10 avgust, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

19 sentabr 2018, 21:37

Maktab direktorlariga korrupsiyaga chek qo‘yish topshirildi

XTV maktab direktorlariga korrupsiya va pul yig‘ishlarga chek qo‘yish topshirildi. Ta’lim sifatini oshira olmagan maktablar muvaffaqiyatli maktablar filiallariga aylantiriladi.

19 sentabr 2018, 20:30

Prezident AKTni rivojlantirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev internetga ulanish tezligini oshirish va «O‘zbektelekom» obro‘sini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

19 sentabr 2018, 19:06

Germaniyalik talabalar Samarqandda o‘zbek tilini o‘rganadi

Samarqand CHTIda Germaniyaning Humboldt universiteti bilan hamkorlikda Germaniyadan kelgan talabalar uchun «O‘zbek tili, madaniyati va Samarqand hayoti» nomli o‘quv kursi tashkil etildi.

19 sentabr 2018, 18:47

O‘zbekistonda «Banklararo Milliy protsessing markazi» tashkil etiladi

Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida «Banklararo Milliy protsessing markazi» tashkil etilmoqda.

19 sentabr 2018, 18:39

Olmaliqlik fuqaro 6 kg.dan ziyod marixuana bilan qo‘lga tushdi

Olmaliq shahrida kuni viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qoradori-2018» tadbiri davomida fuqaro N.N.ning sumkasidan 6 kg. 453 gr. Marixuana topildi.

19 sentabr 2018, 18:09

Ko‘chmas mulkni notarial tasdiqlash vaqti qisqardi

Notarial harakatlarni amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni olish uchun notarial idoralarning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha 6 ta ma’muriy reglamentni tasdiqlandi.

19 sentabr 2018, 18:00

Marg‘ilonda «Atlas bayrami» o‘tkazildi

11 -15 sentyabr kunlari Marg‘ilon shahrida «Atlas bayrami» an’anaviy to‘qimachilikning to‘rtinchi festivali bo‘lib o‘tdi.

19 sentabr 2018, 17:46

AQSH So‘qoqda park zonasini rivojlantirishga yordam berishi mumkin

AQSH O‘rmon xizmati mutaxassislari Toshkent viloyatidagi So‘qoq qo‘riqxonasida park zonasini rivojlantirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi.

19 sentabr 2018, 17:12

Arnasoyda prokuror o‘rinbosari urib yuborgan piyoda vafot etdi

Arnasoy tuman prokurorining o‘rinbosari Dilshod Karimov avtomashina boshqaruvini yo‘qotishi natijasida yo‘lakda harakatlanayotgan G. Egamberdiyevani urib yuborgan va jabrlanuvchi vafot etgan.

19 sentabr 2018, 16:54

Yadro energetikasi qonun bilan tartibga solinadi

«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan.

19 sentabr 2018, 15:42

Toshkentdagi «Bolajon» istirohat bog‘ida soxta IIB xodimi ushlandi

o‘zini IIB xodimi deb tanishtirgan va fuqarolardan pul undirgan shaxslar qo‘lga olindi.

19 sentabr 2018, 15:10

Toshkentdagi Furqat ko‘chasida harakat cheklanadi

Tashkent City qurilishi munosabati bilan poytaxtdagi Furqat ko‘chasida harakat vaqtincha cheklanadi.

19 sentabr 2018, 14:05

O‘zbekistonlik sportchilar Paraosiyo o‘yinlariga rasman kuzatildi

O‘zbekistonlik sportchilar 6−13 oktyabr kunlari o‘tkaziladigan Paraosiyo o‘yinlariga rasman kuzatildi.

19 sentabr 2018, 13:44

Gaz quyish stansiyalari va gazda harakatlanuvchi avtomobillar xatlovdan o‘tkaziladi

Hukumat gaz balloni o‘rnatilgan avtotransport vositalari hamda ularga xizmat ko‘rsatuvchi gaz quyish stansiyalarini to‘liq xatlovdan o‘tkazishga farmoyish berdi.

19 sentabr 2018, 13:29

AQSH delegatsiyasi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi

AQSHning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbek boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston musulmonlari idorasiga keldi.

19 sentabr 2018, 13:29

GM Uzbekistan kunlik avto kontraktatsiyani 6,6 barobarga oshirdi

GM Uzbekistan avtomobillari uchun shartnomalar tuzish 6,6 barobarga ortdi. Yanvar-iyulda kuniga o‘rtacha 500 ta shartnoma imzolangan bo‘lsa, sentyabrda 3300 dan oshmoqda.

19 sentabr 2018, 13:21

Toshkent, Jizzax va Qarshida «Koreya festivali — 2018» bo‘lib o‘tadi

Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U o‘zaro suhbatda «Koreya festivali — 2018» tadbirini o‘tkazishga kelishib oldi.

19 sentabr 2018, 12:08

«Ta’lim va mutaxassislik» Xalqaro ko‘rgazmasi yangi yo‘nalishda ish boshlaydi

«Ta’lim va mutaxassislik» XIX Xalqaro ko‘rgazmasida AQSH, Yevropa va Osiyodagi nufuzli OTMlar, NTM va o‘quv kurslarining ham ishtirok etishi kutilmoqda.

19 sentabr 2018, 11:42

Prezident AQSHning diniy erkinlik bo‘yicha elchisini qabul qildi

Prezident AQSHning alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi bilan uchrashuvda O‘zbekistonning din sohasidagi siyosati barcha konfessiya vakillari uchun teng sharoitlar yaratishga asoslanganini ta’kidladi.

19 sentabr 2018, 11:29

Majburiy mehnatga jalb qilish bo‘yicha 110 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi

Paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb qilish holati bo‘yicha bir qator mutasaddi rahbarlar javobgarlikka tortildi.