20 oktabr, yakshanba

Yangiliklar

Saudiya Arabistonidagi YTHda 35 ziyoratchi halok bo‘ldi 

Makka va Madina o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan yo‘l hodisasida arab va Osiyo davlatlaridan kelgan eng kamida 35 nafar ziyoratchi vafot etdi.

«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonov va yana uch san’atkorning litsenziyasini qaytarib berdi 

«O‘zbekkonsert» Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va Xalima Ibragimovaning litsenziyalarini qayta tikladi. Tashkilot bayonotida prezidentning san’atkorlarga e’tibori va g‘amxo‘rligini tilga oldi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti Qozog‘istonda qo‘shma fakultet ochadi 

Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasida Toshkent davlat stomatologiya instituti bilan birgalikda qo‘shma fakultet ochilmoqda. Ta’lim kredit — modul tizimi asosida amalga oshiriladi.

«Shtutgart» Eldor Shomurodov uchun 10 mln yevro taklif qildi 

Germaniyaning «Shtutgart» klubi Rossiyaning «Rostov» jamoasidan hujumchi Eldor Shomurodov sotib olish uchun 10 mln yevro taklif qildi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisiga SSKA ham qiziqish bildirmoqda.

O‘zbekistonda «Xizb ut-Taxrir» a’zolari faoliyatiga chek quyildi 

IIV Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida «Xizb ut-Taxrir» tashkiloti a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek quyilgani haqida xabar qildi.

Toshkentda uch kun ichida ikki bola derazadan qulab tushib halok bo‘ldi 

Toshkentda uch kun ichida nazoratsiz qoldirilgan ikki bola uy derazasidan qulab tushib halok bo‘ldi.

Qozog‘iston chorva eksportini taqiqladi 

Qozog‘iston yirik shoxli tirik chorva mollarini olib chiqishni olti oy muddatga taqiqladi.

Kataloniyaliklar mustaqillik uchun referendum tashkilotchilarining qamoqqa olinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda 

Kataloniyada mustaqillik uchun referendum o‘tkazgan siyosatchilarga nisbatan sud hukmiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Tartibsizliklar natijasida 130 dan ziyod kishi jarohatlandi.

TIQXMMI Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingiga kirdi 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2020 yil uchun Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari universitetlari reytingiga kirdi.

Un narxini davlat tomonidan nazorat qilish to‘xtatildi. Hukumat nima uchun bu qarorga keldi? 

Hukumat un narxini boshqarish amaliyotiga barham berishga qaror qildi. Davlat tomonidan don yetishtirish, un va non ishlab chiqarish sohalariga berilayotgan imtiyozlar kutilgan natijani bermayotganini ko‘rsatdi.

213 gr oltinni og‘zida olib ketishga harakat qilgan erkak qo‘lga olindi 

Bojxonachilar Toshkent aeroportida 213 gr quyma oltinlarni og‘zida mamlakatdan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi.

Zararlangan karantin ostidagi mahsulotlar respublika hududiga kiritilmadi 

Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga olib kirilayotgan 323 tonna, 10,25 mln dona va 1317 metr kub o‘simlik mahsulotlarida zararli organizmlar aniqlangani sababli chegaradan qaytarib yuborildi.