Yangiliklar

1 mart 2019, 12:52

Toshkent brendi rasman tasdiqlandi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi avvalroq tanlov yakunlari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan poytaxt brendini tasdiqladi.

1 mart 2019, 12:34

Senat haydovchilar malakasini oshirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat yuk yoki yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar haydovchilarining har ikki yilda bir marta malaka oshirishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

1 mart 2019, 12:29

3500 dona psixotrop tabletkalar to‘xtatib qolindi

«Sariosiyo» chegara bojxona postida «Baklosan» nomli 3500 dona psixotrop tabletkasini noqonuniy ravishda olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi.

1 mart 2019, 12:19

Prezident Chortoqda turizmni rivojlantirish va ekologik shahar barpo etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Shavkat Mirziyoyev Chortoq tumanida barpo etilayotgan «Chortoq resorts» sanatoriy-sog‘lomlashtirish markazi bilan tanishdi.

1 mart 2019, 10:19

Toshkentda ko‘prikka osilib qolgan erkak qutqarildi (video)

Mast erkak Qo‘yliq bozori oldidagi ko‘prikka osilib qoldi. Fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari uni qutqardi.

28 fevral 2019, 20:34

O‘zbekiston sportini ommalashtirishda Xitoy tajribasidan foydalaniladi

O‘zbekistonlik talaba va sport murabbiylarining Xitoyda qisqa muddatli o‘quv kurslari, keyin magistratura va aspiranturada o‘qishlari tashkil etiladi.

28 fevral 2019, 20:20

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi MDHga a’zo davlatlar o‘rtasidagi musobaqalarda ishtirok etadi

Qozog‘istonda MDHga a’zo mamlakatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan harbiy-sport o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari ham qatnashadi.

28 fevral 2019, 19:55

Prezident maktablariga qabul Kembrij universitetining Imtihon kengashi tomonidan o‘tkaziladi

Prezident maktablariga qabul Kembrij universitetining Imtihon kengashi tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro me’yorlarga muvofiq malaka oshiradi.

28 fevral 2019, 19:54

«Toshshahartransxizmat» harakat tarkibiga yana 30 ta yangi avtobus qo‘shildi

«Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylariga 30 ta katta sig‘imdagi «MAN» rusumli avtobuslar olib kelindi.

28 fevral 2019, 19:36

Prezident To‘raqo‘rg‘ondagi zamonaviy sanoat korxonasida bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «FT Textile group» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

28 fevral 2019, 19:06

Erkak kishi Termiz tumani hokimiyati oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida istiqomat qiluvchi shaxs tuman hokimiyati oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi.

28 fevral 2019, 18:59

«Qizil simob"ning noqonuniy savdosini fosh etildi

Buvayda tumanida «qizil simob» moddasini 70 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, 10 000 AQSH dollarini olayotgan shaxs qo‘lga olindi.

28 fevral 2019, 18:51

Dronlarni noqonuniy olib kirishga javobgarlik belgilanadi

Senat majlisida jinoyat, jinoya-protsessual va ma’muriy kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

28 fevral 2019, 18:37

Axsikent yodgorligi turizm manziliga aylantiriladi

Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent arxeologik yodgorlik majmuasini borib ko‘rdi.

28 fevral 2019, 17:41

Hukumat faoliyati ustidan parlament nazorati kuchaytiriladi

Senati yalpi majlisida hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirish va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan qonun ma’qullandi.

28 fevral 2019, 17:36

Prezident To‘raqo‘rg‘on tumani bozorida odamlar bilan muloqot qildi

Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida prezident korteji To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi va Shavkat Mirziyoyev odamlar bilan samimiy muloqot qildi.

28 fevral 2019, 17:25

Mehnat vazirligi — Janubiy Koreya shifoxonasidagi o‘zbekistonlik to‘g‘risida

Janubiy Koreyadagi shifoxonada og‘ir ahvolda qolayotgan O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq vaziyat mehnat vaziri nazorati ostida, deya ma’lum qildi vazirlik.

28 fevral 2019, 17:23

Davlat hokimiyati organlarining javobgarligi kuchayadi

Senatda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhokama qilinmoqda.

28 fevral 2019, 16:50 1

Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

28 fevral 2019, 16:35

Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting