Yangiliklar

1 dekabr 2020, 15:52

So‘nggi uch oyda birinchi marta COVID-19 holatlari pasaydi — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti cyentyabr oyidan beri birinchi marta COVID-19 bilan kasallanganlar soni kamayganini qayd etdi. Tashkilot rahbari hushyorlikni yo‘qotmaslikka va kelayotgan bayramlarni tor doirada nishonlashga chaqirdi.

1 dekabr 2020, 15:38

O‘zbekistondan Qozog‘istonga ilk marotaba eTIR orqali yuk jo‘natildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida eTIR (raqamli TIR) jarayoni asosida yuk tashishga oid tajriba amalga oshirildi. Toshkentdan maishiy elektr jihozlari ortilgan yuk mashinalari chegarani kesib o‘tdi, davlatlarning bojxona organlari esa tranzit kafolatlarini ko‘rib chiqdilar.

1 dekabr 2020, 15:27

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni ta’sis etildi. Mazkur unvon geologiya hamda bir qator yo‘nalishlardagi tajribali mutaxassislarga beriladi.

1 dekabr 2020, 15:22

Moliya vazirligi yirik soliq to‘lovchilarni e’lon qildi

2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.

1 dekabr 2020, 15:21

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga tarifsiz tovar eksport qilish uchun yangi imtiyozlar oldi

Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefitsiar — mamlakati maqomini berish bo‘yicha muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi. Bu mamlakatdan Yevropa Ittifoqiga tarifsiz eksport qilinadigan mahsulotlar sonini ikki baravarga ko‘paytirish imkonini beradi.

1 dekabr 2020, 13:49

1 dekabrdan Toshkent shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi

1 dekabrdan Toshket shahar transport kartalari narxi 15 ming so‘m etib belgilandi. Karta narxi 10 ming so‘m, balansda esa 5 ming so‘m qoladi.

1 dekabr 2020, 12:58

Abdulaziz Kamilov va Maykl Pompeo telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo telefon orqali muloqot chog‘ida inson huquqlari sohasidagi islohotlar hamda amerikalik investor va eksportyorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni muhokama qildi.

1 dekabr 2020, 12:33

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Rossiya vaksinasi masalasida fikr almashishdi

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot davomida Rossiya vaksinasidan foydalanish masalasida fikr almashishdi.

1 dekabr 2020, 12:21

20 million yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 millioni jamoat trasportidan foydalanmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 22 foiz aholining jamoat transportidan foydalanayotgani va avtobuslar sifati pastligini ta’kidladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan avtobuslarning narxi xorijnikiga nisbatan yuqori ekani ham qayd etildi.

1 dekabr 2020, 10:33

O‘zbekiston 2020 yilda 3 mln tonnadan ortiq paxta yetishtirdi

Joriy yilda O‘zbekistonda 1 mln gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 mln tonnadan ko‘proq yoki 2019 yilga nisbatan 109% paxta xom ashyosi yetishtirildi. Qashqadaryo, Sirdaryo, Buxoro va Surxondaryo paxta rejasini to‘liq bajara olmadi.

30 noyabr 2020, 22:51

Andijonda qizining o‘limiga tovon sifatida Sparkni qo‘lga kirita olmagan ayol o‘ziga o‘t qo‘ydi

Iyulda Andijonda voyaga yetmagan T.M. sevgan yigitini kutayotgani aks etgan rasmlar tarqalishidan qo‘rqib, o‘zini osib, joniga qasd qiladi. Uning onasi noyabrda tergovdan norozi bo‘lib, qizini “shantaj” qilgan N.M.dan tovon sifatida Spark undirishni so‘raydi. Maqsadiga yeta olmagach esa, erini ko‘rsatmasi bilan o‘zini yoqib yuboradi.

30 noyabr 2020, 21:50

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari MDH sammitiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilishdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda O‘zbekiston raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi. Ushbu sammit shu yili dekabrda videoanjuman sifatida o‘tishi kutilmoqda. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari pandemiya tufayli yuzaga kelgan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror rivojlanayotganini qayd etishdi.

30 noyabr 2020, 20:33

O‘zbekiston SHHT davlatlarini parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi

O‘zbekiston bosh vaziri SHHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn uchrashuvida biznes hamkorlik, gumanitar va sayyohlik almashinuvini faollashtirishga sharoit yaratish maqsadida SHHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich qayta tiklashga chaqirdi.

30 noyabr 2020, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Qirg‘iziston sobiq prezidentining ishi qayta ko‘rib chiqishga yuborilgani, Indoneziyada vulqon otilishi sababli 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingani, Venesuela prezidenti o‘zining telefon raqimini oshkor qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

30 noyabr 2020, 19:51

“Odamlar uchun shahar, tuman va qishloqlar orasida transportni qulay, xavfsiz va oson qilish kerak” — prezident

O‘tgan 10 oyda Xalq qabulxonalariga jamoat transporti bo‘yicha 3 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha kuniga qariyb 20 mln yo‘lovchidan bor-yo‘g‘i 4,4 mlni yoki 22 foizi jamoat transportidan foydalanmoqda. 1,2 mingta qishloq tuman markazigacha bo‘lgan yo‘nalishda jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Prezident mazkur muammolarni tizimli hal etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

30 noyabr 2020, 18:21

Hafta oxirida havo harorati pasayadi

Hafta nisbatan iliq boshlanadi, lekin dam olish kunlari sovuq tushishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5 … 0, kunduzi 0 … + 5 darajagacha pasayadi.

30 noyabr 2020, 18:11

Rossiya vaksinasining O‘zbekistondagi sinovlari 2021 yil boshida boshlanishi mumkin — SSV

Rossiyada ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasini O‘zbekistonda 2021 yil boshida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Hozirda vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlari Belorusiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela va boshqa qator mamlakatlarda tasdiklanib, o‘tkazilmoqda.

30 noyabr 2020, 17:33

Qashqadaryoda ko‘p kvartirali uylar shirkatlari tugatilmoqda

Qashqadaryo viloyatida qarzdorlik ko‘rsatkichlari oshgani va zarur mablag‘lar vaqtida yig‘ilmayotgani sababli 88 ta uy-joy shirkati tugatilib, ular o‘rniga 10 ta boshqaruv servis kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

30 noyabr 2020, 17:18

O‘zbekistonga mobil telefonning qonuniy importi deyarli 10 marotaba oshdi

Yanvar-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 781,7 ming ta mobil telefon import qilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 10 baravar oshdi. Telefon importida eng katta ulush Xitoy davlatiga (71,2%) to‘g‘ri kelmoqda.

30 noyabr 2020, 17:04

Uy qamog‘idagi fuqaroning ziyofatida ishtirok etgan sudya uni tez orada ozodlikka chiqardi

Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi fuqaroning 100 nafardan ortiq kishi qatnashgan ziyofatida sudya ham qatnashib, uni ko‘p o‘tmay ozodlikka chiqardi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting