Yangiliklar

14 yanvar 2021, 16:57

«To‘g‘ridan-to‘g‘ri korrupsion sxema» — qurilish vaziri Jizzaxda qulagan uy haqida

Qurilish vaziri Botir Zokirov Jizzaxda qulagan 6 qavatli uy masalasida ma’lumot bera turib, «To‘g‘ridan-to‘g‘ri korrupsion sxema», — deya ta’kidladi. U shuningdek, qulagan binoning orqasidagi ob’ekt ham omonat turganini, uni buzishga esa katta mablag‘ zarurligini qayd etdi. Jizzax viloyati hokimi esa binoni buzish xarajatlarini tadbirkorga to‘lattirishini aytgan.

14 yanvar 2021, 16:39

Sud Janubiy Koreya sobiq prezidentining hukmini o‘z kuchida qoldirdi

Janubiy Koreya Oliy sudi korrupsiya va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblangan sobiq prezident Pak Kыn Xening hukmini o‘z kuchida qoldirdi. U 22 yilni qamoqda o‘tkazadi.

14 yanvar 2021, 15:54

Yosh tadbirkor qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Prezident qarori bilan «Gold Step Invest» MCHJ direktori o‘rinbosari Davronjon Adilov qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

14 yanvar 2021, 15:00

Transport kartasi nima, u qayerdan olinadi va undan qanday foydalanish kerak? Qo‘llanma

Yanvar oyidan boshlab Toshkent shahridagi jamoat transportlarida transport kartalari joriy qilindi. Transport kartalarini qayerdan sotib olish, qanday to‘ldirish, ulardan foydalanish va transport kartasini sotib olmasdan transport uchun pul to‘lash mumkinmi — bu va boshqa savollarga javob beramiz.

14 yanvar 2021, 15:00

Bryusselda migrantning o‘limi oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklarda 100 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Gvineyalik migrantning Bryussel politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan so‘ng bir soat o‘tib vafot etishi oqibatida shaharda namoyishlar boshlandi. Yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida 112 kishi hibsga olindi, 6 kishi jarohat oldi.

14 yanvar 2021, 14:02

«Xalqimiz orasida katta to‘y o‘tkazish majburiyatdek qabul qilinadi» — Ozodbek Nazarbekov

O‘zbekistonda haddan tashqari dabdabali o‘tkaziladigan to‘ylari haqida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra xalq orasida katta to‘y qilish majburiyat va bir kunlik to‘y uchun yillab ishlash odatiy holga aylangan.

14 yanvar 2021, 13:40

2020 yilda O‘zbekistondagi eng ko‘p maosh to‘langan mutaxassisliklar

2020 yilda eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar oliy menedjment va axborot texnologiyalari sohalari bo‘lib, maksimal darajadagi oylik ish haki 30 mln so‘mga teng bo‘lgan. Eng kam oylik ish haqi ishchi xodimlar va sug‘urta sohasi ishchilariga to‘g‘ri kelgan — 700 ming so‘m.

14 yanvar 2021, 12:49

SSV vaziri nima uchun o‘lim statistikasi e’lon qilinmayotganligiga izoh berdi

O‘zbekiston bo‘yicha o‘lim statistikasi nima uchun e’lon qilinmayotganligi haqida SSV vaziri izoh berdi. Unga ko‘ra, statistika faqat rasmiy so‘rov bo‘lgandagina taqdim etiladi.

14 yanvar 2021, 12:28

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini aniqlash uchun Vuxan shahriga kelishdi

JSST ekspertlari koronavirusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyning Vuxan shahriga kelib qo‘nishdi. 2019 yil dekabrida aynan ushbu shaharda ilk bor COVID-19 infeksiyasining tarqalishi kuzatilgan.

14 yanvar 2021, 12:18

Ravshan Ermatov so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi hakamlar ro‘yxatiga kiritildi

Ravshan Ermatov IFFHS talqini bo‘yicha 2011−2020 yillar oralig‘idagi eng yaxshi referilar ro‘yxatiga qiritildi. Eng yaxshi hakamlar ro‘yxatida germaniyalik Feliks Brix yetakchi bo‘ldi.

14 yanvar 2021, 12:11

Minglab AQSH harbiylari Kapitoliyni qo‘riqlamoqda (foto)

AQSHda 13 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Donald Tramga impichment e’lon qilinishi jarayoni paytida Kongress binosida xavfsizlikni ta’minlash uchun minglab harbiylar jalb etildi.

14 yanvar 2021, 10:14

Oliy ta’lim vaziri va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimlariga nomzodlar ma’qullandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Abduqodir Toshqulovning nomzodinia Oliy ta’lim vaziri lavozimiga, Sherzod Hidoyatovni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga ma’qullashdi.

13 yanvar 2021, 23:52

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Salomov «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» lavozimidan ozod etildi.

13 yanvar 2021, 23:45

Bitcoin egalarining 20 foizi o‘z hamyonlarining kalit so‘zini unutib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Chainalysis statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bitkoin egalarining taxminan 20 foizi o‘z hamyonlarining kalit so‘zlarini unutishgan, bu esa taxminan 140 mlrd dollar demakdir. Hamyonga kirish uchun o‘nta urinish beriladi, aks holda barcha mablag‘lar yo‘qoladi.

13 yanvar 2021, 19:42

Jahon yangiliklari dayjesti

Estoniya hukumatining iste’fosi, AQSH vitse-prezidentining Trampni hokimiyatdan chetlatishdan bosh tortgani, Germaniyada koronavirusning Janubiy Afrika shtammi topilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz” jahon yangiliklari dayjestida.

13 yanvar 2021, 19:16

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan ayrim jarimalar miqdori kamaytirildi

«Milliy tiklanish» DP fraksiyasi a’zolari tomonidan berilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritish taklifi birinchi o‘qishda ma’qullandi.

13 yanvar 2021, 17:54

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bahrom Yusupov Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi.

13 yanvar 2021, 17:50

Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Moskvaga qaytayotganini ma’lum qildi

Muxolifatchi Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytayotgani haqida ma’lum qildi. U avgustdagi zaxarlanishdan so‘ng Germaniyada davolanayotgan edi. Ayni damda esa Rossiyada Navalniyga nisbatan firibgarlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

13 yanvar 2021, 17:28

Energetika vazirligi Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi bo‘yicha izoh berdi

Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi O‘zbekistonning ichki bozoriga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida qo‘shni mamlakatlardan elektr energiya import qilinmoqda. Uning bir qismigina Afg‘onistonga eksport qilinishini Energetika vazirligi ma’lum qildi.

13 yanvar 2021, 16:48

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting