19 oktabr, shanba

Yangiliklar

YAIM to‘qqiz oy davomida 5,2 foizga o‘sdi 

Yanvar-sentyabrda O‘zbekiston YAIM hajmi 5,2 foizga o‘sib, 244,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Kashikchining o‘limi oldindan rejalashtirilgan — Erdog‘an 

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Jamal Kashikchining o‘limi oldindan puxta rejalashtirilganini ma’lum qildi. Jurnalist jasadi qoldiqlari topilgani xabar qilinmoqda.

Samarqandda 26 kishi xot-dogdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi 

Samarqanddagi Turizm kolleji yaqinida joylashgan fast-fud tamaddixonasida xot-dog iste’mol qilgan 26 kishi ovqatdan zaharlandi.

PwC «Xavfsiz shahar» loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi 

PwC konsalting kompaniyasi «Xavfsiz shahar» kompleksini tashkil etish loyihasi hujjatlarini ishlab chiqadi.

Yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborot mahsulotini tarqatish taqiqlandi 

Axborot mahsulotlarining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari ishlab chiqildi. Yoshga oid toifa belgisi bo‘lmagan axborotlarni tarqatish taqiqlandi.

Qamchiq dovonida piyodani urib yuborgan haydovchi qidirilmoqda 

Qamchiq dovonida noma’lum haydovchi urib yuborgan piyodani yana bir necha avtomobil urib ketgan. IIV hodisa guvohlarini izlamoqda.

TDIUda O‘zbekiston-Avstriya fakulteti ochildi 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Avstriya amaliy fanlar universiteti (IMC University Krems) qo‘shma fakultet ochdi.

Qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida adliya organlari xabardor qilinadi 

Hukumat qarori bilan yangi nizom tasdiqlandi.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi 

O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari beshtaga ortdi.

O‘zbekiston va Turkiya kamondan o‘q otish bo‘yicha hamkorlik qiladi 

Kamondan o‘q otish bo‘yicha turkiyalik murabbiylar O‘zbekistonda sportchilar uchun mashg‘ulotlar, mahorat darslari o‘tkazadi.

O‘zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etiladi 

O‘zbekistonda Energetika vazirligi tashkil etiladi, elektr toki ishlab chiqarish va uni sotishda xususiy korxonalar ham ishtirok etadi.

Yangiyo‘lda yerto‘ladan sizib chiqqan is gazidan er-xotin vafot etdi 

Yangiyo‘lda yerto‘laga o‘rnatilgan suv isitish uskunasidan chiqqan is gazi uyga sizib kirishi oqibatida er-xotin vafot etdi.