraxmonov audiosi bo‘yicha munosabat bildirib, ular «yozuvlar yillar davomida yig‘ilgani va montaj qilinganini bildirdi. Bu bo‘yicha dastlabki tekshiruv boshlangan.

23 noyabr 2020, 15:14

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta ko‘tarilmoqda

Dollarning rasmiy kursi deyarli 24 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 414 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz qimmatladi.

23 noyabr 2020, 14:08 2

Elektr tarmoqlari operatorlari yo‘q elektrni berolmaydi — energetika vaziri o‘rinbosari

Elektr energiya tarmoqlaridagi uzilishlar bo‘yicha kelib tushayotgan murojaat va shikoyatlar bo‘yicha energetika vaziri o‘rinbosari munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetishmovchiliklarda hududiy elektr tarmoqlari operatorining aybi yo‘q. «Aslida yo‘q narsani ular topib bera olishmaydi», — dedi u.

23 noyabr 2020, 13:38

Tibbiyot xodimlari malakasini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari tayinlandi

Shuhrat Xudoybergenov tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va markaz klinikasi bosh vrachi etib tayinlandi.

23 noyabr 2020, 13:35

Qo‘qonda er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirgan shaxslarga jazo tayinlandi

Qo‘qonda er-xotinni shafqatsizlarcha o‘ldirib, ularning boyligiga ega chiqishga uringan shaxslarga sud eng og‘ir jazoni tayinladi. Sudlanuvchi qarz sababli bu ishga qo‘l urgan va bunga qarindoshlarini ham jalb etgan.

23 noyabr 2020, 13:34

O‘zbekiston eksportining 43 foizini oltin tashkil qildi

Yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 5,8 mlrd dollarlik hajmda oltin eksport qilgan. Bu 10 oy davomida amalga oshirilgan tashqi savdo aylanmasining 43,5 foizini tashkil qiladi. So‘nggi ikki oy davomida O‘zbekiston oltin eksport qilmagan.

23 noyabr 2020, 12:28

O‘zgidromet xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi

O‘zgidromet va Meteoinfokom xodimlari maoshi ikki baravarga oshiriladi. Sohada uzoq muddat xizmat qilgan xodimlarga oylik ustama to‘lanadi. Hozirga qadar ular o‘rtacha 800 ming so‘mdan 1,3 mln so‘mgacha haq to‘lab kelinayotgan edi.

23 noyabr 2020, 11:18

AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqdi

AQSH 30 dan ortiq davlatlarni o‘z ichiga olgan Ochiq osmon shartnomasidan rasman chiqdi. Chiqish rejasi haqida bundan olti oy oldin e’lon qilingan edi.

23 noyabr 2020, 11:11

Andijonda o‘quvchilarni yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbariyati ishdan bo‘shatildi

Andijonda yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarilgan o‘quvchilar 43-maktabdagi «Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash» targ‘ibot tadbiri doirasida jalb qilinganligi ma’lum bo‘ldi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu maktab direktori v.b. D.Nasirdinov va uning o‘rinbosari S.Ismanova ishdan bo‘shatilganligini ma’lum qildi.

23 noyabr 2020, 10:48

Sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunlar kodeksga birlashtiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash kodeksining loyihasini tayyorladi. Ushbu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning normalari birlashtirilishi kutilmoqda.

22 noyabr 2020, 18:48

XXR raisi koronavirus testi natijalari asosida xalqaro «salomatlik kodlari» tizimini yaratishni taklif qildi

Si Szinpin «sog‘liqni saqlash kodlarini» o‘zaro tan olishning xalqaro mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bundan tashqari, Xitoy dunyodagi barcha halqlar uchun Covid-19 vaksinalari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi.

22 noyabr 2020, 16:17 1

Andijonda maktab o‘quvchilari yupun kiyimlarda sovuqqa olib chiqildi

Keskin sovuq tushganiga qaramay, Andijondagi 43-maktab o‘quvchilari targ‘ibot tadbiri doirasida yupun kiyimlarda bayroq ko‘tarishga chiqarildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vaziyatni o‘rganmoqda. XTV rahbarlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilganini ma’lum qildi.

22 noyabr 2020, 13:29

Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Qibrayda gaz portlashi oqibatida uy egasi va uning o‘g‘li vafot etdi. Portlash gaz-havo aralashmasining chaqnashi natijasida yuzaga kelgan.

21 noyabr 2020, 19:59

Abdulla Aripov Turkistonda Qozog‘iston bosh vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkistonga tashrif buyurib, Qozog‘iston hukumat rahbari Asqar Mamin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

21 noyabr 2020, 19:31

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Oskar mukofotiga tavsiya etildi

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan nufuzli Oskar mukofotining «Eng yaxshi xalqaro badiiy film» nominatsiyasiga Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi tanlandi. 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

21 noyabr 2020, 17:38

Estoniya ta’lim vaziri farzandlarini maktabga xizmat mashinasida olib borgani uchun iste’foga chiqdi

Estoniya ta’lim va fan vaziri Mailis Reps farzandlarini maktab va to‘garakka o‘z xizmat mashinasida olib borgani uchun iste’foga chiqdi.

21 noyabr 2020, 15:07

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni ikki milliondan oshdi

Rossiyada kun davomida 24,8 mingta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Umumiy qayd etilgan kasallanish holatlari esa ikki milliondan oshdi.

21 noyabr 2020, 12:47

O‘zbekiston-AQSH strategik hamkorligi mustahkamlanadi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda O‘zbekiston — AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi. Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

21 noyabr 2020, 11:49

«Navro‘z» qabullar uyi Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish markaziga aylantiriladi

«Navro‘z» qabullar uyini kapital ta’mirlab, Davlat ishtirokidagi korxonalarni sog‘lomlashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish markaziga aylantirish rejalashtirilmoqda. Birinchi qavatida esa mehnat birjasi ochiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting