Yangiliklar

28 fevral 2019, 17:36

Prezident To‘raqo‘rg‘on tumani bozorida odamlar bilan muloqot qildi

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida prezident korteji To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi va Shavkat Mirziyoyev odamlar bilan samimiy muloqot qildi.

28 fevral 2019, 17:25

Mehnat vazirligi — Janubiy Koreya shifoxonasidagi o‘zbekistonlik to‘g‘risida

Janubiy Koreyadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq vaziyat mehnat vaziri nazorati ostida, deya ma’lum qildi vazirlik.

28 fevral 2019, 17:23

Davlat hokimiyati organlarining javobgarligi kuchayadi

Senatda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhokama qilinmoqda.

28 fevral 2019, 16:50 1

Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

28 fevral 2019, 16:35

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

28 fevral 2019, 15:44

Reproduktiv salomatlik to‘g‘risidagi qonun Senat tomonidan ma’qullandi

Ekstrakorporal urug‘lantirish jarayoni qonunchilikka kiritildi — Senat «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi.

28 fevral 2019, 14:18

Pandusni tushirishdan bosh torgan avtobus haydovchilariga chora ko‘rildi

Poytaxtdagi 62- va 13t- yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslar haydovchilari nogironlik aravachasidagi yo‘lovchi uchun pandus tushirishdan bosh tortgani uchun jazolandi.

28 fevral 2019, 13:37

Senat Saylov kodeksini ma’qulladi

Senat O‘zbekiston Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Kodeks prezident, deputatlar va senatorlar saylovlari to‘g‘risidagi qonun normalarini umumlashtiradi.

28 fevral 2019, 13:16

Qishloq joylarda qurilayotgan arzon uy-joylarni qanday olish haqida ma’lumot berildi

Adliya vazirligi tomonidan qishloq joylarda qurilayotgan arzon-uy joylarni qanday olish mumkinligi haqida ma’lumot berildi.

28 fevral 2019, 13:09

«Matematikadan o‘zlashtirish Toshkent shahrida 13 foizni tashkil etmoqda» — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘quv darsliklarining tayyorlanishi va darslarni o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq muammolar haqida fikr bildirdi.

28 fevral 2019, 12:54

Ayubxon Kamolov Namangan viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi

Ayubxon Kamolov Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

28 fevral 2019, 12:48

«Vafot etgan odam nomidan darslik chop etilgan» — Senat raisi

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev darsliklar o‘quv dasturlariga muvofiq tayyorlanmagani haqida so‘z yuritdi.

28 fevral 2019, 12:36

Nig‘matilla Yo‘ldoshev: «Darsliklarda mavhumliklar va nomuvofiqliklar ko‘payib ketgan»

Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘quv darsliklarida bir-birini rad etadigan xulosalar, mavhumliklar va nomuvofiqliklarning ko‘pligi o‘qituvchi va o‘quvchilarni chalg‘itayotganini ta’kidlab o‘tdi.

28 fevral 2019, 12:19

Mumbay, Dehli, Singapur va Bangkok reyslari vaqti kechiktirildi

Hindiston va Pokiston chegarasidagi ziddiyat tufayli Uzbekistan Airways avikompaniyasining Mumbay, Dehli, Singapur va Bangkokdan Toshkentga amalga oshirilgan reyslari kechiktirildi.

28 fevral 2019, 11:39

Prezident Namanganga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi.

27 fevral 2019, 21:41

AQSH ta’lim sohasini isloh qilishda O‘zbekistonga yordamlashadi

AQSH hukumati O‘zbekistonni ta’lim sohasini isloh qilishida qo‘llab-quvvatlaydi.

27 fevral 2019, 21:05

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘zga chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi Navro‘z bayrami kunlari ichki reyslarga 10−50 foizlik chegirmalar e’lon qildi.

27 fevral 2019, 20:35

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

27 fevral 2019, 20:08

O‘zbekistonlik huquq himoyachisi Marat Zahidov vafot etdi

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Isroilga kelgan 78 yoshli o‘zbekistonlik huquq himoyachisi Marat Zahidov hayotdan ko‘z yumdi.

27 fevral 2019, 19:48

O‘zbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda Rossiyaning oliy ta’lim bo‘yicha ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting