24 fevral, dushanba

Yangiliklar

Mashina raqamini almashtirib, noqonuniy ravishda mahsulot olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi 

Namangan viloyati Mamay qishlog‘ida mashina tekshirilganida davlat raqami almashtirilgani va aylanma yo‘llar bilan olib kirilgan oziq-ovqat mahsulotlari borligi aniqlandi.

Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun Qatarga jo‘nab ketdi 

MOQ prezidenti, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA sammitida qatnashish uchun Qatarga jo‘nab ketdi.

Suv omborlarida ekoturizmni tashkil etish uchun yerni 50 yilgacha ijaraga olish mumkin 

Ekoturizm uchun yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar «E-IJRO AUKSION» elektron savdolar orqali 50 yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijaraga olishlari mumkin.

O‘zbekiston sport ta’limida Belarus tajribasini joriy etadi 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bazasida Belarus davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda fakultet ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz faoliyatini takomillashtiriladi 

«Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori imzolandi.

Hafta davomida quruq havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda 

Hafta davomida quruq va iliq havo hukmron bo‘lishi, ayrim joylarga tuman tushishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +15 darajaga qadar ko‘tariladi.

Lufthansa O‘zbekistonga aviaqatnovlarni qayta tiklashga qiziqmoqda 

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

Afg‘onistonda yangi temir yo‘l qurilishi loyihasi ishtirokchilari konsorsium tuzadi 

O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston «Mozori Sharif — Kobul — Peshavor» temir yo‘li qurilishi uchun moliyaviy konsorsium tashkil etadi.

Xitoy AQSHdan Huawei direktorini hibsga olish uchun orderni bekor qilishni talab qildi 

Xitoy TIV AQSHni Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouni hibsga olish uchun orderni bekor qilishga chaqirdi.

GM Uzbekistan Tracker avtomobillariga buyurtmalarni qabul qilishni boshladi 

Chevrolet Tracker savdosi boshlandi. Avtomobilning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 mln so‘m, Premier A/T esa 215,6 mln so‘mni tashkil qiladi

Mahkumlar sport bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi 

Mahkumlar sport bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi hamda SanPiN va qurilish normalari mos joylarda yashaydilar.

MIB xodimi jinoyatga qo‘l urdi 

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona tuman bo‘limi davlat inspektori Umid Karimov o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi.