Yangiliklar

12 aprel 2019, 10:36

Hukumat Sergelida aholining «arzon» uylar narxining oshirilishidan noroziliga munosabat bildirdi

Sergeli tumanida arzon uylarda yashovchi aholi sotib olingan narxlarning oshirilishiga qarshi chiqdi. Toshkent hokimiyati va ombudsman vaziyatni hal qilishga va’da berdi. Bosh vazir aholi bilan uchrashdi.

12 aprel 2019, 09:24

Borovskiy kolleji o‘quvchisining o‘limiga sabab bo‘lgan Islombek To‘laganov muddatidan avval ozod qilindi

Sud Islombek To‘laganovning qamoq muddatini axloq tuzatish ishlariga almashtirdi. 2017 yilning oktyabrida u Jasurbek Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilib, olti yil muddatga qamalgan edi.

11 aprel 2019, 21:27

Shavkat Mirziyoyev AQSHning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzodani qabul qildi.

11 aprel 2019, 19:53

Qosim-Jomart Tokayev O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ikki kunlik davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

11 aprel 2019, 17:55

Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

11 aprel 2019, 16:14

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar tayinlashda yangi mexanizm joriy etildi

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomzodlarni tayinlashda yangi mexanizm joriy etildi.

11 aprel 2019, 15:51

Noruda foydali qazilmalar uchun uchastkalar litsenziya asosida 10 kunlik muddatda beriladi

Noruda foydali qazilmalar 2 yil davomida qazib olinmaganda o‘zlashtirilmagan qazilmalar davlat balansiga o‘tkaziladi va ular joylashgan yer hokimiyatga qaytariladi.

11 aprel 2019, 15:43

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BAAning hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh Qarqoviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

11 aprel 2019, 15:31

Mirzo Ulug‘bek tumanida prezident maktabi qurilishi boshlandi

Nukus hamda Xivadan keyin Mirzo Ulug‘bek tumanida ham prezident maktabining qurilish ishlari olib borilmoqda.

11 aprel 2019, 15:01

Fattoh Shodiyev fondi Sirdaryoni rivojlantirish uchun 40 milliard so‘m ajratadi

Fattoh Shodiyev fondi Sirdaryoda turmush tarzini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari uchun hisobiga 40 milliard so‘m ajratadi.

11 aprel 2019, 14:02

Farg‘onada soxta kvitansiyalar tarqatgan gazchilar aniqlandi

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filialida soxta kvitansiyalar tarqatgan chilangar aniqlandi.

11 aprel 2019, 13:55

Energiya tejash tizimlarini ishlab chiqishga nano-texnologiyalar jalb qilinadi

Prezident qarori bilan shisha tola va energiya tejash tizimlarini ishlab chiqishga xorijiy investitsiya va nano-texnologiyalar keng jalb qilinadi.

11 aprel 2019, 13:49

Toshkentda «Investorlar kuni» bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan «Investorlar kuni"da bir nechta loyihalar taqdimoti namoyish etildi.

11 aprel 2019, 13:28

Yoshlarning olim bo‘lishiga besh sabab

O‘zbekiston sharoitida olim bo‘lish iqtisodiy jihatdan foyda keltiradimi? Yoshlarning olim bo‘lishiga undovchi besh sabab — Nazokat Azim maqolasida.

11 aprel 2019, 13:05

Boks: Bahodir Jalolov amerikalik Brendan Barretni nokautga uchratdi

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov birinchi raundda amerikalik Brendan Barretni nokautga uchratdi.

11 aprel 2019, 12:42

O‘t o‘chirish xizmati FVV tizimiga o‘tkazildi

IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va Mudofaa vazirligining Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishni boshqaruv xizmati FVV tizimiga o‘tkazildi.

11 aprel 2019, 11:49

«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» xorijiy investorga sotiladi

Prezident qarori bilan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi ivestitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilinadi.

11 aprel 2019, 08:30

6,5 ming dona Nexia 3 mashinasiga tumanga qarshi chiroqlar o‘rnatilmagani ma’lum qilindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Nexia 3 mashinalariga tumanga qarshi chiroqlar o‘rnatilmaganini ma’lum qildi. GM Uzbekistan xaridorlar bu haqda ogohlantirilgani haqida xabar berdi.

11 aprel 2019, 08:14

Gruziyaning TBC Bank banki Payme aksiyalarining 51 foizini sotib oldi

Gruziyaning TBC Bank banki Payme to‘lov xizmati aksiyalarining nazorat paketini 5,5 mln dollarga sotib olganini e’lon qildi.

11 aprel 2019, 03:10

«Rashitjon Qodirovda hech qanday tan jarohatlari aniqlangani yo‘q»

«Rashitjon Qodirovning sog‘lig‘ining holati qamoqda saqlashga to‘sqinlik qilmasligi ma’lum bo‘lgan va unda hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan». Bosh prokuratura Amnesty International bayonotiga javob qaytardi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting