Yangiliklar

20 yanvar 2021, 21:06

Madridda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Madrid markazida kuchli portlash ko‘p qavatli uyning bir qismi qulab tushishiga va qo‘shni uylarning shikastlanishiga olib keldi. Natijada kamida uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi.

20 yanvar 2021, 20:39 1

Prezidentga ajrashishni cheklash va teletsenzura taklif etildi. U bu bilan muammo yechilmasligini aytdi

Yunusobod tumanidagi mahalla raisining birinchi o‘rinbosari prezident bilan uchrashuvda nikohdan keyin 2−3 yil muddatga ajrashishlarni taqiqlashni va televideniyega senzura qo‘yishni taklif etdi. U «o‘zbek mentalitetiga umuman to‘g‘ri kelmaydigan» deb hisoblaydigan Yor-Yor dasturini misol qilib keltirdi. Shavkat Mirziyoyev cheklash va taqiq qo‘yish bilan muammo hal bo‘lmasligini aytdi.

20 yanvar 2021, 19:51

Jahon yangiliklari dayjesti

Donald Trampning 73 kishini afv etgani, Misr va Qatar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning tiklanganligi, Isroilning Pfizer vaksinasini shubha ostiga solgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

20 yanvar 2021, 19:06

Toshkent shahrida YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi

Toshkent shahrining Yuzrabod va Kozeva ko‘chalari kesishmasida Damas va VAZ-2115 avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi va ikki kishi jarohatlandi.

20 yanvar 2021, 17:53

Toshkent shahar IIBBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Poytaxt IIBBsi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i esa polkovnik Xusniddin Shamsutdinov bo‘ldi.

20 yanvar 2021, 17:48

2020-yilda 7 110 nafar shaxs ozodlikdan maxrum qilingan

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Sudlanganlar esa 27 999 nafarni tashkil etgan. Shundan 7 110 nafariga qamoq jazosi tayinlangan. Yil davomida 781 nafar shaxs oqlangan.

20 yanvar 2021, 17:20

AQSH Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini genotsid deb atadi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 19 yanvar kuni qilgan bayonotida Xitoyning Sinszyan avtonom hududidagi uyg‘urlarga nisbatan harakatlarini «genotsid» va «inson huquqlariga qarshi jinoyat» deya e’lon qildi.

20 yanvar 2021, 17:07

Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan shaxs vafot etdi, qiz bedarak yo‘qoldi

Samarqand viloyatida 2 nafar fuqaro voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Gumondorlardan biri o‘z uyida vafot etdi, jabrlangan qiz bedarak yo‘qoldi.

20 yanvar 2021, 16:53

Yangi — Angren IESdagi portlash oqibatida 3 kishi vafot etdi

Yangi — Angren IES 5 blokidagi rejali xizmat ko‘rsatish paytida portlash yuz berdi. Hodisa natijasida uch kishi olingan jarohatlar sababli vafot etdi.

20 yanvar 2021, 16:16

Jahongir Otajonov prezident saylovlarida qatnashmoqchi ekanligini ma’lum qildi

Sobiq xonanda Jahongir Otajonov O‘zbekiston prezidenti saylovlarida qatnashish istagi borligini ma’lum qildi. «Kerak bo‘lsa, partiya tuzaman», — dedi u.

20 yanvar 2021, 16:06

Samarqand viloyatida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomli oilaviy korxona ochilgan

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida «Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» oilaviy korxonasi faoliyat yuritadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona 2020 yil 14 fevral kuni Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olingan va ustav fondi 1000 so‘mni tashkil etadi.

20 yanvar 2021, 15:40

«O‘zbekiston metallurgiya kombinati»ga yangi rahbar tayinlandi

Rashid Pirmatov «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati rahbari etib tayinlandi.

20 yanvar 2021, 14:42

«Xodimlar jismonan va ruhan charchagan» — oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov ish faoliyatining birinchi kunlari bo‘yicha o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi. Uning aytishicha, xodimlar horg‘in, ba’zi strukturalar esa talablarga javob bermaydi. U endilikda vazirlik «yangicha ish tartibiga» o‘tishini ma’lum qildi.

20 yanvar 2021, 14:22

Jek Ma 2020 yil oktyabridan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berdi

Jek Ma kuz faslidan buyon ilk bor ommaga ko‘rinish berdi. Alibaba asoschisi 20 yanvar kuni qishloqdagi o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturining onlayn-marosimida ishtirok etdi.

20 yanvar 2021, 14:13

Xorijiy davlatlarda o‘qib kelgan yoshlar u yerdagi tajribani tez va shoshilinch amalga oshirmoqchi bo‘ladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev xorijda ta’lim olgan yoshlarni katta lavozimlarga tayinlaganda ularda shoshib qolish holatlari kuzatilayotganini ta’qidladi. Davlat rahbari bunday yoshlarga milliy tarix va qadriyatlarning o‘rni haqida aytib o‘tdi.

20 yanvar 2021, 13:59

Deputatlar taksi haydovchilaridan litsenziya talab qilmaslik taklifini bildirdi

Qonunchilik palatasi deputatlari shaxsiy avtomobilda yo‘lovchi tashishni litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari ro‘yxatidan chiqarish taklifini bildirishdi. Bu tegishli qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

20 yanvar 2021, 13:40

2020-yilgi davlat dasturining 70 dan ortiq bandi 10 oygacha kechikib bajarilgan

“Yuksalish” UMH raisi Bobur Bekmuradov 2020-yilgi davlat dasturining 70 dan ortiq bandi 10 oygacha kechikib bajarilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mas’ul vazirlik va idoralar “bajarilgan” deb hisobot bergan ayrim vazifalar aslida bajarilmagani ham aniqlangan.

20 yanvar 2021, 12:33

Mahmud Istamov Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Mahmud Istamov Buxoro viloyatiga prokuror bo‘ldi. U ushbu lavozimda ishdan olingan Dilshod Fayziyevning o‘rnini egalladi.

20 yanvar 2021, 12:27

Toshkentda Howo og‘ir yuk avtomashinasi Cobalt ustiga ag‘darildi, bir kishi vafot etdi

Toshkentning Bektemir tumanida Howo og‘ir yuk mashinasi Cobalt ustiga ag‘darilib ketdi. Hodisa natijasida Cobalt yo‘lovchisi vafot etgan.

20 yanvar 2021, 12:18

Azizbek Ikromov Mahalla vazirligidagi lavozimidan ozod etildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikromov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U o‘tgan yilning fevral oyidan buyon ikkala lavozimda ham bir vaqtning o‘zida faoliyat olib borgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting