Yangiliklar

10 iyul 2019, 11:03

Samarqand viloyatida 186 ta qaror va farmoyishlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan

Samarqand viloyatida 186 ta qaror va farmoyishlarning 28 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan, 29 tasi ma’muriy sudlar, 129 tasi prokuratura tomonidan bekor qilingan.

10 iyul 2019, 10:48

«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi Kolorado qo‘ng‘izidan qutulish bo‘yicha tavsiyalarni ma’lum qildi

Kartoshka, baqlajon va pomidorga zarar yetkazadigan Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

10 iyul 2019, 10:36

Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblar takomillashtiriladi

Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

9 iyul 2019, 20:43

MAK Qarshidan Moskvaga samolyotlar qatnovini qayta tiklamoqda

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi Qarshidan Moskvaga samolyotlar qatnovini qayta tiklamoqda.

9 iyul 2019, 19:09

Sudoche ko‘lidagi yong‘inda qushlar va hayvonlar zarar ko‘rmadi — Davlat ekologiya qo‘mitasi

Sudoche ko‘lidagi yong‘inda qushlar va hayvonlar zarar ko‘rmadi, tabiatga yetgan zarar miqdori 225,4 mln so‘mga baholanmoqda.

9 iyul 2019, 18:20

Oliy sud sayyor qabulida 6 fuqaro jazoni o‘tash muassasasidan ozod qilindi

Cayyor qabulda 6 nafar fuqaro jazoni o‘tash muassasasidan oilasi bag‘riga qaytarildi, 34 nafar shaxs jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi.

9 iyul 2019, 16:48

«O‘zavtosanoat» uchun QQS joriy etilishi bilan byudjet qo‘shimcha 443 mln dollarga ega bo‘ladi

Avtosanoat korxonalari uchun QQS imtiyozlarining bekor qilinishi byudjetga soliq tushumini 443 mln dollarga oshiradi. «O‘zavtosanoat» rahbari Shavkat Umurzoqov kompaniyaning moliyaviy ahvoli haqida ma’lumot berdi.

9 iyul 2019, 15:39

“Gazeta.uz” e’lon qilgan xabardagi xatolik yuzasidan

“Gazeta.uz” saytida 9 iyul kuni e’lon qilingan “Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi qo‘lga olindi” sarlavhali xabarda yo‘l qo‘yilgan xato yuzasidan.

9 iyul 2019, 14:44

Shevrolet Onix avtomobilini mahalliylashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilindi

«O‘zbekiston 24» telekanali lavhasida UzAuto Motors kompaniyasining yangi Shevrolet Onix sedani va boshqa modellarini mahalliylashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar namoyish qilindi.

9 iyul 2019, 12:11

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi qo‘lga olindi (yangilandi)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chinoz tuman sudi raisi 3000 dollar miqdorida pora olishda ayblanib qo‘lga olindi.

9 iyul 2019, 11:57

«Bukhara City» majmuasi quriladi

Buxoro shahrida «Bukhara City» zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazini barpo qilishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

9 iyul 2019, 11:51

Po‘lat Bobojonov Toshkent viloyatining uchta tumanida investitsiya loyihalari bo‘yicha ishlar bilan tanishdi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qibray, Bo‘stonliq va Parkent tumanlarida sanoat sohasidagi investitsiya loyihalarining borishiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar o‘tkazdi.

9 iyul 2019, 11:30

«O‘zbekistonda mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish zarur» — Jahon banki iqtisodchisi

Jahon banki iqtisodchisi Eskender Trushin O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi tarmoqlari jahon bozorida raqobatbardosh ekani va qanday yordamga muhtojligini tahlil qildi.

9 iyul 2019, 11:25

O‘zbekistonlik o‘smirlar Osiyo chempionatida 12 ta medal jamg‘ardi

Qozog‘istonda o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

9 iyul 2019, 11:03

Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlanadi

Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari orqali yagona maktab formasi savdosini tashkil etish taqiqlanganligi haqida eslatib o‘tdi.

9 iyul 2019, 10:23

Issiq ob-havo tufayli poyezdlar tezligi cheklandi

Jazirama issiq tufayli ayrim temir yo‘l uchastkalarida tezlikka cheklov joriy etildi.

8 iyul 2019, 21:50

Prezident mustaqillikning 28 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Mustaqillikning 28 yilligi «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida o‘tkaziladi.

8 iyul 2019, 21:39

Toshkent IIBB mediamarkaziga rahbar tayinlandi

Irina Sayfutdinova Toshkent IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

8 iyul 2019, 19:58

Prezident avtomobillar ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilgacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasini qo‘ydi.

8 iyul 2019, 18:14

Toshkentdagi to‘rtta bozor yaqinida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari avtomat qayd etiladi

10 iyuldan Toshkentdagi «Abu-Saxiy», «Bek Topi», «Ippodrom» va «O‘rikzor» bozorlari yaqinida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlaydi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting