Yangiliklar

24 yanvar 2021, 16:59

Tovarlarning narxlarini chet-el valyutalariga bog‘lash mumkin bo‘ldi

«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda tovarlarning narxlari chet-el valyutalari va shartli birliklariga bog‘lanishi mumkin. Bundan tashqari, faqat 1 mln dollardan ortiq loyihalarning tender hujjatlari kelishilishi ham belgilanmoqda.

23 yanvar 2021, 18:52

Mashhur teleboshlovchi Larri King vafot etdi

Amerikalik mashhur teleboshlovchi Larri King 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

23 yanvar 2021, 18:41

Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osdi

Yangi-Angren IESda sex rahbari lavozimida ishlab kelgan 40 yoshli Sirojiddin Shodiyev uyida o‘zini osgan holda topilgan. Xabarga ko‘ra, marhum IESda sodir bo‘lgan portlash ishi bo‘yicha tergovga jalb qilingan.

23 yanvar 2021, 17:30

O‘zbekiston va AQSH prezidentlari ismlari qo‘yilgan firma nomlari o‘zgartirildi

«Shavkat Miromonovich Mirziyoyev» nomi bilan ro‘yxatga olingan oilaviy firma nomi «Toshkent Chilonzor Trade», «Joe Biden» MCHJ esa «White Eagle 070» etib qayta nomlandi.

23 yanvar 2021, 15:01

Bog‘chalarda har kuni maqom va milliy kuylar qo‘yiladi — Madaniyat vazirligi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi. Ushbu taklifni Madaniyat vazirligi rahbari Ozobdek Nazarbekov berdi.

23 yanvar 2021, 12:24

Chimyon tog‘larida harakatlanish vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi

Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda qatnovlar bo‘layotganligi sababli Bo‘stonliq tumanidagi 4R-6 avtomobil yo‘lida (G‘azalkent shahridan «Yusufxona» aholi yashash joyiga qadar) avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi.

23 yanvar 2021, 11:38

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi. Portalda qurilish tashkilotlari STIR raqamini kiritish orqali ularning reytingini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

23 yanvar 2021, 10:11

Nima tayyorlaymiz: issiqqina pishiriqlar

Pirojka, kurnik, pishloqli naychalar va boshqa issiq pishiriqlar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

22 yanvar 2021, 22:32

Yangi-Angren IES qurbonlari oilalariga 105 mln so‘mdan kompensatsiya to‘landi

Yangi-Angren IES portlash oqibatida vafot etgan uch ishchining oila a’zolariga 105 mln so‘mdan kompensatsiya hamda dafn marosimi uchun 4,8 mln so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatdi. Qurbonlar ikki nafar ayol hamda bir nafar erkakdan iborat.

22 yanvar 2021, 21:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Niderlandlarga Ikkinchi Jahon Urushidan beri birinchi marta komendantlik soatining joriy etilgani, Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish sonining pandemiya paytida oshgani, Buyuk Britaniyada o‘zini yakkalaganlarga pul to‘lanishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 yanvar 2021, 19:06

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikkita qaror loyihasida qonunbuzarliklarni aniqladi

Uy-joy kommunal xizmati mamlakat bo‘ylab ko‘p qavatli uylarda liftlarni ta’mirlash va yangilash ishlarini bosh pudratchi sifatida «Texnopark» kompaniyasiga topshirishni taklif qildi. Lekin hukumat qaroriga ko‘ra, ijrochilar tender va tanlovlar asosida tanlanishi lozim ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, yerlar elektron auksionlar asosida berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, «Andijon viloyati sanoat markazi» uchun yerlar qaror asosida berilgan.

22 yanvar 2021, 18:32

Shavkat Mirziyoyev buxorolik mehnat faxriysi xonadonida mehmon bo‘ldi

Prezident buxorolik mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadonida mehmon bo‘ldi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilgandi. Shu bilan davlat rahbarining safariga yakuniga yetib, Toshkentga qaytib keldi.

22 yanvar 2021, 18:05

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi

Tojikiston milliy universitetida Prezident Emomali Rahmon sharafiga «uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish uchun» muzey ochildi.

22 yanvar 2021, 17:28

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi Ashxabod bog‘i yaqinida to‘rtta mashina to‘qnashib, besh kishi, jumladan, bir bola jarohatlandi.

22 yanvar 2021, 17:18

O‘zbekiston bo‘ylab 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli 110 kV kuchlanishli 7 dona havo liniyalarida va 6−10 kV kuchlanishli 476 dona havo liniyalarida uzilishlar vujudga kelgan, trasformator punktlariga shikast yetkazilgan. 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi. Hozirda ularning deyarli 60% tarmoqqa qayta ulangan.

22 yanvar 2021, 16:32

Toshkentda avtobus va maxsus transport uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Poytaxtning bir nechta ko‘chalarida avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

22 yanvar 2021, 16:28

Yangi-Angren IESdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasidagi portlash natijasida uch kishi vafot etgan edi, yana uch nafari kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

22 yanvar 2021, 16:26

Kanadaning general-gubernatori iste’foga chiqdi

Kanada ijrochi hukumati boshqaruvchisi Juli Peyett ish joyida «zaharli muhit» yaratganlikda ayblanganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi. Uning idorasidagi xodimlar jamoat oldida haqorat qilishlar va kamsitilishlar bo‘lganidan shikoyat qilishgan.

22 yanvar 2021, 15:46

170 dan ortiq madaniyat ob’ektlari xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi

Madaniyat va san’at sohasidagi 170 dan ortiq davlat ob’ekti faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi.

22 yanvar 2021, 15:27

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi

Prezident Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi juda orqada qolayotganini ta’kidladi. Tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni ishdan bo‘shatishini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting