Yangiliklar

26 fevral 2021, 18:15

1 martdan nimalar o‘zgaradi?

Ikki qavatdan yuqori bo‘lgan uylarni ekspertizasiz qurishning taqiqlanishi, aholining minimal iste’mol xarajatlari, O‘zbekiston fuqarolari uchun turistik yig‘im, alimentlarni undirishning yangi tizimi — 1 martdan mamlakat qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

26 fevral 2021, 16:35

Dollarning rasmiy kursi yana arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga arzonladi va jami 10 525 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham biroz pasaydi.

26 fevral 2021, 16:33

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

Prezident yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Unga muvofiq, auditorlik faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarildi. Endi ushbu faoliyat faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi.

26 fevral 2021, 15:52

Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi tayyor bo‘lmoqda

Namangan viloyati hokimi prezident tanqid qilgan “Bunyodkor” mahallasida yashashini ma’lum qilgan edi. Hozirda ushbu hududda konteyner o‘rnatilib, uning atrofi devor bilan o‘raldi. Bundan tashqari, uy hovlisida fuqarolarni qabul qilish, suhbatlashish, murojaatlarini tinglash uchun maxsus ayvon ham barpo etilmoqda.

26 fevral 2021, 15:06

«Hozir parlament batamom mustaqil» — Tanzila Narbayeva

«Parlament Prezidentning aytganini qiladi degan gap avvalgi vaqt uchun to‘g‘ri kelar edi, avvalgi vaqtdagi dunyoqarash bu» — deydi Senat raisi Tanzila Narbayeva. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament hozir to‘liq mustaqil va unga hech kim bosim o‘tkazmaydi.

26 fevral 2021, 15:06

Yevropa Ittifoqida vaksinatsiya sertifikatlari joriy qilinadi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari elektron emlash sertifikatlarini joriy etish to‘g‘risida kelishib oldilar. Amalga oshirilgan emlanishni tasdiqlovchi sertifikat uchinchi mamlakatlar tomonidan YeIga kirish uchun asos bo‘lishi mumkin.

26 fevral 2021, 14:54

Dam olish kunlari havo iliqlashadi

Juma kunidan boshlab sovuq havo massalari respublika hududidan chiqishni boshladi. Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi va yakshanba kuniga kelib havo harorati 7−12° iliqgacha ko‘tariladi.

26 fevral 2021, 14:25

2020-yilda Ombudsmanga qariyb 15 mingta murojaat kelib tushdi

O‘tgan yili Inson huquqlari bo‘yicha vakil salkam 15 mingta murojaatni qabul qildi va uning 4486 tasini ko‘rib chiqishni o‘z nazoratiga oldi. Ombudsmanning 274 ta murojaatiga vazirlik va idoralar o‘z vaqtida javob bermagan. Bola ombudsmani yil davomida 85 ta murojaatni olgan va bola huquqlarini himoya qilish maqsadida 8 marta sudlarda qatnashgan.

26 fevral 2021, 13:02

AQSH Bayden buyrug‘i bilan Suriyaga aviatsiya orqali zarba berdi

AQSH Suriyadagi binoga aviatsiya orqali zarba berdi. Raketa orqali zarba berish buyrug‘ini prezident Jo Bayden bergan.

26 fevral 2021, 12:07

Spotify O‘zbekistonda ham ishlashni boshladi

Spotify musiqiy striming xizmati O‘zbekistonda ham faoliyat yurita boshladi. Xizmatdan ham bepul, ham pullik asosda foydalanish mumkin.

26 fevral 2021, 12:01

Qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertiza qilish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi qonun hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibini tasdiqladi. Jarayonga jamoatchilik jalb qilinadi — fuqarolar regulation.gov.uz portalida cheklist to‘ldirib normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.

26 fevral 2021, 10:38

Sirdaryoda 2 oylik farzandini 3 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Sirdaryo viloyatida ayol voyaga yetmagan 2 oylik chaqalog‘ini 3 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Farzandini tadbir ishtirokchisiga sotgan vaqtida, kelishilgan pullar bilan ushlandi.

26 fevral 2021, 09:29

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 nafar ayol vafot etdi

Farg‘ona viloyatida «Lasetti-2» avtomashinasi «Matiz» bilan to‘qnashib, YTH sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» dagi ikki yo‘lovchi vafot etdi. Mashina haydovchilari tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

25 fevral 2021, 23:58

Toshkent yaqinida dendropark va Olimpiya shaharchasi quriladi

Yangi aerodrom yaqinida faqat daraxtzor, buta va gullardan iborat dendropark (155 gektar), shuningdek, uning yonida Olimpiya shaharchasi (160 gektar) qurilishi rejalashtirilmoqda. Chirchiq daryosining qirg‘oqlarida ham park (270 gektar) bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

25 fevral 2021, 23:16

O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 20-fevraldan O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazishga ruxsat berildi. Tashkilotchilarga sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilish, ekspozitsiyalar orasida 3 metr masofani ta’minlash kabi talablar qo‘yilmoqda.

25 fevral 2021, 22:54

Toshkentda 400 dan ortiq avariya holatidagi uylar buzib tashlanadi (aniqlashtirildi)

Toshkentning Yangihayot tumanida joylashgan 400 dan ortiq avariya holatidagi uylar buziladi, deya ma’lum qildi tuman hokimi Hayot Inog‘omov. Shuningdek, yog‘och uylarning buzilishi ham boshlanadi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bu yili shuningdek, ikkita maktabni ochish, ikkita poliklinika qurish, tuman tez yordam xizmatini tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish reja qilingan.

25 fevral 2021, 20:42

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSHda ayrim toifadagi chet elliklarga qo‘yilgan taqiqlarning bekor qilinishi, Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganlari, Avstraliyada Google va Facebook’ning mahalliy yangiliklar uchun pul to‘lashi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

25 fevral 2021, 19:27

Xitoy qashshoqlik ustidan to‘liq g‘alabaga erishganini e’lon qildi

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatda qashshoqlik to‘liq bartaraf etilganini e’lon qildi. Hukumat so‘nggi 8 yil ichida buning uchun jami 246 mlrd dollar sarflab, deyarli 100 mln aholini qashshoqlik darajasidan olib chiqdi.

25 fevral 2021, 19:20

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qahramon Yo‘ldoshev Qishloq xo‘jaligi vazirining agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

25 fevral 2021, 18:23

Armaniston qurolli kuchlari Nikol Pashinyandan iste’fo berishini talab qilishdi

Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan va hukumatning iste’fo berishini talab qilmoqda. Nikol Pashinyan ushbu harakatni «harbiy to‘ntarish qilishga urinish» deb atadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting