Yangiliklar

15 aprel 2019, 14:55

Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangini amerikalik Maykl Foksga qarshi o‘tkazadi.

15 aprel 2019, 14:24

Dunyodagi eng katta samolyot ilk parvozni amalga oshirdi

Dunyodagi eng ulkan Stratolaunch samolyoti Kaliforniyada ilk parvozini amalga oshirdi. Koinotga raketalar tashishga mo‘ljallangan samolyot havoda 2,5 soat davomida parvoz qildi.

15 aprel 2019, 14:14

Islombek To‘laganov Probatsiya xizmati nazorati ostida jazoni o‘tamoqda

Qamoq muddati axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan Islombek To‘laganov jazoning qolgan qismini Probatsiya xizmati nazorati ostida o‘taydi.

15 aprel 2019, 14:05

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari savdo va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘istonning savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm sohalaridagi hamkorligi hamda mintaqada xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

15 aprel 2019, 10:26

Samarqanddan Qozog‘istonga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirildi.

15 aprel 2019, 10:15

Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 39,5 foizga kamaydi — IIV

2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 39,5 foiz, ya’ni 1 ming 282 taga kamaydi.

15 aprel 2019, 10:07

Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi

Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazining ustavi tasdiqlandi.

14 aprel 2019, 21:33

Issiqxona xo‘jaliklari ko‘mirga o‘tishdan norozi

«O‘zbekneftgaz» 2020 yildan ayrim kompaniyalarga gaz uzatishni to‘xtatish uchun ularga muqobil yoqilg‘iga o‘tishni taklif qilmoqda. Issiqxona xo‘jaliklari egalari bunday taklifning salbiy oqibatlari haqida ma’lum qildi.

14 aprel 2019, 19:34

Yosh aktyorlar Londonda o‘zbek tilidagi «Hamlet» spektaklini ijro etadi

Yosh aktyorlar Londonda Xalqaro teatr simpoziumi doirasida o‘zbek tilidagi «Hamlet"ni ijro etadi.

14 aprel 2019, 18:55

Qozog‘iston prezidenti Toshkentga keldi

Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

14 aprel 2019, 15:40

Jiu-jitsu. O‘zbekiston sportchilari jahon kubogida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi

Tailandda o‘tkazilgan jiu-jitsu bo‘yicha talabalar o‘rtasida jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

14 aprel 2019, 15:02

Gulistonda MIB xodimi qarzdor tomonidan kaltaklandi

Bankdan olgan kreditini vaqtida to‘lamagan gulistonlik fuqaro qarzini undirish uchun kelgan MIB xodimini kaltakladi.

14 aprel 2019, 14:48

Bosh vazir raislik qiluvchi respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

14 aprel 2019, 07:08

To‘rtinchi Dreamliner «O‘zbekiston havo yo‘llari» flotiga qo‘shildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» to‘rtinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ldi. U Everettedagi Boeing zavodidan Toshkentga yetib keldi.

13 aprel 2019, 19:20

Davlat xaridlarida mahalliy dori ishlab chiqaruvchilar ustunlikka ega bo‘ldi

1 iyuldan dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat tomonidan xarid qilishda milliy ishlab chiqaruvchilar mavjud bo‘lganda, import mahsulotlarni yetkazib berish takliflari rad etiladi.

13 aprel 2019, 16:45

Bojxona orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali charm va mo‘yna xomashyosini olib chiqishni monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

13 aprel 2019, 15:56

Yangi tashkil etilgan energokompaniyalarga rahbarlar tayinlandi

«O‘zbekenergo» raisi Ulug‘bek Mustafoyev «Hududiy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi bo‘ldi. Dadajon Isaqulov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari», Ruslan Mubarakshin esa «Issiqlik elektr stansiyalari» rahbari etib tayinlandi.

13 aprel 2019, 15:34

Toshkentda voyaga yetmagan bola qotillikka qo‘l urdi

Yashnobod tumanida voyaga yetmagan K.Sh. o‘zi bilan norasmiy ravishda ishlab kelayotgan A.X.ni bolg‘a bilan o‘ldirib, quduqqa tashlab yuborgani aniqlandi.

13 aprel 2019, 15:26

Toshkent IIBB yangi YHQ bo‘yicha jarimalar qachon qo‘llanilishi haqida e’lon qiladi

Toshkent IIBB YHQning yangi bandlari bo‘yicha jarimalar qachondan qo‘llanilishi haqida rasman e’lon beradi.

13 aprel 2019, 12:35

Nogironligi bo‘lgan 101 nafar xotin-qizga nogironlik aravachasi va eshitish moslamasi topshirildi

Jizzaxda turmush sharoiti og‘ir va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarning 59 nafariga nogironlik aravachasi, 42 nafariga eshitish moslamasi topshirildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting