20 oktabr, yakshanba

Yangiliklar

JCH-2022 saralashi: O‘zbekiston mehmonda Singapurni mag‘lubiyatga uchratdi 

O‘zbekiston futbolchilari 2022 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Singapur jamoasi ustidan g‘alabaga erishdi. Eldor Shomurodov dubl qayd etdi.

Prezident turkiy tilli davlatlar investitsion jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi 

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengash sammitida ishtirok etdi. U turkiy tilli davlatlarning qo‘shma investitsiya fondini tashkil etish va Yosh tadbirkorlar forumini ta’sis qilishni taklif etdi.

O‘z vakolatini suiste’mol qilgan inspektorga chora ko‘rildi 

O‘zini tanishtirmasdan turib yo‘lovchilarni qo‘pol tarzda so‘roqqa tutgan Transport vazirligi inspektoriga chora ko‘rildi.

Navoiydagi koloniyada mahbuslar qiynoqqa solingani rad etildi 

IIV JIEBB Navoiy viloyatidagi koloniyada mahbuslar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni rad etib, ochlik e’lon qilinishi bilan bog‘liq masala hal bo‘lganini ma’lum qildi.

O‘zbekistondan maymun bolasining noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi 

Bojxonadan orangutan turiga mansub maymun bolasini olib chiqishga uringan shaxslarni qo‘lga olindi.

Pensiya asossiz to‘lansa, aybdor faqat pensionermi? 

Asossiz to‘langan pensiya faqat pensioner aybdor bo‘lgan taqdirda undan undirib olinadi.

Jahongir Otajonovni jamoatchilik qo‘llab-quvvatladi 

«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonovning litsenziyasini to‘xtatdi. AOKA rahbari Komil Allamjonov uning qo‘shiqlarini litsenziyasiz ham eshitish mumkinligini ta’kidladi. Xonandani qator jamoatchilik vakillari ham qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida Mercedes-Benz yuk mashinasi yonib ketdi 

«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Ohangaron tumanidan o‘tgan qismida Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi yonib ketdi.

Avto oltmish oy kompaniyasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

Avto oltmish oy kompaniyasiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Uning rahbarlari pul va mol-mulkni jalb qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyatda gumon qilinmoqda. Kompaniya faoliyati to‘xtatilmaydi.

«Investitsiya vizasi» egalariga 10 yillik yashash guvohnomasi beriladi 

3 mln dollar miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosiga 10 yil muddatga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Senat sudyalik maxsus kiyimlari namunalarini ma’qulladi 

Senatorlar O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimlari namunalarini ma’qulladi. Konstitutsion sud sudyalari olcha rangdagi, qolganlar — to‘q ko‘k rangdagi mantiyalarni kiyishadi.