Yangiliklar

11 yanvar 2021, 23:39

Temir yo‘l shlagbaumini aylanib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki mashina to‘qnashib ketdi

Lokomotiv parki oldidagi temir yo‘l kesishmasida shlagbaumni chetlab o‘tmoqchi bo‘lgan «Nexia» haydovchisi boshqa bir mashinaga borib urildi. Natijada «Lacetti» haydovchisi muvozanatni yo‘qotib, mashina yon tomoni bilan turib qoldi.

11 yanvar 2021, 23:24

IIV tiktokerlarni ogohlantirdi

IIV TikTok platformasidagi videolar mualliflarini fuqarolarning osoyishtaligi va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish mayda bezorilik hisoblanishi va qamoq bilan jazolanishi haqida ogohlantirdi. Ota-onalarga murojaat qilib: «Farzandlaringizni nazorat qiling. Yoshligidan taltaytirib, keyin afsuslanib yurmang», deya qayd etdi.

11 yanvar 2021, 20:29 1

Doniyor G‘aniyev Energetika vazirligi rahbariyatidan iste’foga chiqishini so‘radi

Quyi palata deputati Doniyor G‘aniyev energiya inqirozi davrida uyini isita olmagan, farovon hayotini ta’minlashga imkoniyati bo‘lmagan odamlarga islohotlarning nima keragi bor, degan savolni o‘rtaga tashladi. U bunda aybdor rahbarlar iste’fosi eng maqbul yo‘l ekanini qayd etdi. «Aslida demokratik davlatlarda bunday inqirozlar ortidan rahbarlar o‘z ixtiyori bilan iste’fo beradi», — dedi deputat.

11 yanvar 2021, 19:16

Prezident «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Forish» tog‘ poligoniga tashrif buyurib, uning yangilangan infratuzilmasi va Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi.

11 yanvar 2021, 18:42 2

O‘zbekiston bo‘ylab ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining yangi narxlari belgilandi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari (suv hisoblagichi borlar uchun) narxlari 1,5−3 baravargacha oshirildi. Navoiy viloyatida eng yuqori tariflar qayd etilmoqda.

11 yanvar 2021, 18:15

Yoshlar forumi va prezident murojaatida aytilgan tadbirlarni o‘tkazish uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ kerak bo‘ladi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yoshlar forumi va prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan tadbirlar uchun 41 trln so‘mga yaqin mablag‘ zarur bo‘lishi mumkin.

11 yanvar 2021, 17:43

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi hali «Oskar» da ishtirok etishi mumkin — «O‘zbekkino»

Xalqaro «Oskar» mukofotiga O‘zbekiston nomidan nomzod sifatida tanlangan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi vaqtida taqdim etilmagani uchun ishtirokchilar ro‘yxatidan olib tashlandi. Film prodyusseri uni O‘zbekiston «Oskar» qo‘mitasiga o‘z vaqtida topshirganini ma’lum qildi. «O‘zbekkino» matbuot kotibi film hali «Oskar»da ishtirok etish imkoniyati borligini ta’kidladi.

11 yanvar 2021, 17:17

Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berib, bolalarni kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

Poytaxtdagi Shayxontohur tumanida noqonuniy diniy ta’lm beruvchi xujra aniqlandi. Unda ta’lim olayotgan voyaga yetmagan bolalar o‘qlov bilan urilgan. Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi uchun 150−200 dollar pul to‘lashgan.

11 yanvar 2021, 16:54

2020 yilda inflyatsiya darajasi 11,1 foizni tashkil etdi

2020 yilda iste’mol sektorida inflyatsiya 11,1 foizni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 15,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 8,8 foiz va xizmatlar 7,1 foizga qimmatlashdi — batafsil ma’lumotlar.

11 yanvar 2021, 16:39

Qozog‘istondagi parlament saylovlarida Nur Otan partiyasi g‘olib bo‘ldi

Parlament saylovlarida Qozog‘istondagi hukmron partiya Nur Otan 71,09% saylovchilar ovozi bilan g‘olib bo‘ldi.

11 yanvar 2021, 16:29

Samarqand tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Shu kunga qadar Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

11 yanvar 2021, 16:14

Yangi koronavirus aniqlangan davlatlar bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati uzaytirildi

Yangi koronavirus aniqlangan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR bilan aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiq muddati 1 fevralgacha uzaytirildi.

11 yanvar 2021, 15:24

Hafta oxiriga havo iliqlashadi

Haftaning o‘rtalarida havo harorati biroz pasayadi, Toshkent viloyati va mamlakat sharqidagi tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Juma kuni kunduzi havo +15 darajagacha isiydi.

11 yanvar 2021, 15:10

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Markaziy harbiy okrugning artilleriya brigadasini borib ko‘rish bilan boshladi. Davlat rahbari mutasaddilarga bugun dunyoda kuzatilayotgan xavf-xatarlardan kelib chiqib, jangovar tayyorgarlikni yangi pog‘onaga ko‘tarish, xorij tajribasini o‘rganish, eng ilg‘or axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

11 yanvar 2021, 14:47

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 23 so‘mga qimmatladi va jami 10 473 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.

11 yanvar 2021, 13:04

Janubiy Koreya fuqarolari Covid-19ga qarshi bepul emlanadi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In mamlakatning barcha fuqarolari koronavirusga qarshi bepul emlanishini ma’lum qildi.

11 yanvar 2021, 13:01

Hukumat komissiyasi Jizzaxdagi uy qulashining sabablarini o‘rganadi

Jizzaxdagi ko‘p qavatli uy qulashining sabablarini o‘rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Unga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi. Binoni “Chorvador-Qorako‘l-Baraka” MCHJ qurgani ma’lum bo‘ldi.

11 yanvar 2021, 12:54

Namanganda ham suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Namangan «Paxtaliko‘l» suv uzatish inshootida favqulodda nosozlik sodir bӯldi. Natijada viloyatning 10 dan ortiq mahallalari ichimlik suvi ta’minotidan uzildi.

11 yanvar 2021, 12:43

Andijondagi suv quvurida yuzaga kelgan avariya 20 dan ortiq mahallaning suv ta’minotini to‘xtatgan

Suv quvurlaridan birida yuzaga kelgan avariya Andijon shahri, Oltinko‘l va Andijon tumanining 20 dan ortiq mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatgan. Aholining ichimlik suvi ta’minoti 12 yanvar kuni tiklanishi rejalashtirilmoqda.

11 yanvar 2021, 12:38

Maktablarda to‘liq an’anaviy ta’limga qaytish ortga surildi

Xalq ta’limi vazirligi koronavirusga chalinishdan qo‘rqqan va uyida keksalar yoki surunkali kasallikka chalinganlar bo‘lgan o‘quvchilarga masofadan o‘qishda davom etishga ruxsat berdi. Avvalroq uchinchi chorakdan to‘liq an’anaviy ta’limga o‘tilishi xabar qilingan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting