16 noyabr, shanba

Yangiliklar

Odam savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli qizga jazo tayinlandi 

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Abdulla Avloniy mahallasida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida odam savdosi bilan shug‘ullangan 21 yoshli qizga jazo tayinlandi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida xorijlik maslahatchi ko‘mak beradi 

Tashqi savdo vazirligida Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy qilindi.

Qoraqalpog‘istonda «Yoshlar sport haftaligi» bo‘lib o‘tmoqda 

«Yoshlar sport haftaligi» Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida Qoraqalpog‘istonning barcha tumanlarida tashkil etildi.

2 ming dollar evaziga ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi 

Qarshilik Xolida Sayfullayeva ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Toshkentda vaqtinchalik propiskani portal orqali bir kunda olish mumkin 

Toshkentda vaqtinchalik propiskani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bir ish kunida olish mumkin.

Mahalladan beriladigan ma’lumotnomalar bekor qilindi 

Vazirlar Mahkamasi mahalla qo‘mitasidan beriladigan ma’lumotnomalar turlarini tubdan qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

«Qarzdor korxonaga jarima qo‘llash hech bir hujjatda belgilanmagan» — «O‘zdavneftgazinspeksiya» mutaxassisi 

Endilikda energetika audit o‘tkazib, uning yakuni bo‘yicha chora ko‘rmayotgan korxonalarni gaz tarmog‘idan uzib qo‘yish yoki jarima solish bo‘yicha taklif berildi.

Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi 

Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Samarqandlik kollej o‘quvchisi tanishini kaltaklab, o‘limiga sababchi bo‘ldi 

Chelak transport kasb-hunar kolleji o‘quvchisi B.E. Boltajarboshi qishlog‘ida janjal sababli tanishi A.S.ning qorin va ko‘krak qismlariga urib-tepib jarohat yetkazishi sababli jabrlanuvchi kasalxonada vafot etdi.

O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga yangi rahbar saylandi 

O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasiga Ahmadjon Rahimov rais etib tayinlandi.

Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutiga direktor tayinlandi 

Abdurahmon Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktorligiga tayinlandi.

Agrosanoat majmuida tekshiruvlar o‘tkazish soddalashtirildi 

Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui vaoziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi biznesni 30 kungacha tekshirish huquqiga egabo‘ldi.