19 noyabr, seshanba

Yangiliklar

O‘zbekistonliklar Turkiyada 90 kun vizasiz qolishlari mumkin 

O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyada vizasiz qolish muddati 30 kundan 90 kunga uzaytirildi.

Xorazm viloyatida 676 ta korxonaning tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshdi 

Xorazm viloyatida yuridik shaxs maqomida faoliyat ko‘rsatayotgan 19762 ta korxona mavjud bo‘lib, bugungi kunda 676 ta korxonaning tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan.

«Trastbank» va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi 

Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi «Trastbank"ka 4 mln AQSH dollari miqdorida savdoni moliyalashtirish liniyasini ajratdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha milliy terma jamoa tantanali kutib olindi 

Turkmanistonda o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilar tantanali tarzda kutib olindi.

Chet elliklar uchun O‘zbekistonda ishlash osonlashadi 

Prezident qarori bilan respublika hududida xorijiy malakali mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

«Biz bolalar manfaatlarini samarali himoya qilish uchun normativ bazaga ega bo‘ldik» — Agrippina Shin 

Davlat MTMlari dam olish kunlari va ish kuni tugagandan so‘ng bolalarga qarash va ularga ta’lim berish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin. Olingan mablag‘lar MTMlarni qayta jihozlash va xodimlarga ustama uchun yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston MTJ Livanga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini «Cbus Super Stadium» o‘yingohida o‘tkazadi 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 noyabr kuni Avstraliyaning Brisben shahrida Livan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini «Cbus Super Stadium» o‘yingohida o‘tkazadi.

«Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tadi 

«Debyut-2018» V respublika ko‘rik-festivalida namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilish bepul.

Jurnalist Bobur Komilov vafot etdi 

Taniqli jurnalist va BMTning O‘zbekistondagi Axborot ofisi rahbari Bobur Komilov uzoq xastalikdan so‘ng vafot etdi.

Sovuq tushishi, yog‘ingarchiliklar va kuchli shamol esishi kutilmoqda 

12 noyabrga o‘tar kechasi havo soviydi, seshanbaga o‘tar kechasi qor yog‘ishi, shamol tezligi 25−28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

52 o‘zbekistonlik o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilarga hukm o‘qildi 

Yanvarda Qozog‘istonda 52 nafar O‘zbekiston fuqarosining yong‘inda halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan haydovchilar besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Toshkentda Janubiy Koreya standartlari asosida rekonstruksiya qilingan MTM ochilish arafasida 

Toshkentdagi 324-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi Janubiy Koreya standartlariga yaqinlashtirilgan holda rekonstruksiya qilindi. Muassasaning joriy yilda ochilishi kutilmoqda.