Yangiliklar

21 iyun 2019, 09:42

Belarus O‘zbekistonga sanoat kooperatsiyasini taklif etdi

Belarus O‘zbekistonga birgalikda yuk, maxsus va tirkamali texnikalar hamda avtobuslarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

21 iyun 2019, 08:49

Prezidentning beshta tashabbusi bo‘yicha Implementatsiya strategiyasi taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning besh tashabbusi bo‘yicha Implementatsiya strategiyasining ishchi talqini jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

21 iyun 2019, 07:16

Yunusobodning sobiq hokimi ishi bo‘yicha hukm hali kuchga kirgani yo‘q

Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga chiqarilgan hukm sudlanuvchilardan birining appelyatsion shikoyati sababli hali kuchga kirgani yo‘q.

20 iyun 2019, 21:43

Sirdaryolik shaxs rashk sabab qotilga aylandi

Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayol 26 yoshli A.I. tomonidan rashk oqibatida o‘ldirilgan.

20 iyun 2019, 21:38

Adliya vazirligida tayinlov amalga oshirildi

Avazbek Madaminov Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

20 iyun 2019, 21:31

«Milliy tiklanish» partiyasi kapital shoularni qonuniy ravishda tartibga solish fikrini ilgari surdi

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan suhbatida tavakkalchilikka asoslangan teleshoularni tartibga solish masalasi muhokama qilindi.

20 iyun 2019, 21:20

Vitaliy Denisov «Rubin» safiga o‘tdi

O‘zbekistonlik 32 yoshli Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubi tarkibiga qo‘shildi.

20 iyun 2019, 21:04

Senat qo‘mitalarining majlislari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va komissiyasining majlislari bo‘lib o‘tdi.

20 iyun 2019, 20:45

DSB: Toshkentda eng ko‘p soliq qarzdorligi qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Toshkentda 1560 nafar yakka tartibdagi tadbikorning 21 mlrd so‘m, 3250 fuqaroning 1,7 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi. Eng ko‘p soliq qarzdorligi qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

20 iyun 2019, 19:31

Xotin-qizlar qo‘mitasiga Elmira Bositxonova rahbarlik qiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bosh vazir tomonidan ilgari surilgan Elmira Bositxonova nomzodini bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qulladi. Hozirda qo‘mitaga Tanzila Norboyeva rahbarlik qilmoqda.

20 iyun 2019, 17:49

QQS GM Uzbekistan faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi GM Uzbekistan kompaniyasini logistika va xarajatlarni optimallashtirishga majbur qiladi, deb hisoblaydi Moliya vazirligi. DSQ raqobat muhitini yaratish maqsadida chet el mashinalari uchun bojlarni qayta ko‘rib chiqadi.

20 iyun 2019, 17:20

Yagona maktab formasini joriy etish 2024-yilga qadar kechiktirildi

Hukumat majburiy maktab formasini joriy etishni 2024−2025-o‘quv yiligacha kechiktirdi.

20 iyun 2019, 14:55

Qo‘lga olingan ayollar prezident kortejini to‘xtatmoqchi bo‘lishdi — Milliy gvardiya

Milliy gvardiya Toshkentda besh nafar ayolning qo‘lga olinishiga ularning prezident kortejini to‘xtatmoqchi bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatdi. OAVda ular Xotin-qizlar qo‘mitasi qabuliga borganida ushlangani haqida xabar berilgan edi.

20 iyun 2019, 12:38

Otabek Murodov Bosh prokuror lavozimidan ozod etildi, uning o‘rniga Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlandi

Prezident farmoni asosida Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi, uning o‘rniga Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlandi.

20 iyun 2019, 12:31

Innovatsiya vazirligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga foyda keltiradigan ilmiy-texnik loyihalarning 50 foizini moliyalashtiradi.

20 iyun 2019, 12:19

O‘zbekistondagi shaharlar soni yana bittaga ko‘payadi

NHHMPda «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

20 iyun 2019, 11:44

73,4 million so‘mlik mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi

«Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari umumiy qiymati 73,4 million so‘mlik meva hamda tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishini to‘xtatishdi.

20 iyun 2019, 11:29

Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sadritdin Mo‘minov viloyati hokimining qarori bilan Namangan tumaniga hokim etib tayinlandi.

20 iyun 2019, 11:22

Oksana Chusovitina tug‘ilgan kunini kumush medal bilan nishonladi

Oksana Chusovitina Janubiy Koreyaning Cheju shahrida o‘tkazilgan Korea Cup musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

20 iyun 2019, 10:59

Sirdaryoda agrosanoat klasterini tashkil etiladi

Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting